Barcha
S – P dir
Hech bir
S – R emas.
A. Barcha insonlar yashash huquqiga ega.
YE. Hech bir inson yashash huquqidan mahrum etilishi mumkin
emas.
Umumiy inkor (YE) umumiy tasdiq hukm (A)ga aylantiriladi va
formulada quyidagicha ifodalanadi:
Hech bir
S –R emas.
Barcha
S – P dir.
YE. Hech bir jinoyat jazosiz qolmas.
A. Barcha jinoyatlar jazolanadi.
Juz’iy tasdiq (I) juz’iy inkor (O) hukmga
aylantiriladi va formulada
quyidagicha ifodalanadi:
Ba’zi
S – P dir.
Ba’zi
S – P mas (siz) emas.
I. Ba’zi tinglovchilarning bilimi qoniqarli hisoblanadi.
O. Ba’zi tinglovchilarning bilimi qoniqarsiz hisoblanmaydi.
Juz’iy inkor (O) juz’iy tasdiq hukm (I)ga aylantiriladi va formulada
quyidagicha ifodalanadi:
Ba’zi
S – P emas.
Ba’zi
S emas –
P dir.
O. Ba’zi bir jinoyatlar qasddan qilingan emas.
I. Ba’zi bir jinoyatlar ehtiyotsizlikdan qilingandir.
Almashtirish – bevosita xulosa chiqarishning shunday turiki, unda
hukmning sifati o‘zgarmasdan, uning subyekti natijada predikatga,
predikati esa natijada subyektga almashtiriladi.
Almashtirish orqali chiqarilgan xulosada terminlarning hajmiga, ya’ni
ularning taqsimlangan va taqsimlanmaganligiga e’tibor berish kerak. Agar
mazkur qoida buzilsa, xulosa noto‘g‘ri bo‘ladi.
Terminlarning taqsimlanishiga ko‘ra almashtirish oddiy (sof) va
chegaralangan turlarga bo‘linadi. Oddiy (sof) almashtirishda
berilgan asos
hukmning predikati xulosaning subyektiga, subyekti esa hajm
o‘zgarishisiz xulosaning predikatiga almashtiriladi.
Masalan:
A. Barcha jinoyatlar ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
A. Ijtimoiy xavfli qilmishlarning barchasi jinoyatdir.
Mazkur almashtirishning formulasi:
Barcha S – P dir.
Barcha P – S dir.
78
Terminlarning taqsimlanish qoidasiga ko‘ra, asos hukmning predikati
taqsimlanmagan bo‘lsa, u xulosada subyektga almashtirilganda ham
taqsimlanmaydi. Bunday almashtirishda xulosa xato bo‘ladi.
Aynan shu
xatolikning oldini olish uchun xulosada S (subyekt) o‘rnida kelgan
terminning hajmi chegaralanadi. Bunday almashtirish chegaralangan
almashtirish deyiladi. Masalan:
A. Guruhimizning barcha tinglovchilari mantiq fanidan imtihon
topshirdilar.
I. Mantiq fanidan imtihon topshirganlarning ba’zilari guruhimiz
tinglovchilaridir.
Mazkur almashtirishning formulasi:
Barcha S – P dir.
Ba’zi P – S dir.
Umumiy inkor hukm (E) umumiy tasdiq hukm (A)ga
cheksiz
almashtiriladi. Masalan:
YE. Hech bir inson ongsiz mavjudot emas.
A
. Hech bir ongi yo‘q mavjudot inson emas.
Umumiy inkor (YE) hukmini almashtirish formulasi:
Hech bir S – P emas.
Hech bir P – S emas.
Juz’iy inkor hukmi (O)ni juz’iy tasdiq hukmi (I)ga quyidagicha
almashtirish mumkin:
O. Guruhimizning ba’zi tinglovchilari sportchilardir.
I. Sportchilarning ba’zilari guruhimiz tinglovchilaridir.
Juz’iy tasdiq hukmi (I)ni almashtirish formulasi:
Ba’zi S – P emas.
Ba’zi P – S emas.
Juz’iy inkor hukmdan (O) almashtirish orqali xulosa chiqarib
bo‘lmaydi, chunki bunday hukmlardan zaruriy chin natija kelib
chiqmaydi.
Almashtirish usuli bilan xulosa chiqarishda hukmlardagi
terminlarning taqsimlanish qoidasiga qat’iy amal qilish kerak.
Chunonchi,
predikati taqsimlanmagan umumtasdiq hukmni chegaralashsiz almashtirib
bo‘lmaydi yoki predikati taqsimlanmagan juz’iy tasdiq hukmni
chegaralash orqali almashtirish mumkin emas. Masalan, «IIV
Akademiyasi tinglovchilarining barchasi mantiq fanini o‘rganishadi»
hukmidan faqat chegaralash orqali «Mantiq fanini o‘rganuvchilarning
ba’zilari IIV Akademiyasi tinglovchilaridir» degan xulosani chiqarish
mumkin yoki «Ba’zi huquqshunoslar tergovchilardir» hukmidan faqat
79
kengaytirilgan almashtirish orqali «Barcha tergovchilar
huquqshunoslardir» degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Demak, almashtirish usulida hukmdagi
subyekt va predikatning
hajmini aniqlash to‘g‘ri xulosa chiqarishning muhim sharti ekanligiga o‘z
mulohazalarimizda qat’iy amal qilishimiz lozim.
Dostları ilə paylaş: