O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Terminlarga oid qoidalar 
1-qoida. Har bir sillogizmda faqat uch termin S, P, M bo‘lishi lozim. 
Agar muhokama ikki yoki to‘rt termindan iborat bo‘lsa, u sillogizm bo‘la 
olmaydi. Masalan: Hayot abadiy. 
Ahmad hayot kechirmoqda. 
Ahmad abadiy. 
Bu xulosa xato va mantiqsiz, sababi o‘rta termin, ya’ni «hayot» 
tushunchasining ikki ma’noda qo‘llanishidir. Birinchi hukmda «hayot» 
tushunchasi umuman tiriklik ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lsa, ikkinchi 
hukmda «hayot» konkret bir insonning cheklanmagan umr kechirishi 
ma’nosida ishlatilmoqda. Bu xato sillogizmda «terminlarni to‘rtlashtirish» 
deyiladi. Chunki «hayot» termini ikki hukmda ikki xil ma’nodagi 
tushuncha, ya’ni ikkita termin bo‘lib kelmoqda.
2-qoida. O‘rta termin (M) asoslarning birida albatta taqsimlangan 
bo‘lishi kerak. Masalan: Barcha sudyalar (R) oliy ma’lumotli (M). 
Ahmedov (S) oliy ma’lumotli (M). 
Ahmedov (S) sudya (R) . 
Bu holda «Ahmedov sudya» degan xulosani chiqarib bo‘lmaydi, 
chunki Ahmedov sudya bo‘lmasligi ham mumkin. Bu misolda har ikkala 
asos to‘la hajmda olinmagan, ya’ni taqsimlanmagan. 
3-qoida. Asoslarda taqsimlanmagan termin xulosada ham 
taqsimlanmaydi. Masalan: Hamma tergovchilar (M) oliy ma’lumotli (R). 
Salimov (S) tergovchi emas (M). 
Salimov (S) oliy ma’lumotli (R). 
Noto‘g‘ri xulosa chiqarilgan. Katta termin taqsimlanmagan. Salimov 
oliy ma’lumotli bo‘lishi (S) yoki bo‘lmasligi (S) ham mumkin. 
Asoslarga oid qoidalar 
1-qoida. Ikkita inkor asos hukmdan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. 
Masalan: 
Akademiyaning tinglovchilari fizika fanini o‘qimaydilar. 
Ahmedov Akademiya tinglovchisi emas.
83


Bu hukmlardan xulosa kelib chiqmaydi, chunki har ikki asos ham 
inkoriy sifatga ega bo‘lib, bunda xulosadagi fikr noaniq bo‘ladi. 
2-qoida. Agar asos hukmlardan biri inkor hukm bo‘lsa, xulosa ham 
inkor hukm bo‘lib keladi. Masalan: 
Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. 
Fuqaro S. ayblanuvchi emas. 
Fuqaro S.ga himoyalanish huquqi kerak emas. 
3-qoida. Ikki juz’iy asos hukmlardan xulosa kelib chiqmaydi. 
Masalan: 
Ba’zi tinglovchilar sportchi. 
Ba’zi tinglovchilar a’lochi. 
Bu hukmlardan xulosa kelib chiqmaydi, chunki o‘rta termin «ba’zi 
tinglovchilar» o‘zining bog‘lovchi vazifasini bajara olmayapti. 
4-qoida. Asos hukmlardan biri juz’iy bo‘lsa, xulosa ham juz’iy hukm 
bo‘ladi. Masalan: 
Barcha aybdorlar jazolanishi lozim. 
Ba’zi odamlar – aybdor. 
Ba’zi odamlar jazolanishi lozim. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin