O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Figuralarning maxsus qoidalari 
1-figurada katta asos umumiy hukm, kichik asos tasdiq hukmi 
bo‘lishi kerak. 
2-figurada katta asos umumiy hukm asoslardan biri va xulosa inkor 
hukm bo‘lishi kerak. 
3-figurada kichik asos tasdiq, xulosa juz’iy hukm bo‘lishi lozim. 
4-figurada umumiy tasdiq xulosani bermaydi. Agar katta asos tasdiq 
hukmidan iborat bo‘lsa, kichik asos umumiy hukm bo‘ladi. Asoslardan 
biri inkor hukm bo‘lsa, katta asos umumiy hukmdan iborat bo‘ladi. 
Qisqartma qat’iy sillogizm (entimema) 
Entimema yoki qisqartirilgan qat’iy sillogizm deb, sillogizmdagi 
asoslardan biri yoki xulosaning tushirib qoldirilishiga aytiladi.
«Entimema» tushunchasi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «esda», 
«fikrda», «yodda» ma’nolarini anglatadi. 
Entimemalar uch turga, ya’ni katta asosi tushirib qoldirilgan, kichik 
asosi tushirib qoldirilgan va xulosasi tushirib qoldirilgan entimemalarga 
bo‘litnadi. 
Katta asosi tushirib qoldirilgan entimemaga misol: 
O‘zbekiston – mustaqil Respublika. 
Demak, O‘zbekistonning ham o‘z Konstitutsiyasi bor. Mazkur 
entimemada «Barcha mustaqil Respublikalar o‘z konstitutsiyasiga ega», 
degan katta asos tushirib qoldirilgan. 
Kichik asos tushirib qoldirilgan entimemaga misol: 
Barcha O‘zbekiston fuqarolari bilim olish huquqiga ega. 
Demak, sen bilim olish huquqiga egasan. 
Bu misolda kichik asos «Sen O‘zbekiston fuqarosisan», degan hukm 
tushirib qoldirilgan.
86


Xulosasi tushirib qoldirilgan entimemaga misol: 
Barcha fuqarolar uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. 
Sen fuqarosan. 
Bu misolda «Demak, sen uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi», degan 
hukm xulosa sifatida tushirib qoldirilgan. Entimema singari qisqartirilgan 
sillogizmlar asosan xalq maqollari, aforizmlarda ko‘p uchraydi. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin