O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Murakkab va murakkab qisqartirilgan sillogizmlar



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Murakkab va murakkab qisqartirilgan sillogizmlar 
Murakkab sillogizmlar o‘z mazmuni bilan bog‘langan va ikki yoki 
undan ortiq sillogizmlardan tashkil topgan bo‘lib, birining xulosasi 
ikkinchisi uchun asos hukm bo‘ladi. Murakkab sillogizm «polisillogizm» 
(ko‘p sonli sillogizm) deb ham yuritiladi. 
Mantiq fanida ikki, ya’ni progressiv va regressiv polisillogizmlar 
farqlanadi. Agar dastlabki sillogizmning xulosasi ikkinchi sillogizmning 
katta asosi bo‘lsa, bunday polisillogizm progressiv deyiladi. Shu o‘rinda 
aytish lozimki, polisillogizm tarkibidagi birinchi sillogizm «prosillogizm», 
keyingisi «episillogizm» deb ataladi. Demak, progressiv polisillogizmda 
prosillogizmning xulosasi episillogizm uchun katta asos o‘rnida kelar 
ekan. Masalan: 
Barcha ijtimoiy xavfli harakatlar (A) jazolanadi (V). 
Jinoyat (S) – ijtimoiy xavfli harakatdir (A).
Jinoyat (S) jazolanadi (V). 
Pora berish (D) jinoyatdir (S). 
Pora berish (D) jazolanadi (V). 
Mazkur progressiv polisillogizmning sxematik tuzilishi quyidagicha 
ifodalanadi: 
Barcha A – V dir. 
S – A dir. 
S – V dir. 
D – S dir. 
D – V dir. 
Agar dastlabki sillogizmning (prosillogizmning) xulosasi, ikkinchi 
sillogizm (episillogizm)ni kichik asosi bo‘lib kelsa, bunday polisillogizm 
regressiv sillogizm deyiladi. Masalan: 
Barcha fuqarolar (A) fikr yuritish va uni ifodalash erkinligiga ega (V). 
Rahimov (S) – fuqaro (A). 
Rahimov (S) fikr yuritish va uni ifodalash erkinligiga ega (V). 
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi (V) demokratik erkinlikdir D). 
87


Rahimov (S) fikr yuritish va uni ifodalash erkinligiga ega (V). 
Rahimov (S) demokratik erkinliklarga ega (D). 
Regressiv polisillogizmning sxematik tuzilishi quyidagicha 
ifodalanadi: 
Barcha A – V dir. 
S – A dir. 
S – V dir. 
V – D dir. 
S – V dir. 
S – D dir. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin