Epixeyrema
Epixeyrema murakkab qisqartirilgan sillogizm bo‘lib,
uning ikki asos
hukmlari qisqartirilgan oddiy sillogizm (entimema)lardan iborat bo‘ladi.
Masalan :
Ongli mehnat (A)
hurmatga sazovor (S), chunki ongli mehnat
(A) shaxs va jamiyat rivojiga xizmat qiladi (V).
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnati (D)
ongli
mehnat (A), chunki ushbu xodimlar (D) jamiyatda qonun ustuvorligini
ta’minlashga xizmat qiladi (YE).
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari (D)
hurmatga
sazovordir (S).
Umumiy va tasdiq muhokamalar uchun
epixeyremaning sxematik
tuzilishi quyidagicha ifodalanadi:
A – S dir, chunki A – V dir.
D – A dir, chunki D – YE dir.
D – S dir.
Epixeyremaning birinchi va ikkinchi asoslari qisqartirilgan entimema
bo‘lib, ularda asoslardan biri tushirib qoldiriladi.
Quyida epixeyremaning
birinchi va ikkinchi asoslari to‘laligicha ifodalangan:
V – S dir. YE – A dir.
A – V dir. D – YE dir.
A – S dir. D – A dir.
Birinchi va ikkinchi sillogizmlarning xulosasini uchinchi
sillogizmning katta va kichik asoslari sifatida olsak:
A – S dir.
D – A dir.
D – S dir ko‘rinishida ifodalanadi.
Epixeyremani to‘laligicha ifodalasak:
Shaxs va jamiyat rivojiga xizmat qiladigan harakatlar (V) hurmatga
sazovor (S).
Ongli mehnat (A) jamiyat va shaxs rivojiga xizmat qiladi (V).
Ongli mehnat (A) hurmatga sazovor (S).
Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash (YE) ongli mehnatdir (A).
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari (D)
jamiyatda qonun
ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi (YE).
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnati (D) ongli
mehnat (A).
Bu misolda birinchi va ikkinchi
sillogizm xulosasi uchinchi
sillogizmning asosi bo‘ladi.
89
Ongli mehnat (A) hurmatga sazovor (S).
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnati (D) ongli
mehnatdir (A).
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnati (D)
hurmatga sazovor (S).
Bahs va munozaralarda fikrlarning to‘g‘riligini
tekshirish hamda
mantiqiy xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida epixeyremadan keng
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: