Tezisning asoslash (demonstratsiya) usuliga nisbatan qoidalar va
isbotlash shaklida uchraydigan xatoliklar
Asoslash usuli qoidasida, eng avvalo, tezis argumentlardan mantiqiy
tarzda kelib chiqadigan xulosa bo‘lishi kerak. Buning uchun tezis
asoslardan xulosa chiqarishning umumiy qoidalariga asoslanib, xulosa
shaklida keltirib chiqarilishi zarur.
Asoslash usuli (demonstratsiya)ga doir xatoliklar
Yuzaki (soxta) isbotlash xatoligi. Agar tezisni tasdiqlash uchun
keltirilgan dalillardan tezis kelib chiqmasa, «kelib chiqmaydi» degan
xatolik yuz beradi. Bu mantiqiy xatolikka ko‘pincha tezisga aloqador
bo‘lmagan dalillarni keltirish oqibatida yo‘l qo‘yiladi. Masalan, shaxsning
jinoyat sodir etganligini isbotlash uchun aniq ashyoviy dalillarni keltirish
o‘rniga uning tashqi ko‘rinishi, xulq-atvori kabi xususiyatlarini dalil
sifatida keltirish soxta isbotlash xatoligini keltirib chiqaradi.
Aniq fikrdan noaniq fikrga o‘tish xatoligi. Bu xatolik tezisni isbotlash
uchun keltirilgan dalillar muayyan vaqt va munosabatga nisbatan
o‘zgarmas deb qabul qilinib, barcha holatlarda qo‘llansa yuz beradi.
Bunday xatolikka jinoiy ishni kvalifikatsiya qilishda Jinoiy kodeksga
kiritib boriladigan o‘zgartishlarni e’tiborga olmasdan qilingan xulosalarda
yo‘l qo‘yilishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 66-
moddasiga 2001 yil 29-avgustda kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra
«Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish»
to‘g‘risidagi 66
1
-moddasi kiritildi. Bu o‘zgartish natijasida surishtiruv
jarayonida bo‘ladigan ko‘pgina ishlar tomonlarning kelishuviga ko‘ra
sudgacha to‘xtalishi mumkin. Shu va shunga o‘xshash boshqa
o‘zgartishlarni bilmaslik, yuqorida aytganimizdek, jinoiy ishlarni
kvalifikatsiya qilishda qo‘pol xatoliklarga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: