O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Mantiq maruzalar kursi

4. Nazariya va uning mohiyati 
Oldingi mavzularning tahlillaridan eski nazariy bilim, tasavvur hamda 
yangi faktlar o‘rtasidagi ziddiyatlar muammoning vujudga kelishi va uni 
hal etish uchun turli farazlarning oldinga surilishiga sabab bo‘lganligi 
ma’lum bo‘ldi. 
Nazariya mantiqiy tafakkurning muammo va gipotezadan keyingi, 
ularning hal etish va baholash mezoni bo‘lib, umumlashgan, ishonchli 
bilimlar majmuasidan iborat, o‘z tushuncha hamda qonun-qoidalaridan 
tashkil topgan bir butun tizimdir. 
Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
– empirik asos – nazariyaga aloqador faktlar va h.k;
– boshlang‘ich nazariy asos – nazariyaning asosiy tushunchalari, 
postulatlari (aksiomalari), qonunlari, prinsiplari;
– 
nazariyaning mantiqiy apparati: tushunchalarni hosil qilish va 
ta’riflash qoidalari, xulosa chiqarish (isbotlash) qoidalari;
– olingan natijalar (xulosalar). 
Olim ilmiy muammoni nafaqat oldinga suradi, balki yangi nazariyani 
tashkil etuvchi o‘ziga xos bilimlar tizimini ishlab chiqadi. Shuning uchun 
ham mantiqiy tafakkurning shakllari: muammo, gipoteza va 
nazariyalarning o‘rtasida dialektik birlik hosil bo‘ladi. 
Nazariyani yaratish jarayoni empirik dalillarni to‘plash va 
umumlashtirishdan iborat bo‘lmay, balki yangi dalillar va eski 
nazariyalarning o‘rtasidagi ziddiyatlarni aniqlashdan iboratdir. 
Ilmiy nazariya mantiqiy jihatdan mukammallikni ifodalovchi, 
tizimlashtirilgan va tarkiblashtirilgan bilimdir. Ilmiy nazariyaning bilimlar 
tizimi sifatida uning tarkibidagi asosiy tamoyil mavjudlik shartini 
ajratishni talab etadi. 
Ilmiy nazariyaning asosiy tamoyili bo‘lib, ilmiy tamoyil darajasiga 
olib chiqilgan va umumlashtirilgan asosiy qonuniyati namoyon bo‘ladi. 
Demak, tamoyil – ilmiy dalil, tushuncha, muammo, faraz va muayyan 
ilmiy nazariyani o‘zaro bog‘laydigan va muayyan yo‘nalishga soladigan 
mantiqiy-ilmiy tafakkur shaklidir. Tamoyil ilmiy nazariyaning asosini 
tashkil etadi. Chunonchi, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish 
nazariyasining asosida Prezident I. A. Karimov tomonidan oldinga 
surilgan quyidagi tamoyillar yotadi: 
120


– erkin bozor iqtisodiga o‘tish; 
– so‘z erkinligi, vijdon erkinligi, matbuot erkinligi; 
– qonun ustuvorligini ta’minlash va hokazo. 
Ilmiy nazariyaning tarkibida muhim o‘rinni tamoyillar bilan 
birgalikda qonunlar egallaydi. Qonun mantiqiy tafakkurda muhim, zaruriy, 
barqaror aloqadorlikni ifodalab, hodisaning yo‘nalishini belgilab beradi. 
Qonunsiz nazariya muayyan maqomga ega bo‘lmaydi. Qonun ilmiy 
nazariyada elementlar o‘rtasidagi umumiy aloqadorlikni tartibga soluvchi 
rolini o‘ynaydi. Ilmiy nazariyada barcha qonunlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, 
mustahkam bir butunlikni tashkil etadi. 
Shuning uchun ham muayyan bir qonunning qisman o‘zgarishi butun 
bir tizimning o‘zgarishiga olib keladi. Ilmiy nazariyaning asosini tashkil 
etuvchi qonunlar nazariya tamoyilining mazmunini izohlaydi hamda 
rivojlantiradi. 
Nazariya tarkibiga tamoyillar va qonunlardan tashqari, uning muhim, 
zaruriy belgilarini ifodalovchi tushunchalar ham kiradi. Fandagi har bir 
nazariyaning asosiy maqsadi mazkur sohaga oid ilmiy tushunchalarni 
shakllantirishdan iborat. Masalan, «Fuqarolik jamiyati», «Huquqiy davlat» 
tushunchalariga oid nazariyalar. 
Ilmiy nazariya tarkibida muayyan qoida va dalillar ham mavjud 
bo‘lib, ular nazariyaning poydevorini tashkil etadi. Ayrim qoidalar isbotsiz 
qabul qilingan aksiomalar tarzida bo‘ladi. Ilmiy nazariyalarni yaratishning 
asosiy sabablardan biri uning muayyan vazifalarni bajarishidir. Nazariya 
ham muammo singari izohlash, bayon etish, bashorat qilish kabi 
metodologik vazifalarni bajaradi. 
Nazariyaning pirovard maqsadi – amaliyotga xizmat qilish. 
Nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi uning hayotiyligini oshiradi va 
bilimlarimiz haqiqiyligining mezoni bo‘ladi. 
Ilmiy tafakkurdagi mantiqiy shakllarning gnoseologik tahlilidan 
ko‘rinib turibdi-ki, ular o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, ilmiy bilimlar 
rivojining tabiatini tushunishga yordam beradi. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin