Kirish
Dasturning maqsadi 5A330302 – Axborot xavfsizligi mutaxassisligi negizidagi
5330500-Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-Servis”, “Multimedia
texnologiyalari”) va 5330300 – Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlari bitiruvchilarini magistraturaga kirish uchun tayyorgarlik darajasi va zaruriy
bilimlarini aniqlashdan iboratdir.
Dasturning vazifasi bozor iqtisodiyoti sharoitida qaror qabul qilishning zamonaviy
usullaridan foydalana olishini; zamonaviy operatsion tizimlar bilan ishlashini;
mutaxassislikni ilmiy muammolarini yechishda qaror qabul qilish yoki shu bilan birga
bilimlar bazasini yaratish va uni o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llashini; zamonaviy kompyuter
tarmoqlari va tarmoq protokollarini qo‘llashni; kiberxavfsizlik muammolarini to‘liq
tasavvur qila olishni, axborotni himoyalash usul va vositalarini ishlab chiqishini va ularni
tadbiq eta olish muammolarni, axborot xavfsizligi xuquqiy-me’yoriy bazasini; axborot
xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlarning klassifikatsiyasi va tahlilini bilishi; axborot
tizimlari xavfsizligi jihozlarini buzishdan himoyalash prinsiplarini bilishi va ulardan
foydalana olishi; ilm fanning zamonaviy yutuqlari, texnika va texnologiyalarini
amaliyotda qo‘llay olishini aniqlab berishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: