Ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimalarni CLICK&IIV ilovasi orqali
to’lash vaqtingizni va mablag’ingizni tejaydi!
Click O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Huquqiy statistika va
tezkor-hisob ma’lumotlar markazi bilan hamkorlikda jarimalarni onlayn to’lash
uchun mo’ljallangan yangi Clik&IIV ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu ilova orqali
ma’muriy huquqbuzarliklarni joylarda “E-ma’muriy ish” tizimi orqali Ichki ishlar
organi xodimlariga berilgan shu kabi planshetlar yordamida to’lash mumkin.
Ilovada nafaqat yangi, muddati o’tgan jarimalarni ham to’lash va qarzdor
tomondan yetkazilgan zararni qoplash uchun imkoniyat mavjud. To’lovni amalga
oshirish uchun Click&IIV ilovasiga invoys (to’lov) raqamini kiritish lozim, so’ng
planshetda invoysning barcha tafsilotlari aks ettiriladi. To’lovchi ma’lumotlar
to’g’ri kiritilganini tekshirishi, so’ng o’ziga qulay bir nechta to’lov usullaridan
birini tanlashi mumkin.
Birinchi to’lov usuli – Click akkaunti bog’langan telefon raqamiga hisob chiqarish
orqali amalga oshiriladi. Bu usulda Jarima hisobi chiqarilgan telefon raqamiga 3
turdagi xabarnoma yuboriladi.
USSD-kod bo’yicha to’lashni taklif qiluvchi SMS,
@clickuz Telegram-boti orqali xabarnoma yoki
Click Up ilovasidan xabarnoma.
Agarda qarzdor sms kod bo’yicha hisobni to’lamoqchi bo’lsa, o’z telefonida
*880# kodini tergan holda to’lashi mumkin. Bu usul orqali to’lash uchun internet
aloqasi mavjud bo’lishi shart emas.
@clickuz Telegram-boti orqali kelgan xabarnoma bo’yicha esa foydalanuvchi
chiqarilgan hisobni Telegram-botda “Hisobni to’lash” tugmasini bosish orqali
to’lashi mumkin. Agar foydalanuvchi @clickuz Telegram-botida ro’yxatdan
o’tmagan bo’lsa, tezkor ro’yxatdan o’tishi lozim.
Click Up ilovasidan kelgan xabarnoma orqali ham to’lov “To’lash” tugmasini
bosgan holda amalga oshiriladi. Foydalanuvchi o’ziga mos usulni tanlab, to’lovni
amalga oshirgandan so’ng, Ichki ishlar organi xodimining ilovasida invoys
to’langanligi haqida xabarnoma paydo bo’ladi. Yuqorida keltirganlarimiz birinchi
usul bo’yicha to’lovni amalga oshirish edi. Ikkinchi usul esa Click Up ilovasida
QR-kodni skanerlash orqali amalga oshiriladi. Bunda Ichki ishlar organi xodimi
planshetida invoys tafsilotlari ko’rsatilgan QR-kod generatsiya qilinadi. To’lovchi
mazkur QR-kodni Click Up ilovasida skanerlashi va to’lovni amalga oshirishi
mumkin. Eng so’nggi uchunchin usul esa karta raqamini kiritish orqali to’lash
usulidir. Ichki ishlar organi xodimi planshetiga qarzdorning plastik karta raqami
va uning amal qilish muddati kiritiladi. Karta ma’lumotlari kiritilganidan so’ng,
karta ulangan telefon raqamiga tekshiruv SMS-kodi yuboriladi. To’lovchi
harakatlarini tasdiqlash uchun mazkur kod Click&IIV ilovasiga kiritilishi lozim.
Ushbu to’lov usuli Click tizimidan foydalanmaydigan fuqarolar uchun mos keladi.
Click&IIV ilovasi orqali jarimalaringizni ortiqcha ovoragarchiliklarsiz to’lang.
Dostları ilə paylaş: |