Fiziologiya fani biologiya fanlarining muhim tarmoqlaridan bo’lib, organism


Jismoniy rivojlanishning ko’rsatkichlari



Yüklə 262,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix17.05.2023
ölçüsü262,02 Kb.
#115534
1   2   3   4   5   6   7   8
fiziologiya

Jismoniy rivojlanishning ko’rsatkichlari. 
Yangi tug’ilgan go’dak nisbatan kalta qo’l- oyoqlari, tanasi va boshining kattaligi 
bilan farqlanadi. Uning kallasining uzunligi tanasi uzunligining- 1/4qismini, ikki 
yashar bolada- 1/5 qismini, olti yashar bolada- 1/6 qismini, o’n ikki yashar bolada- 
1/7 qismini, voyaga yetgan odamda- 1/8 qismini tashkil etadi. 


Yosh kattalashgan sari kallaning o’sishi sekinlashadi, oyoq- qo’llarning o’sishi esa 
kuchayadi. Jinsiy yetilish davrining boshlanishiga qadar tana proporsiyalaridagi farq 
bo’lmaydi va ular pubertat davrida yuzaga chiqadi. 
Tananing bo’yi va eni o’rtasidagi proporsiyalarni turlicha bo’lishini uchta bosqichini 
ajratish mumkin: 
-4 yoshdan 6 yoshgacha
-6 yoshdan 15 yoshgacha; 
-15 yoshdan 
to voyaga yetguncha qadar
 
Tananing bo’yiga o’sishining notekisligi quyidagicha namoyon bo’ladi: 
- yangi tug’ilgan bolaning bo’yi 48-52 sm bo’ladi; 
- bola hayotining birinchi yilida uning bo’yi 25 sm o’sadi va 75 sm ni tashkil etadi; 
- ikkinchi yilida 10 sm o’sadi; 
- kichik maktab yoshida bola bo’yi 6-10 sm; 
- bola 8-10 yoshga yetganda 3-5 smga o’sadi. 
Tana o’sishining eng ko’p ortishi qiz bolalarda 12 yoshga kelib, o’g’il bolalarda esa 
15 yoshda kuzatiladi. Bo’yning o’sishi asosan qiz bolalarda 19 yoshga kelib, o’g’il 
bolalarda esa 20 yoshga kelib tugallanadi. Yangi tug’ilgan davrdan to voyaga 
yetgunga qadar insonning bo’yi- 3 marotoba, tanasi- 3,5 marotoba, qo’llari- 4, 
oyoqlari- 5 marotoba uzunlashadi. 
Tana vazni yoshga qarab quyidagicha o’zgaradi: 
- yangi tug’ilgan qiz bolalarning o’rtacha vazni 3,0 kg, o’g’il bolalarniki esa 3,4 kg 
bo’ladi; 
- bolaning vazni tug’ilgandan keyin birinchi oyda 600 gr, ikkinchi oyda 800 gr 
ortadi; 
- bir yashar bolaning vazni tug’ilganidagi vaznidan 3 marta ortib 9-10 kg ga yetadi; 
- 2 yoshli bolaning vazniga 2,5-3,5 kg qo’shiladi; 
- 4,5,6 yoshli bola vazniga har yili 1,5-2,0 kg vazn qo’shilib boradi. 
7 yoshdan boshlab ularning vazni tez ortib boradi. 10 yoshgacha o’g’il bolalar bilan 
qiz bolalar vazni bir xil o’zgaradi. Jinsiy yetilish boshlanishi bilan qizlarning vazni 
4,5-5,0 kg dan 14-15 yoshda har yili 5- 8 kg ortadi. O’g’il bolalarda esa 13-14 


yoshdan vazni 7-8 kg ortadi, 15 yoshdan boshlab esa ularning vazni qizlarning 
vaznidan 
ortib 
ketadi. 

Yüklə 262,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin