Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlari to’plami So’z boshi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/60
tarix17.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#115784
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60
Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlar

 
 
2-BO’LIM. MOLEKULYAR FIZIKA VA TERMODINAMIKA 
KIRISH 
 
Molekulyar fizika, fizikaning bir bo’limi bo’lib, moddaning tuzilishi va 
xossalarini molekulyar-kinetik tasavvurga asoslanib o’rganadi. Bu tasavvurga 
asosan qattiq, suyuq yoki gaz holatidagi har qanday modda juda mayda 
zarrachalardan — molekulalardan iborat. Bu zarralar tartibsiz harakatdadir. 
Ularning intensivligi temperaturaga bog’liqdir. Jism zarralarining to’xtovsiz 
harakatdaligini Broun tajribalar asosida kuzatdi. 
Molekulyar - kinetik nazariyaning maqsadi jismlarning bevosita tajribada 
kuzatiladigan xossalarini (R,T va x.k.) molekulalar ta’sirining umumiy natijasi 
sifatida talqin qilishdan iborat. Bunda, bu nazariya ayrim molekulalarnig 
harakati bilan emas, balki zarralarning juda katta to’plami harakatini 
xarakterlaydigan faqat o’rtacha miqdorlar bilangina ish ko’rib, statistik 
metoddan foydalanadi. SHuning uchun ham molekulyar-kinetik nazariyadan 
farqli ravishda termodinamika jismlarning va tabiat hodisalarining makroskopik 
xossalarini ularning mikroskopik manzarasiga e’tibor bermay o’rganadi. 
Termodinamika molekula va atom tushunchalaridan foydalanmay va 
protsesslarni mikroskopik nuqtai nazardan tekshirmay turib ham bu 
protsesslarning borishi to’g’risida qator xulosalar chiqarishga imkon beradi. 
Termodinamikada juda ko’p tajribalardan olingan faktlarni umumiylashtirish 
orqali bir nechta qonunlar asos qilib olingan. SHuning uchun ham 
termodinamika xulosalari juda umumiy xarakterga ega. Modda holatining 
o’zgarishlarini tekshirishga turli xil nuqtai nazardan yondashib termodinamika 


bilan molekulyar-kinetik nazariya bir-birini to’ldiradi va aslida borib birlashib 
ketadi. 
 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin