(
)
2
1
2
k
(2.2)
interferensiya minimumlari kuzatiladi. YOzilgan (2.2) ifoda interferensiya
minimumlari sharti deyiladi.
Interferensiya hodisasini hayotda biz uchratib turamiz. Masalan, suv
yuzidagi yupqa yog’ yoki moy qatlamlariga yorug’lik tushganda ularning
tovlanishini ko’ramiz. Bu hodisaga optikada yupka plastinkalar rangi deb
nom berilgan. Bunday rangli tovlanishlar sovun pufaklarida juda yupqa neft
pardalarida, eski shisha yoki metallar sirtida ham kuzatiladi. Agar yupqa
shaffof plyonkani yoritsak, unda ham shunday hodisani ko’ramiz. Buning
sababi shundaki, yorug’lik yupqa plastinkaning ikki sirtidan qaytganda
yorug’lik to’lqini ikki kogerent dastani vujudga keltiradi. Bu dastalar o’zaro
uchrashib interferensiyani beradi. Bunda hosil bo’lgan interferension
manzaralar lokallangan manzaralar deyiladi. CHunki ular faqat parda sirtiga
yaqin sohada kuzatiladi. Interferensiya hodisasi aniq o’lchashlarda, fizik
tajribalarda, sanoatda, texnikada va yana juda ko’p sohalarda keng qo’llaniladi.
Interferensiya hodisasiga asoslanib ishlovchi maxsus optik asboblar -
interferometrlar yasalgan.
Dostları ilə paylaş: