Masshtabi kattaroq global joylashishni aniqlash tizimlari AQShning GPS NAVSTAR tizimi va Rossiyaning GLONNAS tizimlari hisoblanadi va ular global masshtabda xizmat ko‘rsatish imkoniga ega. GPS NAVSTAR tizimi yaratilgan paytda 20180 km balandlikda orbitaning 6 ta kengligida 4 tadan jami 24 ta uzluksiz ishlovchi sun’iy yo‘ldoshlardan iborat bo‘lgan. Bugungi kunda ushbu GPS guruhida 31 ta navigatsiya sun’iy yo‘ldoshi doimiy foydalanilayotgan bo‘lsa, 1 tasi foydalanishga kiritilish bosqichida turibdi. Har bir sun’iy yo‘ldosh, umumiy tarmoqqa birlashgan bo‘lib, ular o‘zlarining joylashgan o‘rni, signal vaqti, sun’iy yo‘ldosh va yerdagi kuzatuv stansiyalarining asosiy parametrlari haqida radiosignal yuborib turadi. 3. Етакчи глобал жойлашишни аниқлаш тизимлари: GPS ва ГЛОННАС.
3. Етакчи глобал жойлашишни аниқлаш тизимлари: GPS ва ГЛОННАС.
1995 yilda Rossiyada 3 ta orbital kenglikda, har birida 8 tadan joylashgan, jami 24 ta sun’iy yo‘ldoshdan iborat GLONASS global sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi yaratildi. Ularning orbitasining balandligi 19,4 ming km ni tashkil etadi. Hozirda ulardan 23 ta navigatsiya sun’iy yo‘ldoshi maqsadli foydalanilsa, navbati bilan bittasi texnik xizmat ko‘rsatish uchun foydalanishda chiqarib turiladi. Shuningdek, orbitada yana 3 ta zahira sun’iy yo‘ldoshi mavjud.