179
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON
2022-YIL 28-MAY
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN
DARSLARNING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA
FANLARARO ALOQALARNING AHAMIYATI
Botirova Dilafro‘z Jonibekovna
Toshkent viloyati Piskent tumani
41-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Shukurjon Xudoyberdiyev
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani
9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining
Tarix fani o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Hozirgi kunda boshlang‘ich maktab ta’limini integratsiya qilish haqida ko‘p
gapirilmoqda. Bu tushuncha kichik maktab o‘quvchisi atrofidagi olamni bir
butunligicha qabul qilish, uning uchun tabiatshunoslik, rus tili, musiqa va boshqa o‘quv
fanlari nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar, hajmlarning
turli-tumanligining qiziqarliligi bilan harakterlanadi. Bolalarning tabiat va kundalik
hayotdagi barcha narsalarning bog‘liqligini ko‘rishga o‘rgatish kerakligini o‘qituvchi
sezadi, biladi. Shunday ekan, ta’lim integratsiyasi hozirgi zamon talabiga javob
beradimi, uni qanday tashkil etish kerak kabi savollar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ka’lit so’zlari: obyekt, ta’lim tizimi, ta’lim poydevori.
Ta’limni
integratsiyalash
fikri
xalq
ta’limida
tabaqalashtirish
va
individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshlandi. Agar kichik maktab
ta’limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil
ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol
shakllantirishni taqozo etsa, integratsiyaning asosi qilib, turli fanlarni o‘rganish
obyektlari bo‘lgan ba’zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va
kengaytirish mumkin. Ta’limni integratsiyalashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad
boshlang‘ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurni yaxshi shakllantirish
va ularning rivojlanishi qonunlariga o‘z munosabatini bildirishga yo‘naltirishdan
iboratdir. Shuning uchun ham kichik maktab o‘quvchisi predmet yoki voqea-
hodisalarni bir necha tomondan ko‘rishi muhimdir. Asosiy fanlarni o‘zlashtirish va
olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va
predmetlararo aloqalarini o‘rgatish ta’limni integratsiyalashga yondashuvning metodik
asosidir. Bunga turli darslar tushunchalariga ko‘p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish
va boyitish, shu yoshga tushunarli bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish
mumkin. Shunday qilib, yaxshi shakllangan, tuzish va o‘tkazish tartibiga ega bo‘lgan,
tarkibiga shu o‘quv predmetiga tegishli bo‘lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har
qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
180
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON
2022-YIL 28-MAY
Biroq, integratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa o‘quv predmetlari bilan
bog‘liq tushunchalar tahlil qilinishining natijalari kiritiladi. Masalan, "qish", "sovuq",
"bo‘ron", kabi tushunchalar o‘qish, rus tili, tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy san’at
darslarida ko‘rib chiqiladi. Tushunchalarning tahlil qilinishi boshqa o‘quv darslarida
o‘zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi.
Dars ijodiy, erkin bo‘lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, o‘ziga xos o‘tish
metodologiyasiga ega bo‘ladi. Umumiy ta’limning poydevorini qo‘yadigan
boshlang‘ich maklabdagi ko‘p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa, tasviriy
san’at va boshqalar uchun umumiydir. Hozirgi kunda bir qator o‘quv predmetlari
uchun umumiy bo‘lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o‘rnatish psixologik va
metodik asos bo‘lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan
o‘lkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida
o‘rgatilishi va zarur o‘qitish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Integratsiyalashgan darslar – interaktiv ta’lim tizimi bo‘lib, integrativ bilimlarni
chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko‘rgazmali mahoratni vujudga keltirish
sirlarini o‘rganadi. Ko‘rgazmali ta’lim tizimi turli xildagi turlar, shakllar, usullar,
obyektlar asosida qurilgan.
Integratsion kursning maqsad va vazifalari maktab tabiiy-ilmiy ta’lim tizimida
tavsiflanadi.
Bilimning
integratsiyalashgan
(ko‘rgazmali)
tarmog‘ida
integratsiyalashning usul va vositalari: ta’lim rejasidagi o‘qitish joyida vaqtning
hajmiga qarab, shu kursni to‘la o‘zlashtrish vaqti o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi
ko‘p maqsadli va rang-barangliligi bilan tavsiflanadi. Har bir o‘quv predmetini
o‘qiyotgan paytda o‘quvchilarga to‘g‘ri keladigan psixik qo‘zg‘alish hosil qilishi, bu
materialni o‘zlashtirilishiga katta yordam beradi, uni tez yodda saqlashga, emotsional
anglashga, fikrlash qobiliyatining o‘sishi, nutq va tasavvurning rivojlanishiga olib
keladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatining har xil turlarini
shakllantirish integratsiyaning negizi hisoblanadi.
Asosiy fanlarni o‘zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini
tushunishda predmetlar ichidag va predmetlararo aloqalarini o‘rnatish ta’limni
integratsiyalashga
yondashuvning
metodik
asosidir.
Bunda
turli
darslar
tushunchalariga ko‘p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga
tushunarli bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib,
tarkibiga shu o‘quv predmetiga tegishli bo‘lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har
qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
Bugungi kunda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o‘zgarishlar tufayli kelib
chiqayotgan talablar maktab ta’limi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Buni
muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ta’lim to‘g‘risida qabul qilayotgan
qaror va farmonlarida ham ko‘rib turibmiz. 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan
181
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON
2022-YIL 28-MAY
Harakatlar strategiyasining 4-yo‘nalishida ham ta’lim tizimi to‘g‘risida fikr yuritilgan.
vazifasini o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi. U bolalarning arifmetikaga, yozishga,
tabiat va ko‘pgina boshlang‘ich tushunchalarga o‘rgatadi. O‘z kuch va imkoniyatlari
darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang‘ich ta’limda integratsiyani bir-biriga
nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko‘rish maqsadga muvofiq. Ta`limning
keyingi pog‘onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi.
Boshlang‘ich ta`lim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini
hisobga olish kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi.
Maktablarda o‘rgatiladigan fanlarning tarqoqligi maktab bitiruvchisida bir ko‘rinishli
(fragmentar) dunyoqarashni keltirib chiqaradi. Maktab umumta’lim fanlarining tarqoq
holda o‘rgatilishi, ularni bir-biriga uzviy bog‘liqlikda o‘rgatilmasligi o‘quvchilar
bilimini to‘la bo‘lishi va butun borliqni bir butun holda anglashlariga to‘sqinlik qilib,
o‘quvchilarda qiyinchilik uyg‘otadi. Olimlarimizning fikricha, integratsiya didaktik
prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida yetakchi o‘rin egallaydi .Bunday tushuncha
ta’lim tizimida integratsiya masalasini, fanlararo uzviylik va bog‘liqlik masalasini yana
bir bor ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi. Ta’lim sistemasiga integrasiyani
kiritish maktab va jamoatchilik o‘rtasida turgan ta’lim va tarbiyaga oid vazifalarni hal
etishda
asosiy
vositalardan
biridir.
Integrasiyalashtirilgan
darslar
bolalar
dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab
yetishga o‘rgatadi.
Integratsiya- bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va
bog‘liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-
biriga bog‘lash bosqichi bo‘lib, o‘zini yuqori ko‘rinishda namoyon etadi. Shuni alohida
qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o‘tmishdagi xalq pedagogikasi
va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integrasiya fanlararo bog‘liqlikdir. Fanlararo
bog‘liqlik asoslari tabiatni to‘la holda o‘quv darsliklarda ko‘rsatish va tushuntirish
zaruratidan paydo bo‘lgan. Ulug‘ didaktik Yan Amos Komenskiy ta’kidlashicha: "Bir-
biri bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsa, xuddi shunday holda o‘rganilishi kerak".
Fanlararo bog‘liqlik g‘oyasiga keyinchalik juda ko‘p pedagoglar yondoshib, uni
rivojlanishi va umumlashtirilishiga hissa qo‘shdilar. D.Lokk g‘oyasiga ko‘ra: "Ta’lim
mazmunining aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari bilan
to‘ldirilishi kerak". Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto
xavfliligini ta’kidlaydi. Bolgariyalik olimlar tabiiy-ilmiy bilimlarni o‘z ichiga olgan,
10-12 yoshli bolalarga mo‘ljallangan integratsiyalangan kurs yaratishdi. AQSH o‘rta
maktablarining katta sinflarida o‘z ichiga fizika, kimyo, geografiya, geologiya,
kristallografiya, tuproqshunoslik, poletalogiya va shu kabilarni o‘z ichiga oluvchi
"Yerni o‘rganish" fani kiritilgan. Chexoslovakiyada ham shunday umumlashtiruvchi
integratsiyalangan "Fuqaro tarbiyasi" deb nomlangan kurs katta sinflarda kiritilgan.
182
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON
2022-YIL 28-MAY
Boshlang‘ich ta’limda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini
o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi. U bolalarning arifmetikaga, yozishga, tabiat va
ko‘pgina boshlang‘ich tushunchalarga o‘rgatadi. O‘z kuch va imkoniyatlari darajasida
bu ishni amalga oshiradi. Boshlang‘ich ta’limda integratsiyani bir-biriga nisbatan
yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko‘rish maqsadga muvofiq. Ta`limning keyingi
pog‘onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi.
Boshlang‘ich ta`lim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini
hisobga olish kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi.
Y.M.Kolegin va O.L.Aleksenko integratsiyaning salbiy omillarini ko‘rsatib beradilar:
o‘quv predmetlarining chegaralangan soni - olinayotgan katta hajmdagi bilimlarning
mazmuni olamning haqiqiy ko‘rinishini, qismlarining o‘zaro bog‘liqligini aks ettirish
bilan to‘ldirish mumkin. Juda muhim bo‘lgan o‘qish, yozish va sanoq ko‘nikmalarini
shakllantirish zarurati. Bu narsalar xuddi fanlarga bo‘linib o‘qitishni talab qiladiganga
o‘xshaydi. Lekin o‘qish va matematikani o‘qitishning an`anaviy tajribasi ham keng
integratsion imkoniyatlar haqida dalolat beradi. Bunda o‘qish fan sifatida o‘z ichiga
faqat badiiy matnlarni emas, tarix, tabiatshunoslik bo‘yicha materiallarni oladi.
Matematika, arifmetika, algebraik va geometrik materiallarni o‘z ichiga oladi. Bunday
integratsiya muhim ko‘nikmalar hosil qilishga halaqit bermaslik, aksincha, ularni
shakllantirishga kafolat beradi.
Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang‘ich maktabdayoq tabiat
va jamiyat haqidagi yaxshi tasavvur asoslarini qo‘yishi va ularning rivojlanishi
qonunlariga o‘z munosabatlarini shakllantirishdir.Mana shuning uchun kichik maktab
o‘quvchisi predmet yoki voqelik hodisalarining bir necha tomondan ko‘rish
muhimdir:mantiqiy va ematsional tomondan,badiiy asarda va ilmiy ommabop
maqolada,biolog,so‘z ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazaridan va boshqalar.
Asosiy fanlarni o‘zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini
tushinishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni o‘rnatish ta’limga
integratsiyalashga
yondashuvning
metodik
asosidir.Bunga
turli
darslarga
tushunchalarga ko‘p marotaba qaytishi,ularni chuqurlashtirish va boyitish,shu yoshga
tushunarli bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.Shunday
qilib,yaxshi shakllangan tuzilish va o‘tkazish tartibiga ega bo‘lgan,tarkibiga shu o‘quv
predmetiga tegishli bo‘lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars
integratsiyasiga asos qilib olinishi mumkin.Lekin integratsiyalashgan darsga boshqa
fanlar,boshqa o‘quv predmetlari bilan bog‘liq tushunchalar tahlil qilishning natijalari
kiritiladi. Masalan, “qish”, “sovuq”, “bo‘ron” kabi tushunchalar o‘qish, rus tili,
tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy san’at darslarida ko‘rib chiqiladi. Tushunchalarning
tahlil qilish boshqa o‘quv darslarida o‘zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan
darslar integratsiyalashgan hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin bo‘lishi bilan
birga,yaxlit,mantiqan ketma-ket, o‘ziga xos o‘tishi metodikasiga ega bo‘ladi.
183
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON
2022-YIL 28-MAY
Umumiy ta’limning poydevorining qo‘yadigan boshlang‘ich maktabdagi ko‘p
tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa,tasviriy san’at va boshqalar uchun
umumiydir.
Hozirgi kunda bir qator predmetlari uchun umumiy bo‘lgan tushunchalar
orasidagi aloqalarni o‘rnatish psixologik va metodik asosiy bo‘lgan integratsiyalangan
darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish lozim.Shu bilan birga
predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o‘rgatilishi va zarur o‘qitishning
vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |