Qarshi kurash masalalari



Yüklə 377,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix19.05.2023
ölçüsü377,35 Kb.
#117814
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-korrupsiya

Yuqori korrupsiya hokimiyat organlarida ishlovchi siyosatchilar, oliy 
martabali amaldorlarni qamrab oladi hamda yuqori bahoga ega bo’lgan qarorlar 
qabul qilish (qonunlarni, davlat buyurtmalarini lobbilash va qabul qilish, 
mulkchilik shakllarini o’zgartirish va shu kabilar) bilan bog’liq. 
Aksariyat hollarda korrupsiya bitimidan manfaatdor bo’lgan ikkala tomon 
bitta davlat hokimiyati organiga mansub bo’ladi. Masalan, quyi turuvchi davlat 
organining amaldori yuqori turuvchi boshlig’iga u pora beruvchining 
korrupsiyaviy harakatlarini yopib turishi yoxud qo’shimcha moliyaviy resurslar, 
vakolatlar berishi kabilar evaziga pora beradi. Korrupsiyaning mazkur shakli 
vazirliklar va idoralarning butun vertikali darajasida, ayniqsa Moliya vazirliklarida 
(transferlar, dotatsiyalar, ssudalar va boshqa budjet mablag’larini ajratishda) 
kuzatiladi. Bu yerda korrupsiya odatda yuqori va quyi korrupsiya o’rtasidagi 
ko’prik vazifasini bajaradi. Bu juda xavflidir, chunki mazkur hodisa tarqoq 
harakatlar bosqichidan ildiz otayotgan shakllar bosqichiga o’tganidan dalolat 
beradi. 
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib korrupsiya xalqaro muammoga 
aylandi. Bir mamlakat doirasida ildiz otgan korrupsiya boshqa mamlakatlarning 
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. 1994-yilning 31-dekabrida “Finansial 
Times” gazetasi dunyo aholisining korrupsiyaga oid savodxonlikni oshirish 
maqsadida 1995-yilni “Korrupsiya yili” deb e’lon qilganligi ko’pchilikka ma’lum. 
Birlashgan Millatlar tashkiloti esa korrupsiyaga oid savodxonlikni tashviqot qilish 
uchun 9-dekabrni “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” deb ta’sis etdi va 
ushbu kun 2004-yildan boshlab nishonlanib kelinadi. 
Darhaqiqat, hozirgi vaqtda ijtimoiy og’ishlar cho’qqisida bo’lgan korrupsiya 
nafaqat huquqshunos olimlarning, balki turdosh bilim sohalari – falsafa, 
siyosatshunoslik, sotsiologiya, iqtisodiyot, psixologiya kabi sohalarda faoliyat 
ko’rsatuvchi olimlarning ham e’tiborini borgan sari ko’proq tortmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24
anvar 
kuni 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisiga 
qilgan
Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o’zining turli 
ko’rinishlari bilan taraqqiyotimizga g’ov bo’lmoqda. Bu yovuz baloning oldini 
olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo’lmaydi, 
umuman, jamiyatning birorta tarmog’i rivojlanmaydi”. 

Yüklə 377,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin