2 mavzu: Aholi to’g’risida ma’lumotlar manbalari
Reja:
1. Aholi ro‘yxatlari va uni o‘tkazish tamoyillari
2. Aholining son va sifat hususiyatlari
3. Joriy statistik ma’lumotlar
Demografik jarayonlarni o'rganishda aholiga doir nashr etilgan raqamli
ma’lumotlar, ilmiy manbalar,
maxsus tadqiqot natijalaridan, ya’ni demografik
ma’lumotlardan foydalaniladi. Demografik ma’lumotlar birlamchi va ikkilamchi
tavsifga ega.
Birlamchi ma’lumotlar - demografik jarayonlar haqida to'plangan dastlabki
statistik ma’lumotlar, jadvallarva maxsus ko'rsat kichlar. Ikkilamchi ma’lumotlar -
bu birlamchi ma’lumotlar asosida olib borilgan ilmiy tahlil va hisob-kitoblardir.
Aholi haqidagi axborot tizimi barcha aholini qamrab
oluvchi ikkita asosiy
manbadan iborat bo'lib, bular aholi ro'yxatlari va tabiiy harakatning joriy qayd
etilishini, shuningdek tanlama tadqiqot, aholi registrlari kabi qo'shimcha
manbalarni o'z ichiga oladi.
Aholi ro'yxatlari va aholini joriy qayd etishdan olinadigan ma’lumotlarsiz
demografik koeffitsientlarni hisoblab bo'lmaydi. Aytish joizki, bu koeffitsientning
sur’ati joriy qayd etish bo'lsa, maxraji aholi ro'yxati yoki uning asosida olingan
hisob-kitoblar bo'Iadi.
Aholi ro‘yxati - aholi haqidagi muhim axborot manbalaridan biri bo'lib. aholi
soni va uning harakati haqidagi ma’lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish
jarayonidir. BMT ta’rifiga ko'ra. aholi ro'yxati — bu ma’lum vaqtda mamlakatda
yoki uning cheklangan bir qismida yashovchi
jami aholi haqidagi demografik,
iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlami yig'ish. umumlashtirish, tahlil qilish va nashr
etish jarayonidir.
Aholini dastlabki ro'yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon.
Mesopotamiya,
Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‘tkazi!gan. Lekin, bu aholi ro‘yxatlarining
maqsadi aholidan soliq yig'ish, ya’ni boj olish hamda harbiy maqsad uchun aholi
sonini aniqlash bo'lgan. Shuning uchun ham bu aholi ro'yxatlarida faqat erkaklar
ro'yxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy oTni yuqori bo'lgan,
soliq to'lashda faqat erkaklar, ya’ni oila boshliqlari ishtirok etgan.
Eng qadimgi aholi ro‘yxati eramizdan oldingi VI asrda (510 yilda) Rimda
imperator Servi Tull davrida o'tkazilgan. Mazkur aholi ro'yxatida
oila boshliqlari
o'zi, oila a’zolari va mol-mulklari haqida ma’lumot bergan.
Aholi ro'yxati nafaqat aholi soni va uning demografik jihatlari (aholining yosh-
jinsiy tarkibi, oilalar tarkibi), balki uning ijtimoiy- iqtisodiy ko'rsatkichlari, ya’ni
aholining ma’lumotlilik darajasi, ish bilan bandligi, yashash uchun mablag' topish
manbalariga doir ma’lumotlarni ham beradi. Aholi ro'yxati dasturiga hozirgi
zamonda davlat boshqaruvi uchun muhim bo'lgan savollarni ham kiritish mumkin.
Masalan, ish bilan bandlik va ishsizlik, aholining turmush sharoitlari, nogironlik va
boshqalar.
Aholini ro'yxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
•
ro'yxatga olish orasidagi davrda aholida yuz bergan o'zgarishlar haqidagi
axborotga ega bo'lish hamda shu asosda hududlar bo'yicha aholi soni va tarkibiga
baho berish;
•
istiqboldagi hisob-kitoblar uchun zamin tayyorlash;
•
mamlakat aholisining lahzali holatiga ega bo'lish.
Aholi ro'yxati natijalaridan nafaqat aholi soni va tarkibining istiqboldagi
baholari
va prognozlarini tuzishda, balki ro'yxatga olish davrlari o'rtasidagi aholi
soniga doir hisob-kitoblarni amalga oshirishda ham foydalaniladi.
Aholini ro'yxatga olish davrida barcha ma’lumotlar ma’lum vaqt, ya’ni
ro'yxatga olishning aniq vaqti uchun jamlanadi. Bu aniq bir kun, soat bo'lib, barcha
jamlangan axborotni taqqoslash uchun shu vaqtga nisbatan olinadi. Shu vaqtga
qadar o'lganlar va undan keyin tug'ilganlar ro'yxatda qayd etilmaydi, ro'yxat
varaqasiga kiritilmaydi hamda aholi ro'yxatiga qo'shilmaydi.
Shu sababdan
ko'pchilik hollarda aholi ro'yxatini bir zumda tayyor bo'ladigan fotosurat bilan
taqqoslaydilar. Odatda, aholini ro'yxatdan o'tkazish uchun aholi nisbatan kam