4 - LABORATORIYA ISHI
IDISHDAGI SUYUQLIK SATHINI BARQARORLASH SISTEMASINING O‘TISH
XARAKTERISTIKASINI OLISH
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: Avtomatik barqarorlash sistemasining tuzilishi va
ishlashini o‘rganish, o‘tish xarakteristikasini olish.
QO‘LLANILADIGAN JIHOZLAR: Ichki yonuv dvigateli karbyuratoridagi qalqovichli
kameraning ishlash prinsipida ishlaydigan suv sathini avtomatik rostlash laboratoriya qurilmasi,
sekundomer.
UMUMIY MA’LUMOTLAR
Boshqarilayotgan kattalikning o‘zgarishiga, ya’ni ishlash algoritmiga ko‘ra avtomatik
sistemalar barqarorlovchi,
dasturli, kuzatuvchi (taqlidiy) va o‘zi moslashuvchi sistemalarga
bo‘linadi.
Vaqt mobaynida topshiriiq signali o‘zgarmaydigan sistema barqarorlovchi
sistema
deyiladi.
Vaqt mobaynida topshiriiq signali ixtiyoriy o‘zgaradigan sistema kuzatuvchi sistema
deyiladi.
Vaqt mobaynida topshiriiq signali aniq bir qonuniyat asosida o‘zgaradigan sistema
pragrommali boshqarish sistemasi deyiladi.
Barqarorlovchi sistemalar boshqarilayotgan kattalikning talab qilinayotgan (belgilangan)
qiymatini berilgan aniqlikda rostlab turush uchun xizmat qiladi.
Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan jismlar bilan
to‘ldirilish balandligiga aytiladi.
Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanib, u haqdagi axborot texnologik
apparatning ish
rejimini nazorat qilish uchun, ayrim hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini
boshqarish uchun zarur hisoblanadi. Sath o‘lchash vositalari
sath o‘lchagichlar deb ataladi.
Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o‘lchash moddaning idishdagi miqdorini
aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish
uskunasida sath holatini
nazorat qilishdan iborat.
Bu asboblar bilan idishdagi suyuqlik sathi o‘lchanadi. Asbobning
sezgir elementa — qalqovich suyuqlik sirtida qalqib turadi (rasmda) va
suyuqlik sathi balandligidagi o‘rni unga ta’sir qiladigan kuchlar
muvozanatiga bog‘liq bo‘ladi. Arximed qonuniga muvofiq, qalqovich
og‘irligi uning suyuqlikka botgan hajmidagi suyuqlik og‘irligiga teng
bo‘ladi. Undan tashqari, qalqovichni o‘rab olgan suyuqlik ustidagi muhit
havo bo‘lmay, zichligi ρ
0
ga teng bo‘lgan modda bo‘lsa, unda qalqovich
hajmidagi bu modda og‘irligi ham qalqovichni pastga bosadi, uning
suyuqlikka botishini oshiradi.
x
S
g
g
Sh
x
F
)
(
)
(
0
0
const
g
S
=
G
x
Suyuqlik sathini masofadan o‘lchash uchun kuch kompensatsiyasi prinsipiga asoslangan,
o‘zgarmas tokning 0 —5 va 0 —20 mA unifikatsiyalangan chiqish signaliga (UB-E tipli) yoki 20
— 100 kPa havo bosimi mo‘ljallangan (UB-P tipli) qalqovichli sath o‘lchagichlarini qo‘llaniladi
va qalqovichli sath o‘lchagichlarining sath o‘lchami diapazoni ushbu qatordan tanlanadi: 0 —
0,25; 0,4; 0,6; 1,0; 1,6; 2,5; 4,0; 6,0; 10,0; 16,0 va 20 m. Aniqlik klassi 0,6; 1,0; 1,6 va 2,5
bo‘lishi mumkin. Hisob-kitob operatsiyalari uchun sath o‘lchagichlari asosiy xatoliklari ± 1,0
dan 10,0 mm gacha (GOST 13702 — 78) bo‘ladigan qilib tayyorlanadi.
Agressiv suyuqliklar sathini o‘lchashda qalqovich korroziyabardosh materialdan
tayyorlanadi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlardan katta zichlikka ega bo‘lgan (azot, neon va b.)
suyuqlashtirilgan gaz sathini o‘lchashda ham, 32 MPa bosimda va 400°S gacha bo‘lgan
temperaturada muhitni nazorat qilishda ham foydalaniladi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlar ma’lum afzalliklarga ega: qurilma sodda, o‘lchash
diapazoni katta, aniqligi etarlicha katta, agressiv va qovushoq muhitlar sathini o‘lchash mumkin,
o‘lchashning temperatura diapazoni keng. Ularni qo‘llanishni chegaralovchi kamchiliklari:
idishda qalqovich borligi, metall ko‘p ketishi, kinematik qismlari borligi sababli etarli
mustahkam emasligi, idishlarda bosim ostida sathni o‘lchash qiyinchiliklari.
4.1-rasmda qalqovichli idishdagi suyqlik sathini barqarorlovchi sistemaning prinsipial
sxemasi ko‘rsatilgan bo‘lib, u elektrodvigatel 1, suv nasosi 2, rezina naychalar bilan o‘zaro
bog’langan ikkita chap 3 va o‘ng 4 suyuqlik solingan idishlar, qalqovich 5 va kontakt 6 dan
iborat. Qalqovich richag orqali ulovchi kontaktlarga ta’sir qiladi. Buning natijasida suv nasosi 2
ishga tushib chap idishdan suv o‘ng idishga naycha orqali o‘ta boshlaydi. O‘ng idishga suv
sathini ko‘rsatib turuvchi shkala o‘rnatilgan. Idishdagi suv sathining o‘zgarishi tufayli qalqovich
pastga yoki yuqoriga harakat qilib nasosni yurituvsi elektrodvigatelning
ishlashini kontaktlarni
ulash yoki uzish yo‘li bilan boshqarib turadi. Nasos ishlamay turganda o‘ng idish chap
tomondagiga nisbatan yuqoriroq joylashganligi sababli suv o‘ng idishdan naycha orqali chap
idishga oqib o‘ta boshlaydi va o‘ng idishdagi suv sathi pasaya boshlaydi. Qalqovich ham pastga
tushib, richag orqali elektr yuritmani manbaga ulaydi. Nasos yana ishga tushib jarayon
qaytariladi. Buning natijasida idishdagi suyuqlikning oldindan
belgilangan sathi barqaror
saqlanib turiladi.
6.1-rasm. Idishdagi suyqlik sathini barqarorlovchi laboratoriya
qurilmasining sxemasi
ISHNI BAJARISH TARTIBI
1. Laboratoriya qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishib chiqiladi.
2. Chap tomondagi idishning yarmidan ko‘prog’i suv bilan to‘ldiriladi. Ta’minlash simini
12 V kuchlanishli o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi.
3. Barqarorlovchi avtomatik rostlash sistemasi (ARS) ning o‘tish xarakteristikasi olinadi.
Buning uchun ta’minlash simini 12 V kuchlanishli o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi. Bunda suv
nasos yordamida chap idishdan o‘ng idishga o‘tkazila boshlaydi. O‘ng idishdagi suv sathi
belgilangan qiymatga yetganda qalqovich yuqori tomon surilib nasosning
elektr yuritmasini
o‘chiradi - elektr manbaidan uzadi. Ana shu vaqt davomida, ya’ni, elektr yuritma ishga tushib, to
manbadan uzilguncha o‘tgan vaqt mobaynida ma’lum teng vaqt, masalan, har 3 sekund
oralig’idagi sathning shkala orqali aniqlangan qiymatlari 4.1-jadvalga yoziladi.
4. Kamida 3 takror o‘tkazilgan tajriba natijalarining o‘rtacha qiymatlari asosida sath
rostlash jarayonining o‘tish egri chizig’i quriladi.
6.1-jadval
TAJRIBA
NATIJALARI JADVALI
t,s
3
6
9
H,mm
5
6
7
t,s
4
7
10
H,mm
6
7
8
t,s
5
8
11
H,mm
7
8
9
t
o‘rt
6
7
8
H
o‘rt
6
7
8
4.2-rasm. Barqarorlash sistemasining o‘tish jarayoni grafigi
BAJARILGAN ISH BO‘YICHA HISOBOT MAZMUNI
1. Laboratoriya sxemasi va u haqida qisqacha ma’lumot.
2. Tajriba natijalari jadvali va o‘tish jarayoni xarakteristikasi.
3. Barqarorlash sistemasining sifat ko‘rsatkichlari.
4. Xulosa.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Avtomatik rostlash sistemalari ishlash algoritmiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
2. Barqarorlash sistemasi deb qanday sistemaga aytiladi?
3. Programmali boshqarish sistemasi deb qanday sistemaga aytiladi?
4. Kuzatuvchi sistema deb qanday sistemaga aytiladi?