“paxta ishi” deb atalgan siyosiy
qatag‘onlar boshlandi. Keyinchalik bu
qatag‘on hatto O‘zbekiston SSRning
o‘sha paytdagi sobiq va birinchi
rahbarlarini ham chetlab o‘tmadi SSSR
Bosh prokurori huzurida alohida
muhim ishlar
bo‘yicha
maxsus
tergovchilar
guruhi tuzildi
“Paxta ishi” sud majlisi
• maxsus tergov guruhlarining asosiylaridan biri T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov
rahbarligida 1983-yil aprelda tuzilgan edi. Ular keyinchalik Markazdan
respublikaga kelgan “desantchilar”ga tayanib, O‘zbekistonda navbatdagi
qatag‘onni amalga oshirdi.
• 1983 – 1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va
RSFSRning boshqa shaharlaridan 1000 nafarga yaqin “desantchi” O‘zbeki-
stonning partiya, sovet, ma’muriy-xo‘jalik organlariga yuqori rahbarlik la-
vozimlariga ishga yuborilgan edi. O‘sha paytda “desantchilar” va 3000 na-
fardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika huquq-tartibot
organlarining ko‘plab xodimlari katta yordam bergan.
• 1985 – 1990-yillarda O‘zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo‘yicha jami
40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror
sanksiyasisiz o‘tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy
javobgarlikka tortildi.
Paxta ishining o‘zbeklar ishiga
aylantirilishi va mohiyati
• Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o‘zbek xalqi badnom
etilib, paxta ishi- ga ataylab siyosiy tus berildi va u “o‘zbeklar ishi”ga
aylantirildi. Bu siyosiy kompaniyani O‘zbekistonning o‘sha paytdagi
rahbarlari qo‘llab-quvvatlashdi.
• Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O‘zbekistonning
par- tiya va hokimiyat tizimida asosiy o‘rinlarni egallab, o‘zbek xalqiga
qarshi qatag‘onni avj oldirdilar. Qatag‘on qilichi eng avvalo
O‘zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga
qarshi ko‘tarildi. “Sharof Rashi- dovchilik” degan sun’iy ibora o‘ylab
topilib, undan Sh.Rashidovni o‘limidan so‘ng badnom qilish va
shuhratini yerga urishda foydalanildi.
• Xullas, sovet rejimining paxta ishi oqibatida O‘zbekistonda minglab kishilar
nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo‘jaligi sohalarida qo‘shib yozish, poraxo‘rlik
va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSRning deyarli barcha hududlarida
yuz bergan bo‘lsa ham “tajriba maydoni” sifatida O‘zbekiston tanlandi ham-
da jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko‘plab odamlar aybsiz jazoga
tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag‘on qilichi bu bilan cheklanmasdan
paxta ishini o‘zbeklar ishiga aylantirishga urindi. Qatag‘on siyosatini amalga
oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari O‘zbekistonning o‘sha
paytdagi siyosiy rahbariyati, xalqimiz orasidan chiqqan hamda tergovchilar
bilan hamkorlik qilgan va ularning g‘arazli ishlariga ko‘maklashgan ayrim
qo‘rqoq va xoinlar ham faollik ko‘rsatdi. Bu – tarixning achchiq haqiqati
Atamalar izohi:
• Dostları ilə paylaş: |