Hojiqulov Sh 2 1



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix19.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#117947
ZDPP1833



148 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
AMİR UMARXON DAVRİDA QO’QON ADABİY MUHİTİ RİVOJİ
Umirova Dilshoda Husniddin qizi
1
, Hojiqulov Sh
2


O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili
2-fakulteti 3- kurs talabasi, 

Ilmiy rahbar
https://doi.org/10.5281/zenodo.6726206 
Аnnоtаtsiyа: O’zbek xonliklaridan biri bo’lgan Qo’qonga XVIII- XIX asrlarda 
ming urug’idan bo’lgan Shohruxbiy 1709-yilda asos solgan va Qo’qon, 
Namangan, Marg’ilon, Konibodom va Isfara hududlaridagi qishloqlarni o’z 
ichiga olgan bu muhitda Amir Umarxon homiyligida o’z zamonasiga mos adabiy 
muhit tashkil etildi. Maqolada ushbu adabiy muhitning batafsil tafsiloti, shoir va 
shoiralarga yaratib berilgan shart-sharoitlar, ularning asarlari yoritib berilgan. 
Kаlit sо‘zlаr: Adabiy muhit, adabiyotshunoslar, hattotlik, tazkira, devon, 
madrasa, litografil usul, bayoz, muxammas, aruz, murabba 
Qo’qon xonligidagi Qo’qon, Urganch, Marg’ilon, Andijon, Namangan 
shaharlarida madaniyat va hunarmandchilik, savdo-sotiq markazlari bo’lgan. 
Masalan, Qo’qonda 40 ta madrasa, 120 ta maktab, Marg’ilonda 10 ta madrasa, 
80 ta maktab bo’lgan.[ ] Xassos shoir va davlat arbobi Amir Umarxon (1810-
1822)ning tashabbusi va homiyligi bilan uning rafiqasi, el tanigan shoira 
Nodirabegim ko’magi bilan bu davrda Qo’qon adabiy muhiti yaratildi.Ularning 
tinimsiz harakati tufayli saroyda eng iste’dodli shoirlar, tarixchilar, 
adabiyotshunoslar to’plandi. Ulardan Maxmur, Gulxaniy, Yoriy, Mushrif, 
Nizomiy, Zoriy, Zavqiy va shu muhitning eng ilg’or ijodkorlaridan bo’lmish 
Dilshod, Uvaysiy va Nodiralar ancha samarali va barakali ijod qilishgan. Qo’qon 
adabiy muhitini shakllanishiga eng katta sabablardan biri Amir Umarxonning 
ham ’Amiriy’ taxallusi bilan ijod qilishi va rafiqasi Nodirabegimning ham 
adabiyotga, she’riyatga oshnoligi edi, shu sababli bu adabiy muhit ta’sirida 
ko’plab asarlar yaratildi va ularga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: 
Fazliy Namangoniyning ’Majmuat ush-shuaro’, Qori Raxmatullo Vozexning 
’Tuxmat ul axbob fi tazkirat ul-ashob’ tazkiralari o’z davrining eng sara asarlari 
hisoblanadi va bu asarlarda 200 nafar shoir va olim ijodiga to’xtalib o’tiladi. 
Yana bir qiziq jihat shuki, shu adabiy muhitni Amir Umarxonni o’zi boshqargan, 
o’zi ham shoirlar davrasida ijod qilgan va barcha hattot, musiqa bilimdonlari, 
adiblarga homiylik qilgan. Uning davrida ko’plab masjid va madrasalardagi 
kitoblar iste’dodli hattotlar tomonidan ko’chirilgan va ma’naviy me’roslarga
katta e’tibor qaratilgan. Amir Umarxon o’zbek va fors tillarida g’azal yozgan, 
Lutfiy, Jomiy, Navoiy ,Fuzuliy , Bedilni o’ziga ustoz deb bilgan, ularning ijod 
sirlarini o’rgangan, ularga ergashib , g’azallariga muxammaslar bog’lagan , 
1881-yilda Amir Umarxonning g’azallari bir yaxlit devon holiga keltirilib 


149 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
Istanbulda, 1905-yilda esa Toshkentda chop etilgan. O’zbekiston Fanlar 
akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyining matnshunoslik va 
yozma yodgorliklarni nashr etish bo’limining ilmiy xodimlari tomonidan 
Umarxonning turli davrlarda ko’chirilgan 26 ta qo’lyozma hisobga olinib, 
ularning ilmiy tavsifi berilgan. Bu qo’lyozmalar Sankt- Peterburg, Toshkent, 
Samarqand va Buxoro kutubxonalarida saqlanadi. O’zbekiston Fanlar 
akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida Umarxonning 17 ta 
qo’lyozma devoni mavjud bo’lib, bundan tashqari litografik usulda chop etilgan 
devonlari va shoir she’rlaridan namunalar berilgan bayozlar bor.[ ] 
Qo’qon xonligida ta’lim jarayoni sifatli bo’lgani sababli ijod gullab yashnagan, 
chunki maktablarda o’qish, yozish, arifmetika va adabiyot puxta o’rgatilgan. 
Qorixonalarda esa asosan ko’zi ojizlar o’qitilar va ular Qur’on,doston va she’r-
u g’azallarni yodlar edilar. Maktabda qizlar va o’g’il bolalar alohida o’qishgan. 
Qo’qon adabiy muhiti namoyondalaridan mashhur shoira Dilshod ham maktab 
ochgan va maktabdorlik faoliyatini shunday ta’riflagan: ’ Mening 
suhbatdoshlarim va dugonalarim aqlli qizlar va iste’dodli shoiralar edi. Ellik bir 
yil davomida men maktabdorlik qildim va yiliga o’rtacha 20tadan 30tacha 
o’quvchilarim bo’lib, o’quchilarim bo’lib, sakkiz yuz to’qsonta qizlarning 
savodini chiqardim, bulardan deyarli chorak qismi she’riyatga qobiliyatli bo’lib, 
shoira va o’z davrining aqlli va dono odamlari edi’. 
Bundan tashqari yana bir ijodkor Qo’qon adabiy muhiti vakili Maxmur edi . U
XVIII asr oxirida tug’ilib, 1844-yili vafot etgan. Qo’qondagi Madrasai Mirda 
o’qigan, keyin Amir Umarxon qo’shinida sipohiylik qilgan. U o’zi she’rlar 
yozgan va o’z she’rlarida poraxo’r, xalqqa azob-zahmat yetkazadigan 
amaldorlarni hajv qilgan. O’zining ’ Xapalak’, ’Ta’rifi viloyati kurama’ kabi 
she’rlarida mamlakatning vayrona holatini va xalqning ayanchli qismatini 
tasvirlagan va Fazliy Namangoniy tuzgan ’ Majmuat ush-shuaro ’ tazkirasida bir 
necha bor hurmat bilan tilga olingan. Maxmur Qo’qon adabiy muhiti vakili 
sifatida Amir Umarxon nomiga she’riy ariza ham yozgan va o’zining nochor 
iqtisodiy ahvolini quvonch ila ta’riflab shu misralarni yozadi: 
Kechalar yotgani na ko’shim bor, 
Kunduzi ichgani na no’shim bor. 
Bir hovuch na uyimda g’allam bor, 
Ikki gaz na boshimda sallam bor. 
Boshimda gaz desamki, sallam yo’q, 
Salla desam uyimda g’allam yo’q![ ] 
Qo’qon adabiy muhitida amalga oshirilgan eng muhim ishlardan biri xalq 
og’zaki ijod namunalarini o’zlashtirish, jamlash borasida ham samarali ishlar 


150 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
olib borilgan. Bu jarayonda ikki tilda ijod qilgan, aruzni, muammo (she’rda fikrni 
yashirin ifodalash) san’atini mukammal egallagan Uvaysiy, mumtoz
she’riyatning hamma janrlarida birday ijod qilgan, mashhur shoira Dilshod 
(1800-1905) tomonidan ’ilm-adab va nazm osmonining yulduzi, ushshoqlari 
g’azalxoni, shakar sochuvchi bulbul’[ ] deb ta’riflangan Nodirabegim ishtirok 
etganlar va ularning ijod mahorati va qilayotgan ezgu ishlari yosh ijodkorlarga 
haqiqiy mahorat maktabi bo’lgan, negaki Qo’qon adabiy muhitini Nodirabegi 
ijodisiz tasavvur etish qiyin, chunki u o’zbek va fors-tojik tillarida jami 10 ming 
misraga yaqin lirik meros sohibasi, (’Nodira’ taxallusi bilan 180 ta she’r, 
’Maknuna’ taxallusi bilan 333 ta g’azaldan iborat devoni ham mavjud) , bundan 
tashqari Nodirabegim muhabbat, sadoqat, vafo kuychisidir. U go’zallik va 
sadoqatni, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari ohu fig’onlarini kuyladi. U
muhabbat Alloh tomonidan insonlar qalbiga solingan mangu yog’du ekanligini 
kuyladi: 
Muhabbatsiz kishi odam emaadur, 
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et! 
Nodirabegim muhabbatni shaxsiy tuyg’ulardan yuqoriroq ko’tarib, odamiylik 
idrok etishga chorlaydi. Nodira insonning eng yuksak fazilati sifatida vafodorlikni 
tanlaydi va fors-tojik tilida mebosh (vafo) radifli g’azal ham yozgan. 
Nodiraning o’zbekcha va forsiycha-tojikcha g’azallari aruzning turli 
vaznlarida 5,7,9,13 hatto 18 baytli hajmda ham yaratilgan. Shoiraning 
g’azallarining asosiysi 7 va 9 baytli. Nodira mumtoz adabiyotni qunt bilan 
o’rgangan va Navoiy, Fuzuliy, Bedil g’azallariga muxammaslar bog’lagan. 
Nodira asosan g’azallarida ’mukarrar’ (sozlarning takrorlanib kelishi) va ’ 
qo’sh mukarrar’ usullaridan foydalangan. Asarlarida asosan intoq, tashxis, 
majoz, tadrij,istiora, tazod, talmeh kabi badiiy vositalardan mahorat bilan 
foydalangan.
Nodira fors-tojik tilida ham go’zal, ta’sirchan she’rlar yozgan va mazmun-
mohiyati jihatidan o’zbek tilidagi g’azallaridek yuqori baholangan. 
Amir Umarxon Marg’ilonga hokim etib tayinlangach, Nodiraga uylanadi va 
Nodirabegim bu davrda Uvaysiy bilan tanishib qoladi. Jahon otin Uvaysiy 
kanizaklarni, yosh bolalarni o’qitish uchun saroyga taklif etiladi .Qo’qondagi 
adabiy jarayonga o’z hissasini qo’shgan Uvaysiy mumtoz o’zbek 
she’riyatining barcha janrlarida ijod qilgan, 4 ta devon tuzgan, lekin bu 
devonlarning asl qo’lyozmalari topilmagan. Uvaysiy boshqa shoiralar kabi
Navoiy, Fuzuliy va boshqalarning asarlariga muxammas bog’lagan. Shoiraning 
adabiy merosini 269 ta g’azal, 29 ta muxammas, 55 ta musaddas,1 murabba, 
chiston, 3 doston, tugallanmagan manzuma tashkil etadi. Uvaysiy hayotlik 


151 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
davridayoq nafis lirikasi bilan mashhur bo’lgan va zamondoshlarini 
e’tiboriboriga tushgan. Lirik she’rlaridan tashqari , uning ’ Shahzoda Hasan’, 
’Shahzoda Husan’ liro epik asarlari va ’Vaqeoti Muhammad Alixon’ kabi 
tarixiy dostonlari mavjud. Uyvaysiyning 15 ming misraga yaqin asarlari mavjud, 
uning bir devoni O’RFAShlida saqlanadi. Uvaysiy ijodini o’rganish 30-yillarda 
boshlangan ,uning ijod yo’li A.Qayumov, T.Jalolov, I.Haqqulov, E.Ibrohimov va 
boshqalar tomonidan o’rganilib kelinmoqda. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Qo’qon adabiy muhiti Amir Umarxon 
davrida gullab-yashnagan va mislsiz ma’naviy boyliklar saqlab qolingan, 
hattotlar tomonidan ko’chirilgan, eng yorqin iste’dod vakillari tomonidan 
adabiyotimiz, tariximiz uchun qimmatli manbalar, ijod namunalari yaratilgan. Bu 
adabiy muhit Amiriy va Nodira tomonidan qo’llab-quvvatlangan va bugungi 
kundagi kutubxonalardagi, muzeylardagi eng nodir asarlar ham aynan o’sha 
davrdagi Amir Umarxonning olib borgan islohoti, ijod ahliga homiyligi natijasida 
yuzaga kelgan. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 
1. https://uz.denemetr.com 
2. https://tafakkur.net 
3. https://saviya.uz 
4. https://ma’naviyat.net 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin