Research and education issn: 181-3191 volume


RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022



Yüklə 381,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix20.05.2023
ölçüsü381,26 Kb.
#118230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
229-239

RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022
 
 
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal June, 2022 
236
 
Moliyaviy salohiyat mamlakatning moliyaviy imkoniyatlari, iste’mol va 
jamg‘armaning nisbati, bank sohasida pul-kredit va deposit siyosati, tashqi qarzlar 
holati, ichki zahiralar va boshqalarni xarakterlaydi. 
Institutsional salohiyat bozor iqtisodiyotining yetakchi institutlarining 
rivojlanganlik darajasi bilan bog‘liq boʻlib, menejment, tashkiliy struktura
rejalashtirish, xodimlarni boshqarish, moliya, moddiy texnik ta’minot kabi sohalarni 
hamda hukumat va tarmoq strukturalari, ya’ni vazirliklar, idoralar, banklar, tadqiqot 
muassasalari qamrab oladi. 
Turizm salohiyati bu ma’lum bir sohada turistik faoliyatni tashkil etish uchun 
tabiiy, tarixiy va ma’daniy yodgorliklar va tadbirlar, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va 
texnologik shartlar yig‘indisidir. 
Investitsiya jarayoni katta mablag‘larni talab qilgani va uzoq muddatli boʻlgani 
sababli, ushbu jarayonda yuzaga kelib qolishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlarni, risklarni 
va noaniqliklarni hisobga olish zarur.
Xulosa qilib aytganda, investitsion muhit – investitsiya munosabatlarini amalga 
oshirish mumkin boʻlgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuini aks ettiruvchi 
voqe’likdir. Aniqrog‘i, investitsiya muhiti deganda banklar va jismoniy shaxslarning 
investitsiya kiritish va qarz berish salohiyatiga ta’sir qiladigan mamlakatdagi iqtisodiy, 
moliyaviy va ijtimoiy-siyosiy sharoitlar tushuniladi. Investitsion muhit obyekt 
kategoriyasi boʻlib, har bir alohida olingan vaqt doirasida investorlar uchun haqiqatda 
mavjud boʻlgan shart-sharoitlar majmuasini aks ettiradi. Lekin hozirgi sharoitda 
investitsion muhit faqat davlat organlarining ta’siri ostida shakllanmoqda. Albatta, bu 
ishlarni amalga oshirishda jahon tajribasidan, jumladan, xorijiy investitsiya bilan 
tashkil etilib, yuksak iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishgan kompaniya va firmalar 
tajribasidan kengroq foydalanish kerak. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy 
xususiyatlarni ham hisobga olish lozim. 
Investitsiyalarni jalb etish orqali sanoatni, yangi zamonaviy texnologiyalar bilan 
qishloq xoʻjaligida qayta ishlovchi sanoat majmuini va boshqa sohalarda tub 
oʻzgarishlar yasash mumkin. Shunday ijobiy ishlarni amalga oshirish uchun 
investorlarga qulay boʻlgan investitsion muhitni yaratib berish kerak. Investitsion 
muhit iqtisodiyotda yangi tushuncha emas. Bir qator rivojlangan davlatlar bu jarayonni 
ijobiy tarzda amalga oshirgan. Investitsion muhitning ahamiyati, amaliy jihatdan, qaysi 
boyliklar va yoʻnalishlar tizimi asosida xorijiy investorlar faoliyat yuritishlari 
toʻg‘risida tushuncha beradi va shuning negizida xorijlik investorlarga nisbatan qanday 
munosabatda boʻlishni ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi. 

Yüklə 381,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin