38
asarlarida, merkantilizm elementlari bilan bir qatorda iqtisodiy munosabatlarning
Yangi g`oyalari ham shakllana bordi.
Predmet va uslub. Merkantilistlardan farqli o`laroq U.Petti o`z
tadqiqot
predmeti sifati ishlab chiqarish jarayonini tanladi. Asarlarining mazkur jihati
iqtisodiyot tabiiy qonuniyatlariga nisbatan metodologik xususiyatlar apellyatsiyasi
bo`ldi.
Asosiy nazariy yondashuvlar
Boylik. Pettining fikricha, boylik moddiy
ishlab chiqarish sohasida
yaratiladi, savdogarlar hech qanday mahsulot ishlab chiqarishmaydi, ular faqatgina
siyosiy tana uchun (davlat uchun) ozuqaviy moddalari va qonini tarqatuvchi
tomirlar rolini o`ynashadi. Bunday mahsulot bo`lib, faqat qishloq xo`jaligi va
sanoatda ishlab chiqarilgan tovarlar hisoblanadi.
Kapital. Petti kapitalni mamlakat boyligi deb hisoblamagan, uning fikricha,
ularni to`plash emas, xarakatga keltirish lozim, Chunki mamlakatdan pul
chiqarilishini ta`qiqlovchi
qonunchilik, tabiat qonuniyatlariga zid bo`lib, uning
amalga oshirilishi mumkin emas. Aynan Petti tomonidan mamlakat uchun zarur
bo`lgan pul massasi tushunchasi kiritilib, kapitalning
asosiy vazifasi sifatida
aylanish deb ta`kidlagan.
Narx va tannarx. Aynan Petti ilk marotaba bozor narxi va tannarxni ajratib, ularni
“siyosiy narx” va “tabiiy narx” deb atay boshladi. Uning fikricha tovar narxi uning
tannarxidan kelib chiqib, belgilanadi, tannarx esa faqatgina ishlab chiqarish
xarajatlari asosida belgilanishi mumkin. Masalan, bir qop bug`doy,
bir untsiya
kumushga teng ekanligini hisobga olgan holda, u kumushni bug`doy uchun tabiiy
narx deb ataydi, Chunki , bir untsiya kumush ishlab chiqarish uchun, bir qop
bug`doy ishlab chiqarilishi uchun sarflangan
hajmdagi mehnat sarflanadi, agarda
kumush ishlab chiqarilishi ikki barobarga oshadigan bo`lsa, uning narxi ikki
barobarga tushadi, ammo bug`doyning kumushda belgilanadigan narxi, Shu
darajada ikki barobar qimmatlashadi.
U.Petti ishlab chiqarishning ikki asosiy omilini ya`ni
mehnat va er omilini
ajratadi. Uning fikricha, kema tannarxi va ustki kiyim, syurtuk tannarxi mo„ayyan
miqdordagi er, mazkur erda sarflanishi lozim bo`lgan mehnat hajmiga teng bo`lishi
lozim, Chunki kema ham, ustki kiyim ham insonning erga sarflangan mehnatidan
olingan mahsulotdir. Bu fikri bilan U.Petti “mehnat boylik otasi, er esa boylikning
onasi” deb hisoblagan.
Dostları ilə paylaş: