Ta’lim turlari va ularning amalga oshirilish mexanizmlari xudayberdiyeva Dilafruz Abidovna



Yüklə 380,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix21.05.2023
ölçüsü380,44 Kb.
#118479
  1   2   3   4
Xudayberdiyeva Dilafruz Abidovna



TA’LIM TURLARI VA ULARNING AMALGA OSHIRILISH 
MEXANIZMLARI 
 
Xudayberdiyeva Dilafruz Abidovna
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti katta o’qituvchisi, 
Xamroyev Jamshid Abduqodir o’g’li talaba 
 
Mamlakatimizda ta’lim jarayonining uzluksizligi va unda uzviylikni to’liq 
ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasining amaldagi “Ta’lim 
to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq ta’limning bir qator turlari qamrab olingan. 
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat: 
-maktabgacha ta’lim va tarbiya; 
-umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; 
-professional ta’lim; 
-oliy ta’lim; 
-oliy ta’limdan keyingi ta’lim; 
-kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 
-maktabdan tashqari ta’lim. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni 
intellektual, 
ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan 
rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga 
qaratilgan ta’lim turidir. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan 
bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda 
tutadi. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi O’zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va 
tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilanadi. 
Mamlakatimiz ta’lim tizimida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim 
umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni 
o‘zlashtirishga qaratilgan. 


1-rasm.Umumiy o’rta ta’lim bosqichlari
1

 
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti 
yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom 
ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar 
asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, 
malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va 
tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi. 
Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda 
kasblar bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni 
professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga 
oshiriladi.
O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur 
bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi 
turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar 
egallanishini ta’minlaydi. 
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek ta’lim 
oluvchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi 
qonun hujjatlarida belgilanadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, 
majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi.
1
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son, 9-
modda) asosida mualliflar tomonidan tayyorlandi.
Umumiy o‘rta 
ta’lim (I — XI 
sinflar) bosqichlari 
quyidagilardan 
iborat:
-boshlang‘ich 
ta’lim (I — IV 
sinflar);
-tayanch o‘rta 
ta’lim (V — IX 
sinflar);
-o‘rta ta’lim (X —
XI sinflar).


O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda to‘qqiz yillik tayanch o‘rta 
ta’lim asosida ikki yil mobaynida amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning 
intellektual qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, shuningdek chuqur, 
tabaqalashtirilgan, kasb-xunarga va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim olishini 
ta’minlaydi. 
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim 
to‘lov-shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. 
Iqtidorli va iste’dodli bolalarning qobiliyatini rivojlantirish uchun 
Prezident, ijod va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab-
internatlar tashkil etilishi mumkin. 
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, 
shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim 
tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim 
oladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) ta’lim 
oluvchilar soni o‘ttiz besh nafardan oshmasligi kerak. 

Yüklə 380,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin