Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

 
Genetik usullar 
Genetik metodlar uzoq vaqt davomida shaxs kasbiy rivojlanishining 
o‘zgarishlarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan. Kasb psixologiyada longityud 
metod, psixobiografiya, individning kasbiy shaklanishini monografik tasvirlash 
usullaridan keng foydalaniladi. Longityud metod - bir xil yoshdagi 
sinaluvchilarning ularni rivojlanishi jarayonini ko‘p marotabali tizimli ravishda 
o‘rganishdan iborat. Longityud metodi insonlardagi turli xususiyat va sifatlarni 
o‘rganish maqsadida yillar davomida o‘tkaziladi. Longityud metodi 
psixologiyada XX asrning 20-yillarida shakllana boshladi va asosan psixik 
genezisi va bolalar, yoshlar psixik pragnozini ilmiy jihatdan asoslab berish 
uchun qo‘llanilgan. Keyingi yillarda (20-30 yil davomida o‘tkazilgan) davomli 


longityud tadqiqotlari jarayonida dearli qo‘llanilmagan. Longityud metod bir 
vaqtning o‘zida boshqa metodlarni qo‘llanilishini ham nazarda tutadi. Jumladan, 
kuzatish, savol-javoblar, test, psixografiya, praksimmetriya va hokazo. 
Longityud metodi yordamida olingan natijalar shaxsning yoshiga, ish stajiga
tadqiqot o‘tkazilgandagi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlariga hamda kasbiy faoliyat 
turiga bog‘liq bo‘ladi. Longityud metodini kasb psixologiyasida qo‘llash orqali 
shaxs kasbiy shakllanishining individual o‘zgarishlarini o‘rganish imkonini 
beradi shuningdek, kasbiy faoliyatda rivojlanish, obro‘-e‘tibor qozonishning 
yo‘l-yo‘riq va vositalarini aniqlash imkonini beradi. Longityudni qo‘llashdagi 
qiyinchiliklardan biri sinovda ishtirok etayotganlarni tanlash hamda ularning 
sonining ko‘pligi va kamligida bilinadi. Keyingi muammo o‘lchovlar o‘rtasidagi 
oraliq masofalar hisoblanadi. Bu metod orqali insonlarda tadqiqotlar gohida bir 
yil ayrim vaqtlarda esa undan ham uzoq vaqtlar oralig‘ida o‘tkazilgan. 
Shaxsning kasbiy shakllanishini o‘rganishda tadqiqot intervali sifatida kasbiy 
rivojlanish fazalari va bosqichlarini ajratib olish mumkin. Longityud metodidagi 
muammolardan biri uning davriyligini belgilash bo‘lib, bunda u 5-yildan 50 
yilgacha davom etishi mumkin. Klassik longityud sifatida 1928 yildan bugungi 
kungacha davom etib kelayotgan Kaliforniya longityudini misol sifatida keltirish 
mumkin. Longityud metodning kamchiligi uning davriyligidadir. Shaxsiy va 
kasbiy o‘zgarishlar tasodifiy yoki drammatik voqealarga bog‘liq bo‘lishi 
mumkin. Yillar davomida tekshiriluvchilar sonining qisqarishi, o‘rganilayotgan 
jarayonlarning mazmun mohiyati kengayib boradi. Longityud metodining 
qo‘llanilishini chegaralovchi omillardan biri shaxsni o‘rganish uchun ko‘p 
vaqtni ketishidir. Longityud metodining kamchiliklarini boshqa psixobiografik 
usullarni qo‘llash yordamida bartaraf etish mumkin. Biografik usul - shaxs hayot 
yo‘lini o‘rganish va loyiqalashtirish usullari, hayotiy dasturlar, kasbiy rejalar, 
kasbiy shaxsiy shakllanishining ssenariylarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. 
Biografik usullarga tarjimai hol, ma‘lumotlarni o‘rganish, kasbiy mehnatdan 
qoniqish va boshqalarni kiritish mumkin.


Kavzometriya - YE.I.Golovaxa va A.A.Kromiklar tomonidan taklif 
etilgan usul bo‘lib, u shaxsning psixologik vaqti va hayotiy sub‘ektiv holatlarini 
tahlilini tadqiq etish metodi hisoblanadi. Bu intervyu quyidagi jihatlarni o‘z 
ichiga oladi: biografik savol-javob, muhim voqealar ro‘yxatini tuzish, voqealarni 
keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va boshqalardir. Intervyu natijalari 
kavzometriya shaklida tasvirlanadi. Kavzometriya kasbiy muammo va 
inqirozlarni yechish uchun qo‘llaniladi. Psixobiografiya -shaxslarning hayot 
yo‘lini psixologik o‘rganish metodi hisoblanadi. Avval psixobiografiya 
siyosatchilarining 
obro‘-e‘tiborini, 
kishilarning 
individual 
kasbiy 
biografiyalarini o‘rganish maqsadida qo‘llanilgan. Kasb psixologiyada 
psixobiografiyani qo‘llash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo 
bo‘lishi, kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma‘lumotlarni olish 
imkonini beradi. Anamnez metod - bu insoning mehnat sub‘ekti sifatida 
rivojlanish tarixi haqidagi ma‘lumotlarni yig‘adi. Bu usul YE.A.Klimov 
tomonidan batafsil ko‘rib chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini 
o‘rganish, tanqidiy voqealarni aniqlash, kasbiy faoliyatda obro‘-e‘tibor 
qozonishni oldindan tashxis qilishda qo‘llaniladi. Anamneztik tadqiqot o‘z 
ichiga suhbat tizimini olgani uchun, suhbat metodiga qo‘yiladigan talablar bu 
usulga ham tadbiq etiladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin