Kasb tanlash yo„nalishlari
Kasb tanlash bilan bog‗liq bo‗lgan yo‗nalishlarga to‗xtalib o‗tamiz.
Ulardan birinchisi kasbiy ma‘rifat hisoblanadi. Kasbiy ma‘rifat deb tanlanadigan
kasb haqida, uning ijtimoiy-psixologik va boshqa jihatlari haqida bilimlarni
uzatishga aytiladi. SHuning uchun ma‘lum kasbni tanlash jarayonida shu kasb
haqida, uning talablari va imkoniyatlari haqida qancha ko‗p ma‘lumotlarga ega
bo‗lishlik shu kasbni tanlashda to‗g‗ri qaror qabul qilishga yordam beradi.
Darhaqiqat kasbni tanlash jarayonida kasblar olami haqidagi bilimlar, qanday
qilib tanlash haqidagi bilimlari har qanday endigina hayot yo‗lining boshida
turgan o‗spirin uchun juda foydali hisoblanadi.
Keyingi yo‗nalish –kasbiy maslahat hisoblanadi. Kasbiy maslahat quyidagi
vazifalarni bajarishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi:
A) Lug‗aviy- ma‘lumot berish vazifasini bajaradi. Bu ma‘lumotlar ishga
joylashish kanallari, ishga kirishga qo‗yiladigan talablar, turli xil kasblarni
egallash imkoniyatlari, kasbiy o‗sishning kelajakdagi yo‗nalishlari haqida ish
axtaruvchiga xabar beradi.
B) Diagnostik vazifani bajaradi. Bunda kasb tanlash sub‘ekti shaxsini
uning ma‘lum shaxs xususiyatlari tanlayotgan kasb talablariga mosligi nuqtai-
nazardan o‗rganish haqida gap ketadi. Biz o‗z tadqiqotimizda ham mazkur
masalaga etiborimizni qaratganmiz.
V) Korreksion vazifani bajaradi. Kasb tanlash sub‘ektining imkoniyatlariga
uning qiziqishlarini mos keltirishga qarab o‗zgartirish korreksiya deb ataladi
Kasbiy yo‗nalganlik bu talabaning o‗z bilim, tajriba va qobiliyatini
tanlagan kasbi sohasida qo‗llash uchun shaxsiy intilishidir. SHaxsning kasbiy
yo‗nalganligi kasbga nisbatan ijobiy munosabat, unga qiziqish va layoqat,
shaxsiy tayyorgarlikni takomillashtirish istagi, o‗z kasbi sohasida mehnat qilib,
moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarni qondirishini o‗z ichiga oladi. SHuningdek,
kasbiy yo‗nalganlik kasbiy faoliyat maqsad va vazifalarini tushunishni hamda
qabul qilishni nazarda tutadi.
Talabalarda kasbiy yo‗nalganlikni shakllantirish uchun kasbni egallash
imkoniyatlariga ishontirish, bo‗lg‗usi ishning kelajagiga ishonch hosil qilish,
mehnat an‘analarini targ‗ib qilish, kasbning ishlab chiqarish va estetik
tomonlarini, uning ijodiy xarakterini ko‗rsatish zarur.
SHaxsning kasbiy kamoloti masalasi uning hayotida muhim o‗rin tutadigan
faoliyat yo‗nalishidir. Bu faoliyat yo‗nalishini to‗g‗ri tanlash va belgilash keng
ko‗lamdagi shaxsiy muammolarni hal etishga olib keladi. SHunga ko‗ra,
quyidagi mulohazaga e‘tibor qaratish ancha muhimdir. ―Kasb tanlash – kasb
talablaridan kelib chiqib, bir qancha variantlar orasidan shaxsiy xususiyatlari va
xislatlari ustuvorligiga ko‗ra munosibrog‗ini tanlashni bildiradi. Kasb tanlash
kasbiy yo‗nalganlikka nisbatan bir muncha murakkabrog‗ jarayon. CHunki
shaxsda kasbga xos xususiyatlar – muayyan kasbni egallashga tayyorgarlik
(bilim, tajriba, dunyoqarash doirasining kengligini) darajasining mavjudligini
aniqlash talab etiladi.
Kasbiy ta‘limning muhim vazifalaridan biri kasbiy tayyorgarlik bo‗lib,
bunda tayyorgarlik ikki xil ko‗rinishda amalga oshiriladi: mustaqil o‗rganish
(qo‗shimcha ta‘lim yoki mustaqil ta‘lim) va maxsus kasbiy ta‘lim
muassasalarida ta‘lim olish orqali. Kasbiy ta‘limning muvaffaqiyatini
belgilaydigan muhim psixologik jarayon ―ma‘lum bir kasbga tayyorgarlik‖
holati hisoblanadi. Bu holat emotsional va motivatsion tayyorgarlikni ham
nazarda tutadi. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim bir bosqich hisoblanib,
bunda inson hayoti uchun muhim qaror qabul qiladi va u jamiyatda o‗z
imkoniyatlarini ro‗yobga chiqaradi. Bu jarayon inson tomonidan o‗z ichki
imkoniyatlari tahlil qilish natijasida ma‘lum kasbning talablariga uning
imkoniyatlarining mos kelishiga qarab sodir bo‗ladi. Kasb tanlash ma‘lum bir
kasbni tanlayotgan inson (tanlov sub‘ekti) bilan tanlanayotgan kasb (tanlov
ob‘ekti) munosabatlarini o‗zida aks ettiruvchi faoliyat hisoblanadi: Tanlov
sub‘ekti va tanlov ob‘ekti o‗rtasidagi munosabatlar xarakteristikasini o‗rganish
davrimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Kasb tanlash qisqa vaqtda hal etiladigan ish bo‗lmasdan, balki qator
bosqichlardan iborat jarayondir. Bu bosqichlarning davoimiyligi tashqi
omillarga va kasb tanlash sub‘ektining individual xususiyatlariga bog‗liq holda
kechadi.
Belgilangan vazifalarni amalga oshirish davomida bugungi kunda mavjud
bo‗lgan muammolarni bartaraf qilish choralarini belgilab olishimiz lozim. Bu
muammolarga quyidagilar kiradi:
- kasb – hunarga yo‗naltirish ishlarining mazmun va mohiyatini keng
jamoatchilik, ayniqsa, ota-onalar o‗rtasida keng targ‗ibot qilish ishlarini
kuchaytirish;
- ta‘lim tizimining barcha bo‗g‗inlarida kasb-hunarga yo‗naltirish
ishlarining ilmiy, o‗quv-metodik, me‘yoriy bazalarini yaratish;
- kasb-hunarga yo‗naltirishning zamonaviy axborot texnologiyalarini
ishlab chiqish va amaliyotga izchil tatbiq etish;
- kasb-hunarga yo‗naltirishning uzluksizligini ta‘minlaydigan va yuqori
samaradorlikka erishish imkonini beradigan noan‘anaviy texnologiyalarni
yaratish;
- kasbiy axborot va maslahatlarning elektron tashuvchi vositalarini
yaratish;
- xorijiy mamlakatlarning kasb-hunarga yo‗naltirish ishlarida ilg‗or
tajribalarini o‗rganish va amaliyotga tatbiq etish;
- hududiy tashxis Markazlari mutaxassislarini tayyorlash va qayta
tayyorlash tizimini shakllantirish va takomillashtirish.
O‗spirinlarning kasbiy o‗zlikni anglashi borasidagi holatlari tahlil
qilinganda, ularning kasblar to‗g‗risidagi tushunchalarida sayozlik mavjudligi
ko‗zga tashlandi. Bundan tashqari, kasbiy o‗zligini anglash bilan ma‘lum kasbni
tanlash jarayoni o‗rtasida ta‘lim-tarbiya muhiti va atrofdagilarning ta‘siri
omillarini nazardan chetda tutmasligimiz lozim bo‗ladi. Mazkur o‗zaro ta‘sir
jarayonlaridagi dialektik bog‗liqlikning o‗ziyoq ushbu masalaning naqadar
murakkabligidan dalolat beradi. Masalan, birgina kasbiy maslahatni tashkil
etishning o‗zining bir qator bosqichlari mavjud:
a) kasbiy ma‘lumot bosqichida shaxs o‗zi uchun mehnatni tashkil etish,
ishga qabul qilish talablari, turli kasblarni egallashi, ularni tayyorlash
bosqichlari va ta‘lim olish muddati, mehnat haqi va kasbning istiqboli xususida
ma‘lumotlar oladi .
b) diagnostik bosqichda shaxsning o‗z tanlagan kasbiga nisbatan
qiziqishlari, layoqati, qobiliyati va maqsadlarining mosligi o‗rganiladi
v) shakllantiruvchi bosqichda kasb tanlagan o‗quvchi yoki shaxsga
rahbarlik qilinadi, kasb tanlashdagi og‗ishlarning oldi olinadi va tuzatishlar
kiritiladi
g) tibbiy jihatdan salomatligining kasbga mos kelishini aniqlash va
psixologik bosqichda shaxs sifatlarining o‗z tanlagan kasbiga muvofiqligi
masalalari muhokama qilinadi
Turli kasblar insonga qo‗yadigan talablarini yaxshi bilish masalaning bir
tomonidir. Bu talablarni ko‗pincha turli xil kasblarga tibbiy va psixologik
jihatdan zid deb ta‘riflash juda oson bo‗ladi. Uning ikkinchi tomoni – ehtimol
tutilgan mehnat bozorini jamiyatning u yoki bu mutaxassisga bo‗lgan ehtiyojini
bilishdir. Bu mohiyatiga ko‗ra, iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo‗lib, usiz kasb
tanlashga yo‗llash mumkin emas.
Kasbga yo‗naltirishning uchinchi tomoni va bunga oid barcha ishlarning
asosi shaxs xususiyatlarini va eng avvalo yo‗naltirilayotgan shaxsning qobiliyati
va istagini bilishdan iborat.
Kasb mehnat bozori haqidagi ishlar tutashgan burchakda kasbga
yo‗naltirishning kasbiy oqartuv deb ataluvchi shakl joylashgan. U kasb
tashviqotini jamiyat va davlat uchun zarur bo‗lgan kasbga yoshlar e‘tiborini jalb
etishni ham o‗z ichiga oladi. YOshlarni kasblarga yo‗naltirishda asosan
muhitning: ota-onalar, tanishlar, o‗rtoqlar, maktab, mahalla va ko‗chadagi
do‗stlarning stixiyali ta‘sirida amalga oshiriladi. Ularning kasbga beradigan
bahosi o‗smirga ko‗proq ta‘sir ko‗rsatadi. O‗smirlarga ta‘sir etish ahamiyatiga
ko‗ra, badiiy adabiyotlar, kinofilmlar hamda televizion eshittirishlar ikkinchi
o‗rinni egallaydi. Ular o‗smirlarda katta taassurot va hayajon uyg‗otadi.
Aksariyat o‗g‗il bolalar dengizchi, uchuvchi, milliy xavfsizlik va ichki ishlar
xodimi, qizlar esa san‘atkor, shifokor, oshpaz, tikuvchi bo‗lishni orzu qiladilar.
O‗quvchilarga o‗zlarining kelajakdagi kasblarini tanlashda o‗rta maktab
ta‘limi bir muncha kamroq ta‘sir etadi, holbuki aynan u o‗quvchilarni ishlab
chiqarishning barcha sohalarida katta ehtiyoj sezayotgan kasbga tanlash uchun
yo‗naltirishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |