Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ular
quyidagilardir.
Elektron sxemalar :
Mikroprosessor kompyuterni boshqarish va barcha hisob
Ishlarini bajaradi. Mikroprosessor turli amallarni tez
bajarish qobiliyatigi ega. Uning tezligi sekundiga 100 mln
amalgacha va undan ortiq bo`lishi mumkin.
IBM PC
kompyuterlarida odatida Shteud firmasi va unga muvafiq
boshqa firmalarning mikroprosessorlari o`rnatiladi. (AMD,
Cyrix, IBM va boshqalar).
Mikroprosessor Intel 8088, 80286, 80386 SH, 80386 DX,
80486, Pentium, Pentium Pro kabi va boshqa turlari mavjud.
Mikroprosessorlarning
tezligini
takt
chastotasi
belgilaydi.
Bir
turdagi
mikroprosessorlar turli takt chastotasi bilan ishlab chiqarilishi mumkin. Shu
sababdan takt chastotasiga qarab mikroprosessorining
bahosi va unumdorligi xar
xil bo`ladi. Takt chastotasi megagerslarda (Mgs) o`lchanadi. Masalan, Takt
chastotasi 75 MGs dan 200 MGs ga bo`lgan Pentium mikroprosessori ishlab
chiqarilmoqda.
Takt
chastotasi
mikroprosessor
ichidagi
elementar
operatsiyalarning tezligini ko`rsatadi. Mikroprosessor modeli
bilan takt chastotasi
ko`rsatiladi. Masalan: Pentium / 75 MGs.
Xotira ma’lumot va programmalarni saqlash uchun xizmat qiladi va ular bir necha
turga bo`linadi: operativ xotira. KESH xotira, BIOS (doimiy xotira) , CMOS
(yarim doimiy xotira) va videoxotira .
Tezkor operativ xotira kompyuterning muhim qismi bo`lib, prosessor
undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib,
natijani yana unda saqlaydi. Kompyuter o`chirilsa, tezkor
xotirada saqlanayotgan
programmalar berilganlar yo`q bo`lib ketadi. RAM ( random acctss memory, -
ya’ni ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan).
Xotiraning
katta-kichikligiga qarab, u yoki bu programmalar majmuini ishlata
olish mumkin.
1 Mbayt - DOS
4 Mbayt - W – 3.1
16 Mbayt - W – 95
32 Mbayt - W NT, lokal tarmoq,
Photoshop, Pentium 2, 3.