O„zbekiston Respublikasi Prezidentining va O„zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o„zgartirish va qo„shimchalar 1. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Fermer xo„jaliklarida
hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko„rsatishni takomillashtirishning
qo„shimcha chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-3824-son
qarorida
:
a) 1-bandning
uchinchi xatboshisi
quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar
bilan almashtirilsin:
“Belgilab qo„yilsinki:
markazlar yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi, bankda hisob raqamlariga, shaxsiy g„azna
hisob raqamlariga, o„z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo„ladi;
Markaz direktori egallab turgan lavozimiga ko„ra tuman kengashi raisi o„rinbosari
hisoblanadi, lavozimga hududiy fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
raisining buyrug„i bilan tayinlanadi”;
b) 2-bandning
yettinchi xatboshi
quyidagi mazmundagi yettinchi — to„qqizinchi
xatboshilar bilan almashtirilsin:
“fermer xo„jaligining yil yakuniga ko„ra daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish, tijorat
banklaridan kredit olishi uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va keyingi yil uchun biznes reja tuzish,
moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
Kengashga a‟zolik badallari hisoblanishi va to„lanishini tashkillashtirish;
agronomlar tomonidan fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalariga yer
uchastkalaridan samarali foydalanish bo„yicha maslahatlar berish, sifatli urug„ va ko„chatlar bilan
ta‟minlash, agrotexnik tadbirlarning o„z vaqtida o„tkazilishida amaliy yordam berish”;
v)
3-band
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Markazlarning joylashuvi ular tomonidan xizmat ko„rsatiladigan fermer
xo„jaliklarining sonidan va fermer xo„jaliklari uchun qulayligidan kelib chiqqan holda tuman
fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tavsiyasiga ko„ra tuman hokimliklari
tomonidan belgilanadi”;
g)
5-bandda
:
uchinchi xatboshidan
“O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira
jamg„armasi hamda” degan so„zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to„ldirilsin:
“Bunda, markazlarning moddiy-texnika bazasi to„laqonli tashkil etilishi uchun tuman
hokimlari shaxsan mas‟ul ekanligi ko„rsatib o„tilsin”;
d) 1-ilovaning
matni
quyidagi tahrirda bayon etilsin: