13
jing’il va sho'ra o'tlar ko'p o'sadigan ko'llarning qirg’oqlarida, sholipoyalar
marzalarida ko'proq yashaydi. Kemiruvchilarning iniga kirib yashirinadi.
Tog’lardagi yaproqli o'rmonlar zonasida kam uchraydi.
Qishlab chiqqandan keyin odatda mart oxirlarida paydo bo'la boshlaydi.
Dastlabki vaqtlarda kunduzi aktiv yashaydi. May oyining boshlarida faqat ertalab,
hali issiq tushmasdan ko'zga
tashlanadi, yozda esa faqat kechasi chiqadi.
Hasharotlar (chigirtka) bilan, shuningdek kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar
bilan oziqlanadi.
Tur: R. lineolatus Brandt-O‘q ilon
Morfologiyasi. Uzunligi 125 sm keladi. Gavdasining usti qumga o‘xshash
sarg’ish yoki och kulrang bo’lib, ustida qator yoilari bor. Gavdasi ingichka, bo‘yi
uzun va boshi kichkinadir. Yon tomonidan ikkita qora chiziq tortilgan.
Gavdasining ustidagi va yon tomonlaridagi chiziqlari orasida sariq tusli naqshlari
bor. Yanoq qalqoni bitta, ko‘zi uchta ustki lab qalqoniga tegib turadi. Qornining
oldingi qismi sariq, orqa qismi esa oq rangda, unda kulrang-jigarrang xollari
bo’ladi.
Biologiyasi va ekologiyasi. Dengiz sathidan 2600 m balandlikda bo’lgan
joylarda:
Qoraqum,
Qizilqum,
Muyunqum
sahrolarida,
chalacho’llarda,
saksovulzorlarda, taqirlarda,
tog‘oldi hududlarida, tog‘ vodiylari va vohalarda yashaydi. Kavkazorti
hududlarida
qoyatoshlar atrofidagi shuvoqzor va sho‘ra butalari ostida hayot kechiradi. Noyabr
o‘rtalarida 7-12 tasi birlashib, «o‘rda» hosil qiladilar va qishki uyquga ketadilar.
O‘zbekiston sharoitida u qishki uyqudan erta bahorda, ayrim paytlarda fevralda,
Qirg‘izistonda esa aprel boshlarida uyg‘onadi. Qornini yerga
berib sudralib
yurmasdan, balki yerdan ko‘tarilib buralib yuradi. Bu xilda harakat qilish qizib
ketgan qumda bemalol yurishiga imkon beradi. 0 ‘rta Osiyo sharoitidagi sahrolarda
kunduz kuni o‘q ilondan boshqa ilonni uchratish qiyin. Kemimvchilar va
kaltakesaklar inlari,
toshlar orasi, daraxt to‘nkalari osti uning boshpanasi
hisoblanadi. Biron sharpani sezib qolsa, qochishga va o‘simliklar orasiga
yashirinishga harakat qiladi. O‘q ilon
tez harakat etishi, bir joyda qimirlamasdan
14
jim yotishi, rangining yashash muhitiga mosligi o‘zini dushmandan muhofaza etish
belgisidir. O‘ljasini daraxtda o‘tirib poylaydi va unga o‘qdek tashlanadi, gavdasi
bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi yoki tiriklayin yutadi. Asosan, kaltakesakchalar, qurbaqalar
va agamalar, ba’zan ilonlar bilan ham oziqlanadi. Yirikroq o‘ljasini yutolmay
tashlab ketadi, chunki og‘zi kichkina, zahar tishi tishlashga yaramaydi. O‘q
ilonning urg‘ochisi iyunda, ayrim hollarda iyulda 3-11 donagacha uzunchoq, bo‘yi
40-55 mm kattalikdagi tuxum qo‘yadi. Iyul va avgustda bolalari tuxumdan chiqadi.
Dostları ilə paylaş: