XULOSALAR
Jonajon Respublikamiz Mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy, iqtisodiy,
madaniy-ma’naviy jabhalarda katta o‘zgarishlar yuz berdi, yutuqlar qo‘lga kiritildi.
Ayniqsa, so‘nggi 19 yil mobaynida ta’lim-tarbiya sohasida qo‘lga kiritilgan
muvaffaqiyatlar buning dalilidir.
Mustaqil O‘zbekistonning asosiy qonunida belgilanganidek, jamiyatimizning
istiqboli, rivojlanish hamda taraqqiyot yo‘li huquqiy, demokratik, insonparvar
fuqorolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir. Bunday jamiyatni barpo etish esa
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan kadrlar jamiyat uchun ijtimoiy
buyurtma hisoblanadi. Shunday ekan bo‘lajak o‘qituvchilarda tashkilotchilik
mahoratini shakllantirish, milliy mafkurani shakllantirish bilan birgalikda olib
borilishi lozim. Bu singari g‘oyalar pedagogik-pedagogik sikldagi barcha fanlar:
umumiy pedagogika, umumiy psixologiya, pedagogik mahorat, yangi pedagogik
texnologiyalar kabi fanlarni o‘rganish, auditoriya va auditoriyadan tashqarida
o‘tkaziladigan barcha tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida shakllantirib boriladi.
Bundan esa, barcha pedagogik-pedagogik sikl fanlarning talabalar tashkilotchilik
mahoratini shakllantirishda maxsus tarbiyaviy ta’sir omili ekanligi haqida bir
xulosaga kelish uchun izn beradi.
Bu o‘rinda pedagogok fanlar bloki hamda ularni mustaqil o‘zlashtirishda
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning shuningdek interfaol usullarning muhim
imkoniyatlaridan foydalanish o‘rinlidir. Albatta, bu maqsadni amalga oshirish uchun
pedagogik va pedagogik fanlarni o‘zlashtirishda uzviylikka e’tiborni qaratish,
vatanparvarlik,
fuqarolik
tarbiyasi,
shaxs
ma’naviyatini
shakllantirishga
rag‘batlantirish uning asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
89
Bu ta’sir o‘zaro hamkorlikda ta’sir ko‘rsatish – ishontirish tarzida amalga
oshirilsa, majbur etish usuli zinhor qo‘llanilmasa, tarbiyaviy ta’sir kuchi shunchalik
to‘laqonli bo‘ladi. Bunda: 1) talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish
uchun rag‘batlantirish metodini qo‘llash orqali amalga oshirilsa, 2) talaba muayyan
xulq – atvor me’yorini hosil qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunday ta’sir shaxs
ongini shakllantiruvchi (ishontirish metodlari); shaxs faoliyatini tashkil etuvchi va
ijtimoiy xulqni ruvojlantiruvchi (faoliyatida mashq qildiruvchi va odatlantiruvchi
metodlar); shaxs faoliyati va xulqini shakllantiruvchi metodlar (rag‘batlantirish va
jazolash metodlari) asosida amalga oshiriladi.
Bu kabi tarbiya metodlari bilan birgalikda mashg‘ulotlarning interfaol
metodlaridan foydalanish ancha yuqoriroq natijani qo‘lga kiritishga yordam beradi.
Tajriba sinov ishlari natijalaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, talabalarda
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda
quyidagi tamoyillarga rioya etish muhimdir:
1. Auditoriyadan tashqari o‘tkaziladigan ta’lim jarayonini aniq maqsadda
tashkil etish, uning natijalarini xolis baholash, tarbiyaviy jarayonda tutgan o‘rnini
aniqlash, uni pedagogik tahlil etish va baholash.
2. Bu jarayonni ilmiy, uzluksiz, izchil, tizimli asosda tashkil etish.
3. Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda samarali interfaol
metodlarini izlab topish va ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash.
4. Pedagogik fanlarni o‘qitishda ta’lim-tarbiya jarayonining (auditoriya va
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar) uzviyligini ta’minlash.
5. Ta’limda interfaol metodlar bilan bir qatorda ananaviy metodlar, ilg‘or
pedagogik texnologiyalardan o‘z o‘rnida samarali foydalnish.
Demak, auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida pedagogik
bilimlar asosida talabalar tashkilotchilik mahoratini shakllantirish talabalar kasbiy
tayyorgarligining uzviy qismi sanaladi. O‘z navbatida bu hol talabalarni ma’naviy–
90
axloqiy shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari yaratilganligi hamda maqsadning
amalga oshirishda ma’lum shart-sharoitlar yaratilganligidan dalolat beradi.
Ilmiy-tadqiqot so‘ngida quyidagi xulosalarga keldik:
Talabalarning auditoriya va auditoriyadan tashqari tadbirlarni tashkil etish
jarayonida tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullar shuningdek
pedagogik turkum fanlarning mazmun, mohiyati katta imkoniyatlarga ega.
Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish ta’lim tarbiya jarayoniga
uzviy va tizimli yondashishni talab etadi.
Bu sohada ta’lim tizimiga texnologik yondashuv, ilg‘or, interfaol usullardan
foydalanish maqsadga muvofiq keladi.
Oliy pedagogik ta’lim tizimida talabalarda tashkilotchilik mahoratini
shakllantirishga qaratilgan tajriba sinov ishlarining samarali natija berishi yuqorida
sanab o‘tilganlar bilan izohlanadi.
|