Faoliyati tuzilmasining tarkibi


“Uchinchi renessans: ilm-fan va



Yüklə 499,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix23.05.2023
ölçüsü499,95 Kb.
#120193
1   2   3   4   5
31 Xaydarov Ilxom Yusupovich 194-198

“Uchinchi renessans: ilm-fan va 
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” 
 
ISSN 2181-1784 
196 
w
www.oriens.uz
2021
 December
 
Innovasion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o‘zini yangilik yaratish 
jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar jamini 
anglatadi.
Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir 
maqsadi sifatida qaraydi. 
O‘qituvchining innovasion faoliyatiga yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat 
natijasi sifatida qaraladi. 
V.A.Slastenin o‘qituvchining innovasion faoliyatini tuzishda unga akmeologik 
jihatdan yondashadi. 
Akmeologiya (akme) - yunoncha oliy nuqta, o‘tkir, gullagan, yetuk, eng yaxshi 
davr degan ma’nolarni bildiradi. 
Innovasion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o‘qituvchining 
kasbiy mahorati cho‘qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini 
ochish imkonini beradi. 
O‘qituvchi innovasion faoliyatining yana muhim tavsiflaridan biri kreativlikdir. 
Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. U 
individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, 
xislatini bildiradi. 
O‘qituvchi faoliyatidagi kreativlikning bir necha bosqichlarini belgilash 
mumkin: 
Birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyanomalar tuzukkina ko‘chiriladi; 
ikkinchi bosqichda mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik 
usullar kiritiladi; uchinchi bosqichda g‘oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari, 
shakli to‘la ishlab chiqiladi; to‘rtinchi bosqichda o‘qitish va tarbiyalashning o‘z 
betakror konsepsiyasi va metodikasi yaratiladi. 
O‘qituvchining innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi yana bir komponent bu 
refleksiyadir. 
Refleksiya o‘qituvchining o‘z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish, 
o‘z fikri va harakatlariga tashqaridan nazar solish deb qaraladi[2]. 
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki 
an’anasi mavjudligi aytiladi: 

ob’ektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruksiyalashga olib
keladigan ongning reflektiv tahlili; 

shaxslararo muloqot ma’nosini tushunish refleksiyasi; 
Bu bilan bog‘liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni 
farqlaydilar: 



Yüklə 499,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin