Lms modul tizimi haqida Reja



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix24.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#121237
  1   2   3   4   5   6   7   8
LMS Modul tizimi haqida



LMS Modul tizimi haqida 
 
 
 
Reja: 
 
 
 
1.Masofaviy ta’lim mohiyati.
2.Masofaviy ta’lim tizimida ochiq LMS (Learning management system) 
va LCMS (Learning content management system) haqida tushuncha.
3.LMS tizimining intatuzilishi. Masofaviy ta’limda CMS (Content 
Management system) tizimini asosiy funktsional masalalari.
4.Masofaviya ta’limda MOODLE texnologiyasi. Virtual ta’lim tizimidan 
foydalanish texnologiyasi.
  


Masofaviy ta’lim mohiyati. 
Masofadan o‘qitish bu Internet tarmog‘i orqali sizga qulay bo‘lgan vaqtda 
o‘qishdir. Masofadan o‘qitishning tarkibiy belgilari: o‘qituvchi, o‘quvchi, 
kommunikatsiyadir.
 Masofali ta’lim G‘arbda an’anaviy bo‘lib qoldi: har bir yuqori mavqega ega 
bo‘lgan universitet hozirgi kunda albatta, masofali ta’lim dasturiga ega. Ko‘plab 
maxsus "masofali o‘quv yurtlari" ochilmoqda, ulardan ko‘pchiligi dunyoda 
mashhur va turli mamlakatlarda o‘zlarining bo‘limlarini ochmoqdalar (misol 
uchun, Britaniyada Open University). Tahminlarga qaraganda, aynan masofali 
ta’lim (an’anaviy o‘qish shakllari bilan birgalikda) keng tarqalib boradi, ta’limning 
bu shaklini "kelajak ta’limi" deb atamoqdalar.
Ko‘pchilik chet el davlatlari masofali ta’limni ustuvor yo‘nalish deb e’lon 
qildilar va ushbu yo‘nalishni rivojlantiirshga katta mablag‘lar ajratmoqdalar. 
Ushbu jarayonni amerikaliklar boshlab berdilar Hozirgi kunda masofaviy ta’lim 
AQShda mukammal shakllangan bo‘lib, uning vujudga kelishi 1970 yillar oxiriga 
borib taqaladi. Avvalida masofaviy ta’lim sohasida o‘quv muassasalari yakka 
holda faoliyat olib bordilar. 1980 yillarda yo‘ldosh teleko‘rsatuvlar rivojlanib 
borishi bilan, bu o‘quv kurslari ustida bir necha o‘quv muassasalari hamkorlikda 
ish olib bordilar. Global kompyuter tarmoqlarining shiddat bilan rivojlanishi inson 
faoliyatining hamma sohasiga, shu jumladan, ta’lim olish sohasiga ham katta ta’sir 
ko‘rsatdi. So‘nggi paytlarda ta’limning ushbu turi Yevropada ham faol 
rivojlanmoqda. Avstraliya ta’lim dasturlarini ommaviy ravishda kompyuter tiliga 
o‘tkazib, ularni faol eksport qilmoqda.
Mamlakatimizda masofali ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ko‘pchilik masofali ta’lim – bu shunchaki bizga ma’lum sirtqi ta’limning yangi 
shakli deb hisoblaydilar. Ma’lum darajada bu shunday: haqiqatda ham inson 
uyidan chiqmasdan o‘qishi mumkin. Lekin bir sharti bor: buning uchun standart 
dastur bilan zamonaviy kompyuteri bo‘lishi kerak. Ushbu dasturning mazmuni 
aynan masofali ta’lim va zamonaviy tehnika hamda texnologiya bir-biridan 
ajralmasligidan iborat.


Bugungi kunda talaba o‘z mamlakatidan chiqmay turib, deyarli, barcha G‘arb 
universitetlari dasturlari bo‘yicha ta’lim olishi mumkin. Ta’lim siyosiy va iqtisodiy 
birlashish jarayonlaridan ilgarilab umumjahon va umumiy foydalaniladigan bo‘lib 
bormoqda. Masofali ta’lim g‘oyasida aynan ta’lim an’anaviy turlarida qabul 
qilingan (ham kunduzgi, ham sirtqi) "o‘quvchilarning bilimga intilishlaridan" 
"bilimlarni o‘quvchilarga qarab harakatlanishi" juda muhim. Dastavval masofali 
ta’lim oliy ta’limga ega insonlarning malakalarini oshirishlari uchun mo‘ljallangan 
edi. Uning eng oddiy turi – bu avvallari ham mashhur bo‘lgan televizion 
ko‘rsatuvlar seriyasi hisoblanadi: butun bir kanal maxsus ta’lim dasturi uchun 
ishlaydi. Hozirgi kunda yanada kuchliroq texnikalar paydo bo‘lishi bilan masofali 
ta’lim imkoniyatlari kengaymoqda. Rossiyada siyosiy va iqtisodiy islohotlar 
sababli uning ba’zi oraliq bosqichlari o‘tkazib yuborildi va eng ilg‘or – Internet 
tarmog‘i orqali ta’lim olish turi keng tarqaldi.
Jahon amaliyotida masofali ta’lim barcha kurslari uchun albatta sertifikat 
beriladi, uni qalbakilashtirish deyarli mumkin emas. Barcha kurslarda ham albatta 
bunday ishlar yaqin vaqtlarda amalga oshirilishi lozim. Bugungi kunda taklif 
etilayotgan ko‘pchilik masofali ta’lim kurslari – bu qiziqishga asoslangan 
mashg‘ulotdir. Faqatgina izlash serverlarining o‘zi "masofali ta’lim" 
so‘rovnomangizga minglab manzillarni ko‘rsatib beradi. Bu dastur o‘quvchiga 
faylda ma’lum bilimlar hajmi ko‘rinishida kelib tushadi. Uni o‘rganib chiqqandan 
keyin "talaba" dasturni "tekshirishni" ishga tushiradi -dastur unga savollar beradi.
Savollarga javoblar asosida o‘quvchiga keyingi bosqichga o‘tish taklif etiladi 
yoki uning tayyorgarligi yaxshiroq bo‘lishi kerakligi xabar qilinadi. Aniq fanlarda 
bilimni baholash masalasi nisbatan oson hal qilinadi va bu yerda testlar 
qo‘llanilishi o‘zini oqlaydi, lekin gumanitar fanlarda albatta javobning matni kerak 
bo‘ladi. Ko‘plab oliy o‘quv yurtlari tajribalari nazorat o‘tkazishni sirtqi ta’lim 
shaklida bo‘lgani kabi, kunduzgi o‘qish mashg‘ulotlari ko‘rinishida o‘tkazish 
yaxshi bo‘lishini ko‘rsatadi. Lekin, misol uchun, oliy o‘quv yurti AQShda, 
o‘quvchi esa – Rossiyada bo‘lgan hollarda nima qilish kerak? Bu yerda albatta 
yozma imtihon yagona yo‘li hisoblanadi.


Mana shu sababli mamlakatimizda videokonferensiyalar usuli keng tarqalgan, 
bugungi kunda qo‘llaniladigan o‘qitish usullaridan biri quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: "Talaba" axborotni oladi, uni o‘rganib imtihon topshiradi. Boshqa usul 
ham mavjud. O‘quv materiallari serverga kiritiladi, ularni o‘zlashtirib ma’lum 
vaqtdan so‘ng nazorat ishini yozadilar. Shunday qilib, bloklar bilan o‘quvchilar 
butun dasturni o‘zlashtiradilar, keyin esa tashkilotchilar imtihonlar topshirish 
vaqtini belgilaydilar. G‘arbda ko‘chirib olishga odatlanishmagan: agarda bilim 
olishni xohlasangiz o‘qish kerak. Endi uyda o‘tirish va g‘arb namunasidagi diplom 
olish imkonidan tashqari masofali ta’lim nimasi bilan afzal eqanligini tushunib 
olish qoldi.
Uning xususiyatlari haqida fikr yuritar eqanmiz, birinchi navbatda, 
moslashuvchanligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tish zarur. Masofali ta’lim tizimida bilim 
oluvchilar odatda, leksiyalar va seminarlar kabi muntazam mashg‘ulotlarga 
qatnamaydilar, balki o‘ziga qulay vaqtda, qulay joyda hamda qulay sur’atlarda 
ishlaydilar. Haqiqatda bilim olishni istovchilar, odatiy hayot tarzini buza 
olmaydigan yoki xohlamaydiganlar uchun katta ustunliklar mavjud. Bundan 
tashqari, o‘qishga kirish uchun talabadan ma’lum bilim darajasi talab qilinmaydi 
va har kim fanni o‘zlashtirishi va baholanishi uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha 
o‘qishi mumkin.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin