Lms modul tizimi haqida Reja


Elektron darslik yordamida yaxshi natijalarga erishish uchun quyidagi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix24.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#121237
1   2   3   4   5   6   7   8
LMS Modul tizimi haqida

Elektron darslik yordamida yaxshi natijalarga erishish uchun quyidagi 
talablar qo‘yiladi: 
• 
qisqa vaqt oralig‘ida amaliy teskari aloqani ta’minlay olish va zarur 
axborotni tez topishga yordam berish;
• 
gipermatnli tushuntirishda ko‘p marotabali murojaat etish orqali vaqtni 
tejash;
• 
matnni tasvirlashda multimediali texnologiyaning ko‘rgazmalilik va 
yetarlilik prinsipini namoyon bo‘lishi;
• 
konkret foydalanuvchiga mos keluvchi tezlikda aniq biror bo‘lim bo‘yicha 
bi¬limni tekshirish va bajarish imkoniyati;
• 
zarur o‘quv axborotini muntazam ravishda yangilab turish.


Jahon ta’lim tizimlarini o‘rtacha baholash masofali ta’lim an’anaviy ta’lim 
shakllaridan ikki barobar arzon eqanligini ko‘rsatadi. Milliy nodavlat masofali 
ta’lim markazlarining tajribalari mutaxassislarni tayyorlashga sarflanadigan 
xarajatlar kunduzgi o‘qish shakli xarajatlariga qaraganda, tahminan 60 foizni 
tashkil qilishini ko‘rsatadi. Materiallarning yuqori jamlanishi va uning 
unifikatsiyalashtirilishi 
(bir 
xillashtirilishi), 
ko‘p 
sonli 
o‘quvchilarga 
mo‘ljallanganligi, o‘quv maydonlari va texnik vositalardan yanada samarali 
foydalanish o‘qitish tannarxining nisbatan pastligini ta’minlaydi. bunda 
o‘qituvchining yangi rolini ham aytib o‘tish zarur. Unga endi o‘qitish jarayonini 
boshqarish, o‘quv kursini o‘zgartirish, individual o‘quv rejasini tuzish bo‘yicha 
maslahatlar, o‘quv loyihalariga rahbarlik qilish va boshqa vazifalar yuklatiladi. U 
o‘quv o‘zaro yordam guruhlarini boshqaradi, o‘quvchilarga ularning kasbiy o‘z 
yo‘nalishlarini aniqlashlarida yordam beradi. Masofali ta’lim tizimida o‘quvchilar 
va o‘qituvchining o‘zaro aloqalari kompyuter tarmog‘i orqali oluvchilar 
manzillariga axborotlarni o‘zaro jo‘natish ko‘zda tutiladi. Bu esa kelib tushgan 
axborotlarni tahlil qilish va unga qulay vaqtda javob qaytarishga imkon beradi 
(3.10.1-rasm).
O‘qitish yangi shaklida nazorat usuli sifatida masofali tashkil etilgan 
imtihonlar, suhbatlar, kurs va loyiha ishlari, eksternat, kompyuterli intellektual test 
tizimlaridan foydalaniladi. Masofali ta’lim sifatini nazorat qilish, Davlat test sinovi 
yagona tizimini yaratish yo‘li bilan uning standartlarga moslashtirilishi 
muammosini muvaffaqiyatli hal qilish muhim ahamiyatga ega eqanligini alohida 
aytib o‘tish zarur. Kurslarni akademik tan olinishi, an’anaviy o‘quv yurtlarida 
o‘tilganida ularning hisobga olinishi mumkinligi shunga bog‘liq bo‘ladi.
Masofali ta’lim, uzluksiz ta’lim tizimi shakllaridan biri hisoblanib, insonning 
bilim olish va axborotlardan foydalanish huquqini amalga oshirishga 
yo‘naltirilgan. Masofali ta’lim har bir xohlagan inson uchun kasbiy faoliyati bilan 
bir qatorda asosiy yoki qo‘shimcha ta’lim olishi imkonini beradi.


Masofadan o‘qitishning afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda 
va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli 
bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko‘pgina yirik korxonalar 
mutaxassislari malakasini oshirish yoki o‘zgartirish uchun shu uslubdan 
foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar.
Masofadan o‘qitishning yana bir afzallik tomoni unda o‘qish muddatini 
o‘quvchi o‘zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi, 
materiallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriqlarni, 
testlarni bajarishga qarab aniqlanadi. O‘quvchi berilgan dasturni qanchalik tez 
o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni 
o‘zlashtirmasa, unga mustaqil ishlab, o‘qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi.
Masofadan o‘qitishda odatda ishlayotganlar, onalar, o‘qiyotganlar biror 
mutaxassislikni egallash yoki malakasini oshirish maqsadida o‘qiydi. Bu uslub 
nogironlar uchun juda qulaydir.
Masofadan o‘qitishda hattoki maxbuslar ham o‘qish imkoniga ega. Bu haqida 
bir necha bor Avstraliyada eshitdik.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin