Tanlanmani boshlang‘ich statistik tahlili. Topshiriq 1



Yüklə 328,77 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.06.2023
ölçüsü328,77 Kb.
#122133
ehtimo5



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tanlanmani boshlang‘ich statistik tahlili. 
 
Topshiriq 1.1Matematik statistikada tadqiqotning asosiy ob'ekti bu 
tanlanmadir. Hajmi n bo’lgan tanlanma deb bir hil sharoitda n– marta bitta 
tajribani o’tkazish natijasida olingan x
1
, x
2
, …, x

sonlarga aytiladi.Amaliyotda 
tanlanma ko’pincha statistic qator ko’rinishida yoziladi. Buning uchun sonlar o’qi 
k ta (5 dan 10 gacha bo’lgan ixtiyoriy son) o’zaro teng oraliqlarga bo’linadi, 
oraliqlarning o’rtalari z
i
topiladi va ushbu oraliqlarga tegishli tanlanma 
elementlari miqdori n
i
hisoblanadi. Statistik qator deb (z
i
, n
i
) ketma-ketliklar 
juftligiga aytiladi. Quyidagi misolni kompyuterda excel dasturidagi yechimini 
ko’ramiz. 
List 1 nomini «Topshiriq 1.1» nomiga o’zgartiramiz. 
Tanlanma berilgan 
 
14 18 16 21 12 19 27 19 15 20 27 29 22 28 19 17 18 24 
23 22 19 20 23 21 19
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tanlanmaning boshlang’ich statistik tahlili
5-Mustaqil ish


Statistik qator tuzamiz, poligon va gistogramma chizamiz. EXCEL dasturini 
ochamiz. A1 – katagiga “Boshlang’ich ma’lumotlar” deb yozamiz. Birinchi 
ustunga (A2-A26 kataklariga) boshlang’ich ma’lumotlarni kiritamiz. Sonlar qaysi 
sohada yotganini aniqlaymiz. Buning uchun tanlanmaning maksimal va minimal 
elementlarini topamiz. V1 ga «Maksimum», S1ga «Minimum» deb yozamiz. V2va
S2 kataklarida «MAX» va «MIN» funksiyalarini aniqlaymiz. Buning uchun V2 
katagida fxfunksiyani chaqiramiz, kategoriyada «Statisticheskie»degan qismini 
tanlaymiz, tagidan MAKS funksiyasini qidiramiz va ustiga ikki marta 
sichqonchani bosish orqali chaqirib olamiz. Funksiyaning argumenti sifatida A2- 
A26 kataklarni belgilaymiz.Natija 29 soni bo’ladi. S2 katagini tanlab huddi shu 
usul bilan MIN funksiyasini kiritamiz. Natija 12 soni bo’ladi.Hamma sonlar 
[12;30] kesmaning ichida joylashgan.Uni to’qqizta (5 tadan 10 tagacha ixtiyoriy) 
teng bo’lakka ajratamiz. 
D1 katagida «Diapozonlar» deb yozib, D2 katagidan boshlab intervallarni 
yozamiz:12-14, 14-16, 16-18, 18-20, 20-22, 22-24, 24-26, 26-28, 28-30. 
E1 katagiga «Diapozonlarning yuqori chegaralari» deb yozamiz va E2-E10 
kataklariga – 14, 16, 18, 20, 22, 24, 26, 28, 30sonlarini kiritamiz.n

chastotalarni 
hisoblash uchun «Statisticheskie» ichida joylashgan ChASTOTA funksiyasi 
tanlanadi. Uni F2 katagiga kiritamiz.«Massiv dannыx» qatoriga tanlanmani ni 
kiritamiz (A2-A26 kataklar). «Massiv intervalov» qatoriga diapozonning yuqori 
chegaralarini kiritamiz (E2-E10 kataklar). Natija F2-F10 kataklarida aks etadi. 


Gistogrammani 
chizish 
uchun 
VSTAVKA/DIAGRAMMA 
tanlaymiz.Shundan so’ng: “GISTOGRAMMA”, “vid po vыboru” tanlanadi va
«DALEE» bosiladi, «DIAPAZON» qatoriga F2-F10 kataklari belgilanib kiritiladi, 
«RYaD»degan joyda «PODPISI OSI X» qismiga E2-E10 kataklarini kiritamiz
«DALEE» bosamiz «Gistogramma» deb nom beramiz: os X – degan joyga 
«Oraliqlar» va os Y – degan joyga «Chastota» deb yozib «GOTOVO» ni bosamiz. 
Poligonni 
chizish 
uchun 
huddi 
shu 
ishlar 
bajariladi 
faqat 
«GISTOGRAMMA»o’rniga «GRAFIK» tanlanadi.
Kumulyativ egri chiziq chizish uchun yig’ma chastotalar hisoblanadi.Buning 
uchun G2 katagiga «=F2»,G3 katagiga – «=G2+F3» ni kiritamizva avtoto’ldirish 
orqali G10 katagigacha davom etamiz. Shundan so’ng poligon kabi grafik 
chizamiz, faqat «DIAPAZON» qatoriga yig’ma chastotalar kiritamiz, G2-G10. 
Topshiriq 1.2
List 2nomini- «Topshiriq 1.2» nomiga o’zgartiramiz. 
Yuqorida ko’rsatilgan ishlarni quyidagi tanlanma uchun bajaring. 
51 
42 
68 
49 
79 
35 
63 
55 
29 
42 
45 
38 
56 
29 
25 
41 
37 
52 
40 
68 
38 
47 
60 
53 
67 
42 
26 
90 
63 
34 
Laboratoriya islari bo’yicha hisobot 
Bajarilgan laboratoriya natijalari bo’yicha talaba hisobot qiladi. Hisobot 
quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

Umumlashgan ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladigan jadval;

Statistic grafiklarning chizmalari;

Jadval va grafiklar tahlili asosida qilingan hisobot;
Hisobot materiallari quyidagi tartibda joylashtiriladi:
1. Sarlavha sahifasi. 
2. Statistik tadqiqotdagi masalaning qo’yilishi. 
3. Laboratoriya ishini chop etish jadvallar va grafiklari bilan. 

Yüklə 328,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin