24
Dars ishlanma
MAVZU:
Foizlar
Maqsad:
Darsni DTS talabi asosida o’tish
Ta’limiy maqsad:
o’quvchilarda foizlar haqida bilim, malaka va ko’nikmalarini
shakllantirish;
Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarda matematikaga qiziqishini uyg’atish.
Faizlarga doir masalalarni hayotga tadbiq eta bilishni o’rgatish. Oilani muqaddas
maskan ekanligini, ota-onaning farzandlariga bo’lgan mehrini hech qachon
unutmasligini o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
o’quvchilarga foizlarga doir masallarni mustaqil
yechishni, guruhlarda xamkorlikda ishlash samaradorligini o’rgatish.
Dars turi:
yangi bilim
Dars usuli:
noan’anaviy dars
Dars jihozi:
videoproyektor, uy rasmlari, tarqatmalar.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
Salomlashish. Navbatchi axboroti. Yozuv taxtachasi va lattani
tayyorligini tekshirish. Jurnalni yozish.
2. O’tilganlarni takrorlash.
Sinf o’quvchilari 5 ta guruhga bo’linib o’tirishadi.
O’qituvchi: O’quvchilar bugungi darsimizning mavzusi “Foizlar”, darsimizning
nomi esa “Oila- muqaddas maskan”. Hammamiz bilamiz Vatan oiladan boshlanadi.
Ota-onamizni va boshqa oila a’zolarimizni hurmat qilishimiz, e’zozlashimiz,
qo’limizdan kelgancha yordam berishimiz kerak. Oila haqida Ko’p she’rlarni,
maqollarni, ertak va rivoyatlarni o’qigansizlar deb o’ylayman. Qani kim oila, ota-ona,
farzand haqida maqollar aytadi. (O’quvchilar o’zlari bilgan maqollarni aytadilar).Endi
darsimizga qaytamiz.
O’qituvchi o’tgan darsda o’tilgan mavzu yuzasidan guruhlarda blis-savol o’tkazadi.
Dostları ilə paylaş: