Axborot xavfsizligi siyosatining turlari. Tashkilotda axborot xavfsizligini rejalashtirish,
loyihalash va amalga oshirishda siyosat muhim hisoblanib, ular foydalanuvchilarga xavfsizlik
maqsadlariga erishishda mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini taqdim etadi. Bundan
tashqari, xavfsizlik siyosati tashkilotdagi dasturiy ta’minot va jihozlar vazifasini tavsiflaydi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi korxonalarda quyidagi xavfsizlik siyosatlari
qo‘llaniladi:
-
Tashkilot axborot xavfsizligi siyosati (Enterprise Information Security Policies,
EISP): mazkur siyosat turi tashkilot xavfsiz muhitini, unga g‘oya, maqsad va usullarni taklif
qilish orqali, madadlaydi. U xavfsizlik dasturlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va boshqarish
usullarini belgilaydi. Bundan tashqari, ushbu siyosat taklif etilgan va talab qilingan axborot
xavfsizligi strukturasi talablarini kafolatlaydi.
Muammoga qaratilgan xavfsizlik siyosatlari (Issue-Specific Security Policies, ISSP): bu
siyosatlar tashkilotdagi aynan xavfsizlik muammosiga qaratilgan bo‘lib, ushbu xavfsizlik
siyosatlarining qamrovi va qo‘llanilish sohasi muammo turi va unda foydalanilgan usullarga
bog‘liq bo‘ladi. Unda profilaktik choralar, masalan, foydalanuv- chilarning foydalanish huquqini
avtorizasiyalash uchun zarur bo‘lgan texnologiyalar ko‘rsatiladi.
-
Tizimga qaratilgan xavfsizlik siyosatlari (System-Specific Security Policies,
SSSP): mazkur xavfsizlik siyosatini amalga oshirishda tashkilotdagi biror tizimning umumiy
xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutiladi. Bunda tashkilotlar tizimni madadlash maqsadida
muolajalar va standartlarni o‘z ichiga olgan SSSP siyosatini ishlab chiqadilar va boshqaradilar.
Bundan tashqari, tashkilot tomonidan foydalanilgan texnologiyalar tizimga qaratilgan
siyosatlarni o‘z ichiga oladi. Bu siyosat texnologiyani amalga oshirish, sozlash va
foydalanuvchilar harakatlarini hisobga olishi mumkin.
Tashkilotlarda turli maqsadlarga qaratilgan ko‘plab xavfsizlik siyosatlari mavjud bo‘lishi
mumkin. Quyida ularning ayrimlari keltirilgan.
Internetdan foydalanish siyosati. Mazkur siyosat Internetdan foydalanishdagi
cheklanishlarni aniqlab, xodimlar uchun Internet tarmog‘idan foydalanish tartibini belgilaydi.
Internetdan foydalanish siyosati o‘z ichiga Internetdan foydalanish ruxsati, tizim xavfsizligi,
tarmoqni o‘rnatish, AT xizmati va boshqa yo‘riqnomalarni qamrab oladi.
Internetdan foydalanish siyosatini quyidagi to‘rtta kategoriyaga ajratish mumkin:
1.
Tartibsiz siyosat (Promiscuous Policy): ushbu siyosat tizim resurslaridan
foydalanishda hech qanday cheklovlarni amalga oshirmaydi. Masalan, bu siyosatga ko‘ra
foydalanuvchi istalgan saytga kirishi, istalgan dasturni yuklab olishi, masofadagi kompyuterdan
yoki tarmoqdan foydalanishi mumkin. Bu siyosat korporativ tashkilotlarning ofislarida ishlovchi
yoki tashkilotga kelgan mehmonlar uchun foydali hisoblansada, kompyuterni zararli dasturlar
asosidagi tahdidlarga zaif qilib qo‘yishi mumkin. Ya’ni, Internetdan foydalanishda cheklanishlar
mavjud bo‘lmagani bois, foydalanuvchilar bilimsizligi natijasida zararli dasturlar kirib kelishi
mumkin.
2.
Ruxsat berishga asoslangan siyosat (Permissive Policy): Bu siyosatga ko‘ra faqat
xavfli xizmatlar/ hujumlar yoki harakatlar blokirovkalanadi. Masalan, ruxsat berishga asoslangan
Internet siyosatida qator keng tarqalgan zararli xizmatlar/ hujumlardan tashqari Internet
trafigining asosiy qismi ochiq bo‘ladi. Faqat keng tarqalgan hujumlar va zararli dasturlar
blokirovkalanganligi tufayli, ma’mur joriy holatdagi zararli harakatlarga qarshi himoyani
ta’minlay oladi. Bu siyosatda har doim yangi hujumlarni va zararli dasturiy ta’minotlarni tutish
va bazaga kiritib borish talab etiladi.
3.
Paranoid siyosati (Paranoid Policy): Paranoid siyosatga ko‘ra barcha narsa
blokirovkalanadi va tizim yoki tarmoqdan foydalanuvchi tashkilot kompyuterlarida qat’iy
cheklovlar mavjud bo‘ladi. Bu siyosatga ko‘ra foydalanuvchi Internetga umuman ulanmagan
yoki qat’iy cheklovlar bilan ulangan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda, foydalanuvchilar odatda
siyosatdagi qoidalarni aylanib o‘tishga harakat qiladilar.
4.
Ehtiyotkorlik siyosati (Prudent Policy): Ehtiyotkorlik siyosati barcha xizmatlar
blokirovkalanganidan so‘ng amalga oshirilib, unda xavfsiz va zarur xizmatlarga ma’mur
tomonidan individual ravishda ruxsat beriladi. Bu maksimal xavfsizlikni ta’minlab, tizim/tarmoq
faoliyatiga oid barcha hodisalarni qaydlaydi.
Maqbul foydalanish siyosati. Maqbul foydalanish siyosati tarmoq va web sayt egalari
tomonidan qaror qilingan qoidalardan iborat va u hisoblash resurslaridan to‘g‘ri foydalanishni
belgilaydi. Ushbu siyosatda foydalanuvchilarning o‘z akkauntlarida mavjud bo‘lgan
ma’lumotlarni himoya qilish majburiyati ko‘rsatilgan bo‘lib, foydalanuvchidan tarmoqdan yoki
Internetdagi kompyuterdan foydalanishida siyosat cheklovlarini qabul qilishi talab etiladi.
Ehtiyotkorlik siyosati tamoyillar, taqiqlar, qayta ko‘rib chiqish va jazo choralarini o‘z ichiga olib,
foydalanuvchini, shaxsiy sabablarga ko‘ra, korporativ resurslardan foydalanishini taqiqlaydi.
Maqbul foydalanish siyosati axborot xavfsizligi siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi.
Bunda, tashkilotlar, o‘zlarining yangi xodimlariga axborot resurslaridan foydalanishga ruxsat
berishdan oldin, maqbul foydalanish siyosati bo‘yicha tanishganligi xususida kafolat imzosi
olinadi.
Maqbul
foydalanish
siyosati
foydalanuvchilarni
axborot
texnologiyalari
infrastrukturasida nimalarni bajarish kerak va nimalarni bajarmaslik kerakligi haqidagi asosiy
jihatlarni o‘z ichiga oladi.
Maqbul foydalanish siyosati to‘g‘ri amalga oshirilganiga ishonch hosil qilish uchun
ma’mur doimiy ravishda xavfsizlik auditini olib borishi kerak. Masalan, aksariyat tashkilotlar
o‘z saytlarida va pochtalarida siyosatga aloqador va diniy mavzularda muzokaralar olib
borilishini taqiqlaydi. Maqbul foydalanish siyosatlarining aksariyatida siyosatni buzganlik uchun
jazolar tayinlanadi. Bunday jazolar foydalanuvchi akkauntini vaqtincha yopib qo‘yishdan tortib
qonuniy jazo choralarigacha bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |