1.2.
Shaxsning shakllanishi va o`z o`ziga baho berish muammosi.
Ushbu muammo yuzasidan psixologlar V.F.Safii, V.A.Alekseev, A.M.Prixojan,
tadqiqotlar olib borishgan. Ularning tadqiqotlarida kuzatilishicha, o`smirlikdan
o`spirinlikka o`tishda o`z o`zini tariflash ancha subyektiv, psixologik niqtai
nazardan amalga oshiriladi. Agar VI- VIII sinflarda oq`uvchilar o`z his tuyg`ulari,
kechinmalari haqida kam takidlashsa, yuqori sinflarda ko`pchilik o`quvchilar bu
14
haqida takidlaydilar. Bunda o`z xulq atvor va xarakterlarining o`zgaruvchanligi
situativligi haqida ko`plab fikrlar bildirilgan. Yuqori sinflarda o`z o`zini baholash
tashqi o`quv baholaridan ham bo`la boshlaydi.
Ma`lum bo`lishicha , yosh katta bo`lgan sari o`z o`zini baholashga yo`nalish ortib
boradi.
O`spirinlik
davrida
shaxsning
rivojlanishiga
oid
jarayonlarning
asosiy
xususiyatlari, avvalo o`z o`zini anglashning sezilarli o`sishi bilan bog`langan.
Biroq bu anglash oddiygina o`sishdan iborat bo`lib qolmasdan u sifat jihatdan
o`ziga xos xarakterga ega bo`ladi, bu hol o`z shaxsining ma`naviy psixologik
xususiyatlarini, konkret hayotiy maqsadlar va intilishlar nuqtai nazaridan anglash
va ularga baho berish extiyoji bilan bog`liq, o`spirinlarning o`z o`zini anglashidan
xuddi shu tomonlari bilan farq qiladi.
Xuddi ana shu narsa o`quvchida o`zining psixik hayotiga , o`z shaxsining
sifatlariga, oz qobiliyatlariga chuqur qiziqish chuqur qiziqish uyg`otadi, xuddi
shuning uchun ham o`z hatti - harakatlariga nazar tashlash, o`z his tuyg`ularini va
kechinmalarni bilib olish extiyoji paydo bo`ladi.
O`z o`zini anglash hayot va faoliyat talablaridan kelib chiqadi. Jamoadagi yangi
vaziyat tevarak atrofdagilarda bo`ladigan yangicha munosabatlar o`quvchini o`z
imkoniyatlarini baholashga, o`zining shaxsiy xususiyatlarini o`ziga nisbatan
qo`yilayotgan talablarga javob bera olishi yoki javob bera olmasligi nuqtai
nazardan anglashga majbur qiladi.Shunday qilib shaxsning o`zini o`zi baholashi
shaxs kamolotining muhim ko`rsatkichidir.Odamnihg o `ziga o`zi qanday
munosabatda bo`lishi unga atrofdagilarning qanday munosabatda bolishiga
bog`liqdir. O`zini o`zi baholash shaxsning xal qiluvchi xususiyat, uning
o`zagidir.O`zini o`zi baholash o`zini o`zi jamoadagi o`z faoliyati, o`z mavqei,
uning boshqa a`zolariga o`zining munosabatini baholashni o`z ichiga
oladi.Shaxsning faolligining jamoa faoliyatida ishtiroki, uning o`zini o`zi
tarbiyalashga intilishi o`zini o`zi baholash dastavval individ faoliyati natijalari
ta`sirida shakllandi. Bu natijalarni har doim atrofdagilar ham baholab boradilar.
15
Shuning uchun atrofdagilarning baxosi o`zini o`zini baholashni belgilab
beradi.O`ziga bo`lgan tuyg`u boshqalarning unga bildirgan fikri tufayli shakllanadi
va mustahkamlanadi.Agar atrofdagilar bolalarga hardoim hurmat bilan
munosabatda bo`lishsa u ham o`zini haqiqiy hurmatga sazovor deb hisoblay
boshlaydi. Aksincha, agar bolalarga muntazam iltifotsizlik ko`rsatilsa, asosiy etibor
uning kamchiliklariga qaratilsa, unda o`zini o`zi haqida hurmatga sazovor emas,
degan hulosa chiqaradi. Bunga nisbatan ham turlicha holat ham yuz berishi
mumkin:
Loqaydlik
Beodoblik
Tajavvuzkorlik
O`zini o`zi baholash shakllanib, borgan sari ular atrofdagilarning fikridan,
faoliyatning aniq natijalaridan tobora mustaqil bo`lib boradi. Barqaror o`zini o`zi
baholash shakllari bo`lishi bilan u o`zini o`zi mustahkamlashish tamoiliga ega
bo`ladi. U o`zini o`zi yuqori baholashiga ham, o`zini past baholashga ham
taalluqlidir.
Odamning o`zini o`zi baholash darajasi u hammaning o`rtasida bildiradigan fikr
bilan ham , u samimiy ravishda o`zi haqida nimani o`ylashi bilan ham
belgilanmaydi, balki muntazam ravishda o`ziga nisbatan qanday harakat qilishi
bilan belgilanadi. Agar odam unga etiborsizlik qilishlariga o`ta hissiyotli bo`lsa,
uning zaifliklari namoyon bo`lishi mumkin bo`lgan vaziyatlardan zo`r berib
qochishga urinsa, uning ish qobiliyatini yomonlashtiradigan darajagacha orzularga
berilsa, uning o`ziga ishonmasligi xususida xulosa chiqarish mumkin. Va aksincha
hatto odam juda kamtar bo`lib tuyuladi, o`ziga o`zi ancha yuqori baho berish
to`g`risida hukm chiqarish mumkin. Va aksincha hatto odam juda kamtar bo `lib
tuyulsada, o`ziga o`zi, ancha yuqori baho berishi to`g`risida hukm chiqarish
imkonini beradigan mezonlar ham mavjud bo`lsa, u atrofdagilarni haqoratlamay
o`z nuqtai nazariga amal qiladi
M.Rozenberg (1965-yil) 15-18 yoshdagi 5 mingdan ortiq yuqori sinf o`quvchilar
16
ini tadqiq qilish asosida o`zini yetarlicha hurmat qilmaydigan o`spirinlarda “men”
obrazi va uni o`zi haqidagi fikrlarining beqarorligiga xos degan xulosaga kelgan.
Amerikalik psixolog Govord Chkalon (1980) tadqiqotlarning ko`rsatishicha,
o`zidan qoniqmaslik va o`zini yuqori baholash har doim past hurmatlashdan
bo`lavermaydi. Real va ideal “men”ning mos kelmasligi o`z o`zini anglashni
normal tabiiy natijasidir deb takidlaganlar.
O`spirinlik yoshidagi o`zgarishlar maktab, oila, shaxslararo munosabatlardagi
mavqeni yanada mustahkamlashning muhim omili hisoblanadi. Lekin yetakchi
omil yangicha ta`lim muassasa o`quvchisi faoliyatining xususiyati, mohiyati va
mazmunidagi tub burilishdir.
O`spirinlarda avvalo o`zini anglashdagi siljish yaqqol ko`zga tashlanadi. Bu hol
shunchaki o`sishni bildirmaydi, balki o`z shaxsiyatining ma`naviy-psixologik
fazilatlarini, faol ijtimoiy turmush tarzining maqsad va vazifalarini anglashni,
oqilona baholashni aks ettiradi. O`spirinda o`zining ruhiy dunyosini, shaxsiy
fazilatlarini, aql-zakovatini, qobiliyati hamda imkoniyatini aniqlashga intilish
kuchayadi. O`z xulq-atvorini jilovlash, his-tuyg`ulari hamda ichki kechinmalarini
tushunish ishtiyoqi vujudga kela boshlaydi.
O`spirindagi o`zini anglash turmush, o`qish, mehnat va sport faoliyatlari taqozosi
bilan namoyon bo`ladi. Yangicha ta`lim muassasidagi odatlanilmagan vaziyatning
shaxslararo munosabat va muloqot ko`lamining kengayishi o`zining aqliy, axloqiy,
irodaviy his-tuyg`ularining xususiyatlarini oqilona baholash, qo`yilayotgan
talablarga javob tariqasida yondashish o`zini anglashni jadallashtiradi.
Bunday ta`lim tizimidagi o`quvchilarning o`zini anglashga aloqador xususiyatlari
mavjud. Ular avval, o`zlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutuq va kamchiliklarini,
munosib va nomunosib qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Agar o`smirda atrofdagi kishilarning oqilona baholashlari orqali aniq baholash
yuzaga kelsa, o`spirinda bu holat boshqacharoq tarzda kechadi, unda o`z shaxsiy
fazilatini, xulq-atvorini, aqliy va jismoniy mehnat faoliyatini tahlil qilish, qiyosiy
baholash mayli kuchayadi. O`spirin o`smirga qaraganda o`z ma`naviyati va
17
ruhiyatining xususiyatlarini to`laroq tasavvur eta olsa ham, ularni oqilona
baholashda kamchiliklarga yo`l qo`yadi. Natijada u o`z xususiyatlariga ortiqcha
baho berib, manmanlik, takabburlik, kibrlanish illatiga duchor bo`ladi, sinf (kurs)
va pedagoglar jamoalarining a`zolariga g`ayritabiiy munosabatda bo`la boshlaydi.
Shuningdek, ayrim o`spirinlar o`z xatti-harakatlari, aqliy imkoniyatlari va
qiziqishlariga past baho beradilar va o`zlarini kamtarona tutishga intiladilar.
Akademik litsey, kasb-hunar kolleji o`quvchisining o`smirlik yoshi davridagi
boladan boshqacha yana bir xususiyati − murakkab shaxslararo munosabatlarda
aks etuvchi burch, vijdon hissi, o`z qadr-qimmatini e`zozlash, sezish va
fahmlashga moyillikdir. Masalan, o`spirin yigit va qiz sezgirlik deganda nozik,
nafis holatlarning farqiga borish, zaruratni tez anglash, xolisona yordam
uyushtirishni, shaxsning nafsoniyatiga tegmasdan amalga oshirishni tushunadi.
O`spirin o`zining ezgu niyatini baholashga jamoada o`z o`rnini belgilash nuqtai
nazardan yondashadi, chunonchi “O`zim tanlagan mutaxassislikka yaroqlimanmi?”
“Jonajon respublikamga, ota-onamga munosib farzand bo`la olamanmi?”
“Jamiyatning taraqqiyotiga o`z ulushimni qo`sha olamanmi?” degan savollarga
javob qidiradi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, o`quvchida o`zining fazilati to`g`risida yaqqol
tasavvur hosil qilish uchun o`qituvchiga unga juda ustalik, bilimdonlik, ziyraklik
bilan yordam berishi lozim. U o`zining do`stona, iliq munosabati bilan sinf jamoasi
a`zolari e`tiborida ishonch, obro` qozonishi uchun har bir mulohazasida
pedagogik-psixologik nazokatga rioya qilsa yigit va qizlarda ham o`z kuchiga,
imkoniyatiga, qobiliyatiga, fahm-farosatiga ishonch hissini paydo qiladi. Ularda
ustozga chuqur hurmat, minnatdorchilik tuyg`ulari uyg`onadi.
O`spirin o`quvchida o`zini anglash negizida o`zini o`zi tarbiyalash istagi tug`iladi
va bu ishning vositalarini topish, ularni kundalik turmushga tatbiq qilish ehtiyoji
vujudga keladi. Lekin o`zlarining o`zini o`zi tarbiyalashi psixologiyasidagi mavjud
nuqsonlarga barham berish, ijobiy xislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib
qolmay, ularni kattalarga xos ko`p qirrali umumlashgan idealga mos ravishda
18
tarkib toptirishiga yo`naltirilgan bo`ladi.
O`spirinlik davrida o`quvchilar o`zlarida eng qimmatli fazilatlarni, o`quv va
malakalarni ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam tarkib toptirishga ehtiyoj
sezadilar. Ma`lumki, mazkur toifadagi ta`lim muassasi o`quvchilari ma`naviy-
psixologik qiyofaga ega bo`lish uchun oqilona o`lcham, mezon, vazifalarini
bajaruvchi barkamol, mukammal timsol, namuna, yuksak orzu tasvirini qidiradilar.
O`spirinlarda ideallar bir necha ko`rinishda namoyon bo`lishi va aks etishi
mumkin. Masalan, ular taniqli kishilarning qiyofalari, badiiy asar qahramon
timsolida o`zlarida yuksak fazilatlarni (sifatlarni) gavdalantirishni orzu qiladilar.
Biroq yigitlar bilan qizlar o`rtasida ideal obrazini tanlashda katta farq bo`ladi.
Masalan, qizlar ko`pincha mehnatkash ayolning, jozibali, nazokatli, iboli, iffatli
jamoat arbobining, badiiy asar qahramonining xususiyatlari mujassamlangan
qiyofalarni ideal darajasiga ko`taradilar. Ammo ayrim o`quvchilar tarixiy
shaxslarning masalan, baquvvat yo`lto`sar, oq ofitser, quv josus va boshqalarning
salbiy sifatlariga taqlid qilishga ham moyil bo`ladilar.
O`spirin o`quvchilarning o`zini o`zi tarbiyalashi o`quv yurtidagi jamoatchilik
tashkilotlarining, pedagoglar jamoasining tarbiyaviy ta`siri doirasida amalga
oshishi shart. Zeroki, o`zini o`zi takomillashtirish jamoada munosib o`rin egallash,
ijtimoiy burchni anglash va foydali mehnatga qiziqishga xizmat qilishi kerak.
Kuzatishlar va hayot tajribalarining ko`rsatishi ba`zi hollarda ilk o`spirinlar
o`zlarini qo`rqmas, jasur qilib ko`rsatishga, noo`rin xatti-harakatlarga moyil
bo`ladilar, qaltis yo`llar bilan o`z irodalarini tarbiyalashga intiladilar, goho
hayotlarini xavf ostida qoldirishgacha borib yetadilar. Shuning uchun ularga sun`iy
usullar va vositalar yordamida qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin emasligini
tushuntirish kerak. Shuningdek, ularni oqilona, maqsadga muvofiq samarali
usullardan foydalanish yo`llari bilan tanishtirish, haqiqiy chiniqish malakalari bilan
qurollantirish yaxshi natija beradi.
Akademik litsey, kasb-hunar kolleji o`quvchilari ma`naviy xislatlarga, axloq
normalarining mohiyatiga jiddiy munosabatda bo`ladilar. Ular axloqiy turkumlar,
19
birliklarning mazmunini, chuqur anglay boshlaydilar, har qaysi axloqiy
tushunchaning nozikligi va ko`p ma`noligini bilishga harakat qiladilar. Masalan,
burch, vijdon, g`urur, qadr-qimmat, faxrlanish, mas`uliyat, ornomus kabi
tushunchalarni chuqur tahlil qila oladilar. Lekin ularning hammalarini bu axloqiy
tushunchalarni yaxshi anglaydilar, deb bo`lmaydi. Shunga ko`ra, to`g`ri axloqiy
qarashlar, tasavvurlar tarkib topishi uchun adolatli turmush tarzining o`zi yetarli,
deyish mumkin emas. Va pedagog xotirjamlikka yo`l qo`ymasligi, sog`lom muhit
yaratish, barqaror shaxsni tarkib toptirish uchun doimo izlanishi zarur.
Shuningdek, maktabda, kollejda tarbiya ishlari izchil olib borilmasa, yigit va
qizlarda chinakam, barqaror e`tiqodlar shakllanmaydi. Ilk o`spirinlarda axloqiy
tushunchalarni oqilona shakllantirish lozim, ularga nojo`ya xulq-atvor, chet el
filmlarining mazmuni ma`naviyatga va ruhiyatga salbiy ta`sir etishini tushuntirish
zarur. Ijtimoiy hayotda uchraydigan yaramas yurish-turishlarga, illatlarga zarba
berish, ularning ta`siridan yigit va qizlarni asrash pedagoglar jamoasining muhim
vazifasi hisoblanadi.
O`spirinlarda balog`atga yetish tuyg`usi takomillashib borib, o`zining o`rnini
belgilash va ma`naviy dunyosini ifodalash tuyg`usiga aylanadi. Bu hol uning o`zini
alohida shaxs ekanligini, o`ziga xos xislatini tan olinishiga intilishida aks etadi.
Bunga esa moddalarga mayl qo`yish, murakkab tasviriy san`atga, musiqaga, kasb-
hunarga, tabiatga qiziqishni namoyish qilish yaqqol dalildir.
SHuni alohida ta`kidlash kerakki, o`spirin yoshidagi qizlar katta yoshdagi
kishilarning ta`siriga osonroq beriladi. O`spirin yigitlar esa kattalardan ko`ra
tengdoshlari ta`siriga ko`proq beriladilar. Shuning uchun maxsus o`quv yurti
o`quvchisi shaxsining tarkib topishiga maktab muhiti xususan sinf jamoasi, rasmiy
va norasmiy tengqurlar guruhi kuchli ta`sir etadi. Sinf, kurs jamoasi umumiy
maqsadni belgilashga, jamoa a`zolari o`rtasidagi munosabatlar o`rnatishga, shaxsiy
va jamoatchilik munosabatlar rivojlanishiga imkoniyatlar yaratadi. Sinf va
maktab jamoalari ta`sirida matonatlilik, jasurlik, sabr-toqatlilik, kamtarlik,
intizomlik, halollik, hamdardlik kabi fazilatlar takomillashadi va xudbinlik,
20
loqaydlik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, qo`rqoqlik, g`ayrlik singari
illatlarning barham topishi tezlashadi. Jamoa a`zolari o`rtasidagi ahillik, birlik,
yagona maqsadga intilish,
iliq psixologik muhit mavjud salbiy xatti-harakatlarni
yo`qotish uchun xizmat qiladi.
Kollej o`quvchilari shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlari alohida
ahamiyat kasb etadi. Ularning yuksak talablar qo`yishi natijasida ilk o`spirinlarda
faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat`iyatlilik, mas`uliyatlilik, tanqidiylik
singari fazilatlar barqarorlashadi. Mazkur tashkilotlap ilk o`spirinlardagi g`oyaviy-
siyosiy, vatanparvarlik, jamoachilik, insonparvarlik, o`zaro yordam, hamkorlik
tuyg`ularini mukammal bosqichga ko`taradi. Ana shularni kuzatib tadqiq etgan
psixolog
L.I.Umanskiy
tashkilotchilik
qobiliyati
o`zaro
uzviy
bog`liq
quyidagilardan iboratligini ta`kidlaydi:
1) tashkilotchilik tuyg`usi (psixologik topqirlik, kashfiyotchilik, nazokat, amaliy
aql-idrokda o`z ifodasini topadi);
2) tengdoshlariga emotsional-irodaviy ta`sir ko`rsatish imkoniyati (muammolar
yechimiga jalb qilish, ularning kuch-g`ayratini biriktirish);
3) tashkilotchilik faoliyatiga moyillik (emotsional his-tuyg`u, ijobiy munosabat,
faollik ko`rsatish, qat`iy qiziqish va hokazolar); L.I.Umanskiyning fikricha, ilk
o`spirin namunali tashkilotchi bo`lishi uchun unda quyidagi xislatlar bo`lishi
kerak:
a) axloqiy xislatlar − jamoatchilik, samimiylik, tashabbuskorlik, faollik,
mehnatsevarlik;
b) irodaviy xislatlar − matonat, qat`iyat, mustaqillik, tashabbuskorlik, batartiblik,
intizomlilik;
v) emotsional xislatlar − xushchaqchaqlik, tetiklik, hazilkashlik va yangilikni his
etish, o`z kuchiga ishonch, optimizm va boshqalar.
O`spirinlarning yana bir muhim xislati ularda yuksak darajadagi do`stlik, o`rtoqlik,
ulfatchilik, muhabbatning vujudga kelishidir. Shu his-tuyg`ular yigit va qizlarning
ma`naviyati va psixologiyasida qanday tus olishiga qarab, tarbiyaviy chora va
21
tadbirlarni amalga oshirish yaxshi natija beradi. Sinfdagi hamkorlik faoliyatida
o`zaro yordam hamjihatlilik, intilish va manfaatlar birligiga asoslangan o`rtoqlik
munosabatlari yuzaga keladi. O`rtoqlik munosabatlarining yuksak cho`qqisi
do`stlik hissida namoyon bo`ladi. Do`stlik hissi o`rtog`iga mehribonlikda u bilan
uchrashish va suhbatlashish, o`z fikr va hissiyotlari bilan o`rtoqlashishda ko`rinadi.
Haqiqiy do`stlik hissi o`zaro talabchanlik bilan bog`liq bo`lib, xatolarni birgalikda
tuzatishda ifodasini topadi.
Yigit bilan qiz o`rtasida muhabbat tuyg`usi vujudga kela boshlaydi. Muhabbatning
quvonchli lahzalari, iztirobli kechinmalari ikkala yoshning ruhiyatini egallaydi va
tobora chuqurlashib boradi, ular uchun dastlabki hayot sinovi vazifasi bo`ladi.
Mazkur his-tuyg`u o`spirinlarning o`zaro yaqinligi, hayotga qarashlari, qiziqishlari,
didlari va ezgu niyatlarining umumiyligi hamda butun umrga ahillik, ittifoqlik
umidini bag`ishlagan shodlik bilan xarakterlanadi.
Ilk o`spirin o`quvchilarda tabiat, san`at, adabiyot, madaniyat, ijtimoiy hayot
go`zalliklarini payqash, idrok qilish, sevish, ulardan ta`sirlanish, ma`naviy ozuqa
olish xislatlari paydo bo`ladi. Ularning psixologiyasida mayin sado, yoqimli nido,
qalbni to`lqinlantiruvchi musiqa, nozik his-tuyg`u, ezgulik hislari, mayllari
kuchayadi. Ayniqsa, estetik hislar ularning ma`naviyatidagi qo`pol, noxush, xunuk
va yoqimsiz qiliqlarning yo`qolishiga yordam beradi. Lekin bundan o`spirinlar
jo`shqin, keskin, shavq va zavqli damlardan butunlay voz kechadilar, degan ma`no
kelib chiqmaydi. Shunga qaramay, ilk o`spirin yigit va qizlar orasida estetik
tuyg`usi to`la shakllanmagan, noto`g`ri tasavvurga ega bo`lgan shaxslar ham
uchraydi. Ularda estetik his-tuyg`u o`ziga xos qarashlar va nuqtai nazarning
o`sishida ilm-fan va texnikaning rivoji, tafakkurning takomillashuvi, taqlidchanlik
muhim rol o`ynaydi. Buning uchun muayyan reja asosida turli muzeylar ko`rgazma
va konsert zallariga, kino, teatr, radio va telestudiyaga sayohatlar uyushtirish
maqsadga muvofiqdir.
Mazkur o`quvchilarning o`quv mashg`uloti o`z xususiyati va mazmuni bilan
boshqa yosh davridagi o`quvchilarning ta`lim jarayonidan tubdan farq qiladi.
22
O`quv rejasi va dasturining murakkablashuvi, yangi fanlar va fakultativ
kurslarning kiritilishi o`zlashtirishni nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishni
taqozo etadi. Ana shu sababli ularning munosabati ham o`zgaradi, ularda fanlarga
turlicha munosabatlar shakllana boshlaydi.
O`quvchilarning
fanlarga
munosabatlari
asosan
qaysi
fanning
inson
dunyoqarashidagi roliga faoliyatidagi va ijtimoiy ahamiyatiga amaliy xususiyatiga
o`zlashtirish imkoniyatiga va uni o`qitish metodikasiga bog`liq bo`ladi.
Ushbu yoshda bilishga qiziqish amaliy xususiyat kasb eta boshlaydi. Masalan, bu
qiziqish ijtimoiy-siyosiy masalalarga, texnikaga, tabiatga, osmon jismlariga,
jamiyatshunoslikka, huquqiy muamolarga, sport va hokazolarga yo`nalgan bo`ladi.
Ularning to`garaklarda faol qatnashishi qobiliyat va aqliy imkoniyatlariga qarab
amalga oshadi.
O`spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik, takomillashib boradi, mantiqiy xotira,
eslab qolishning yo`l va vositalari esa ta`lim jarayonida yetakchi rol o`ynay
boshlaydi. Ular topshiriqlarni bajarishda uning ma`nosi hamda mohiyatini to`la
anglab ish tutadilar, eslab qolish, esda qolish, esga tushirish jarayonlarning
samarali usullaridan unumli foydalanadilar. Bu jarayonlar muvaffaqiyatli amalga
oshishini ta`minlovchi diqqatning sifati va miqdori o`zgaradi. Diqqatni ko`chirish
va taqsimlash sezilarli
rivojlanadi, boshqalarning nuqtai nazariga e`tibor berish,
ularning nutqini tinglash, yozib olish, mulohaza yuritish mahorati oshadi va aqliy
qobiliyati takomillashadi.
O`spirinlarning tafakkuri tobora faol, mustaqil va ijodiy xususiyatlarga ega bo`lib
boradi. Lekin ularning fikr yuritishida birmuncha ob`ektiv va sub`ektiv
kamchiliklar uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |