O`SMIRLIK DAVRIDA OG`ISHGAN XULQ SHAKLLANISHI VA UNGA
TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
https://doi.org/10.5281/zenodo.6596952
Ravshanbekova Dilfuza Sherzod qizi
O`zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi
1-bosqich magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada shaxsning og`ishgan xulqi va uning shakllanishi
haqida nazariy ma’lumot hamda tahlillar bayon qilingan. Shuning bilan birga, maqolada
o`smirlik davrida deviant xulq-atvorning shakklanishi va unga ta’sir etuvchi omillarning
o`ziga xos jihatlari va ularning nazariy-ilmiy qarashlar yoritilinib berilgan.
Kalit so`z: deviant, determinatsiya, reduksiya, genetika, asotsial, dispozitsiya,
tajovuzkorlik, MNS, toksikomaniya va boshqalar.
Shaxsning og`ishgan xulqi – bu umumqabul qilingan yoki rasman
o`zgartirilgan ijtimoiy me’yorlarga mos tushmaydigan axloq. Boshqacha
aytganda, bunday xulq mavjud qonunlar, qoidalar, an’abalar va ijtimoiy
buyruqlarga mos tushmaydi.
Og`ishgan xulq determinatsiyasi haqidagi masala alohida diqqatga sazovor.
Determinatsiya tushunchasi ostida og`ishgan xulqni chaqiruvchi, qo`zg`atuvchi
yoki qo`llovcghi omillar yig`indisi tushuniladi. Determinatsiyalovchi omillar
shaxs shu tizim ostining biri hisoblanadigan ijtimoiy tashkilotlarning turlicha
darajalarida amal qiladi. “Jamiya va shaxs” tizimi bir vaqtning o`zida bir necha
darajada ishlaydi: geofizik, makrojamoatchilik, ijtimoiy-guruhli, mikroijtimoiy,
individual-shaxsiy, psixofiziologik.
Ajratilgan darajalarga muvofiq shaxs og`ishgan xulqini determinatsiyalovchi
quyidagi omillar guruhini aniqlash mumkin:
-
Jismoniy muhitning tashqi sharoitlari;
-
Tashqi ijtimoiy sharoitlar;
-
Ichki nasliy-biologik va konstitusional tizim;
-
Og`ishgan xulqning ichki shaxsiy sabablari va mexanizmlari
1
.
Deviant xulq-atvorning vujudga kelishi haqida ikki xil qarash mavjud bo`lib,
birinchisi tabiiy-biologik, ikkinchisi ijtimoiy reduksion fikrlardir. Tabiiy-biologik
qarashlarga ko`ra, deviant xulq-atvorning kelib chiqishida biologik omillarning
1
N.G`.Komilova. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi. O`quv qo`llanma. T.- 2007.
roli alohida o`rin tutadi. Genetik tuzilishning o`ziga xosligi, biohimik
boshqarishning buzilishi, asab tizimi mexanizmlari ish faoliyatining buzilishi va
boshqalar shunday omillardandir. Ijtimoiy-reduksion nazariyalar har qanday
ichki, shu jumladan, psixologik (shaxs dispozitsiyalari) rolini inkor etgan holda
og`ishgan xulq-atvorni ijtimoiy-iqtisodiy holatlar bilan tushuntirishga harakat
qiladi. Venger psixologi F.Patakining fikricha, deviant xulq-atvor tizimli yoki
ko`plab sababiy bog`liqlikka ega bo`lib, uning vujudga kelishi bir emas, balki bir
qancha ya’ni tarixiy, makrosotsiologik, ijtimoiy-psixologik va individual-shaxsniy
omillar roliga bog`liq.
Deviant xulq-atvorning shakllanishiga ham tashqi (jumladan, ijtimoiy-
iqtisodiy), ham ichki (psixologik) omillar ta’sir ko`rsatadi. Birinchi omillarga
ishsizlik, hayot tarzini pastligi, jamiyatda u yoki bu qatlamning yashash darajasi
va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruh omillarga L.M.Zyubinning fikricha quyidagi
omillar kiradi:
✓
Aqliy rivojlanishdagi yetishmovchilik (lekin patalogiya emas), bu holat
o`z xatti-harakatlarini to`g`ri tahlil qilish, oqibatini oldindan ko`rishga halaqit
beradi;
✓
Tafakkur mustaqilligining yetishmasligi, yuqori darajada konformlilik,
ta’sirlanuvchanlik;
✓
Quyi darajadagi aqliy faollik,, ma’naviy ehtiyojlarning qashshoqligi va
beqarorligi.
Ushbu muammo yuzasidan yana ikki xil psixologik (ichki) sabablarni
keltirish mumkin:
✓
Qanoatlantirilmagan prosotsial (ijtimoiy) ehtiyojlar bo`lib, ular ta’sirida
shaxsda ichki ziddiyat paydo bo`ladi va asotsial (jamiyat uchun zid bo`lgan)
ehtiyojlarning shakllanishiga olib keladi;
✓
Asotsial (jamiyat uchun zid bo`lgan) shaxs dispozitsiyalari
(motivatorlari), ular o`z navbatida asotsial yo`llar va vositalar bilan o`z
ehtiyojlarini qondirishga undaydi.
O`zligini anglash bilan bog`liq ehtiyojlarning qondirilmasligi bolada
tajovuzkorlikni vujudga keltiradi. O`zi yo`qotgan narsasining o`rniga
boshqanikini o`zlashtirib olishga intiladi. Mustaqillikka, erkinlikka bo`lgan
ehtiyojning qondirilmasligi hammaga nisbatan tajovuzkorlik, protest,
nomyishkorona bo`ysunmaslik, uydan qochib ketish kabi holatlarni vujudga
keltiradi. Oilada va tengdoshlari davrasida o`zining haqiqiy o`rnini topa olmaslik
o`z-o`zini tasdiqlashning negativ (salbiy) shakllaridan foydalanishga olib kelishi
mumkin.
Tarbiya buzilishi va xulq og`ishining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillar
2
.
Dostları ilə paylaş: |