Talabalar mustaqil ta’limini loyihalashtirish



Yüklə 236,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix02.06.2023
ölçüsü236,74 Kb.
#123480
  1   2   3   4   5   6   7
\'ruza matni



1
Talabalar mustaqil ta’limini loyihalashtirish 
Reja:
1. 
Talaba mustaqil ishining maqsad va vazifalari.
2. 
Talaba mustaqil ishning tashkiliy ishlari.
3. 
Talaba mustaqil ishining axborot ta’minoti.
4. 
Talabaning auditoriyada va undan tashqarida mustaqil ishi.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o’qituvchining rahbarligi va nazorat ostida 
talabada muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va
ko’nikmalarini shakillantirish va rivojlantirishdir.
Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;

kerakli ma’lumotlarni izlab topish, qulay usul va vositalarni aniqlash;

axborot manbalari va manzillardan samarali foydalanish;

ananaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, meyoriy hujjatlar bilan ishlash;

elektron o’quv adabiyotlar bilan ishlash;

internet tarmog’idan maqsadli foydalanish, berilgan topshiriqning ratsional 
yechimini belgilash;
2. Talaba mustaqil ishning tashkiliy ishlari.
Talaba mutaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:

ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlar yordamida mustaqil
o’zlashtirish;

hajmi, murakkabligi, mazmuni talabalarning o’zi tomonidan
shakllantiradigan ilmiy krossvordlar tuzish;

turli hil harakterdagi uy vazifalarini bajarish (masalalar yechish, turli jadvallar 
tuzish va to’ldirish);

amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish:
3. Talaba mustaqil ishining axborot ta’minoti.
Talabaga mustaqil ishni bajarish bo’yicha dastlabki ko’rsatma va tavsiyalar taqdim 
etiladi.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga ahborot manbai sifatida darslik va o’quv
qo’llanmalar, metodik qo’llanma va ko’rsatmalar, ma’lumotlar to’plami va ilmiy
ommaviy davriy nashrlar internet tarmog’idagi tegishli ma’lumotlar, beriladigan mavzu
bo’yicha avval bajarilgan ishlar namuna sifatida taqdim etiladi.
Universitet rahbariyati tomonidan talabalarga mustaqil ishlarni o’z vaqtida bajarish
uchun kompyuter texnikasi va internet tarmog’ida samarali foydalanish uchun shart 
sharoitlar yaratib beriladi.
Talabaning mustaqil ishi uning auditoriyada va undan tashqarida, o’qituvchi
rahbarligida yoki o’qituvchi ishtirokisiz amalga oshiriladigan mustaqil ish majmuini 
anglatadi. Mustaqil ish qanday sharoitlarda amalga oshiriladi:
1. 
Bevosita auditoriyada – maьruza, amaliy mashg’ulot, seminar yoki laboratoriya 
ishlari bo’yicha vazifalar berish jarayonida.
2. 
O’qituvchi bilan dars jadvalidan tashqari paytlardagi bevosita muloqot chog’ida 
maslahatlar berishda, ijodiy muloqotlar jarayonida, yakka topshiriq bajarishda va boshqalar.
3. 
Axborot resurs markazida, uyda, talabalar uylarida, kafedralarda talaba tomonidan 
o’quv yoki ijodiy topshiriklarni bajarish jarayonida.


2
Mustaqil ish bo’yicha test savollari, topshiriqlar va mashklar ustida ishlash asosan
mustaqil bajariladi. Bu ish natijalari esa auditoriyada (amaliy va laboratoriya)
mashg’ulotlarida o’qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va baholanadi.
4.а. Amaliy va laboratoriya ishlarni bajarish - Mustaqil ishlarning asosiy
ko’rinishlaridan biri amaliy ishlarni bajarish jarayonidir.
Amaliy mashg’ulotlar talabada bilimni mustahkamlovchi ularni yangi vaziyatga
ko’chirib, amaliy masala va vaziyatlarni hal qilish uchun umumpedagogik tushunchalar 
va asosiy pedagogik mahoratlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarida yangi psixologik-pedagogik tashxis va 
metodikalar bilan tanishib, ular bilan ishlaydilar, guruhlarga bo’lingan holda va pedagogik 
texnologiyalarni tahlil kilishadi.
Laboratoriya mashg’ulotlarining asosiy tavsifi shundaki, unda talabalar mustaqil 
ravishda vazifa bajaradilar yoki tajriba o’tkazadilar.
4.b.O’quv adabiyotlari bilan ishlash - Kitoblar va o’quv adabiyotlari bilan ishlash
ko’nikma va malakalarini shakllantirish mustaqil ta’lim olishning asosiy ko’rinishi 
hisoblanadi. O’quv adabiyotlari bilan ishlashni barcha ta’lim oluvchilar yaxshi
o’zlashtirgan bo’lishlari lozim. O’quv adabiyotlari deganda, darsliklar, o’quv
qo’llanmalar, texnik adabiyotlar, ma’lumotlar, yo’riqnomalar va h.k. tushunish mumkin.
4.c.CHizmalar va sxemalarni o’qish va tuzishni o’rganish - Kasb ta’limi
fakulьtetini ko’pchilik fanlari texnikaviy asoslarga ega bo’lganligi sababli chizmalarni
o’qish, sxemalarni tuzish muhim ahamiyat kasb etadi.
Talabalarga chizmalarni o’qish va tuzishni o’rgatish uchun ularda grafik bilim
elementlari bilan tanishishlari chizmalarni o’qishni o’rgatishdan boshlanadi.
Mashg’ulotlarda texnologik hujjatlar sifatida texnik rasmlar, eskizlar va ish chizmalaridan 
foydalaniladi.
Sxemalarni o’qish: mashinaning nomi, vazifasi va qaysi joylarda qo’llanishini
aniqlash; uning ish jarayonini tushuntirish; detallarning vaziyati, harakatni uzatish usullari 
hamda ketma-ketligini aniqlash;
4.d. Ma’ruza tayyorlash - Oliy ta’lim muassasalarida o’qitish jarayonida ta’lim
berishning turli shakl va metodlaridan foydalanilmoqda. Ta’limning asosiy shakli esa
ma’ruza hisoblanadi. Ma’ruza tayyorlash ancha murakkab va ko’p mehnat talab
qiladigan ish. Bo’lajak matematika o’qituvchilari matematika fanida ma’ruza tayyorlashlari
ularning ham pedagogik, metodik va kasbiy bilimlarni oshishiga olib keladi.
4.e. Masofali ta’lim texnologiyasi - Masofaviy ta’lim tizimi an’anaviy ta’lim
tizimini amalga oshirishda muammolarga duch kelingan yoki shartsharoit ushbu
jarayonni taqozo qilganda qo’llaniladi. Bu jarayon ma’lum muhitda ta’lim
samaradorligini oshirishga zamonaviy texnologiyalardan yetarlicha foydalanishga zamin 
yaratadi.
Masofaviy ta’limning asosini mustaqil ta’lim tashkil qilganligi uchun ham
talabalarda ijodiy tafakkur rivojlanib boradi. Masofaviy ta’limda o’quv jarayonining
muddati qat’iy belgilanmaydi. Nazorat ishlarini bajarish va javob yo’llashni talaba o’zi
mustaqil, o’ziga qulay vaqtda bajaradi. Ushbu masofaviy ta’lim samaradorligini
oishirishga xizmat qiladi. Masofaviy ta’limni tashkiliy-metodik modellarini quyidagi
asosda tavsiv qilish mumkin: korrespondentlik ta’limi, keys texnologiyasi, radio-
televizion ta’lim, tarmoqli o’qitish, mobil - texnologiyasi va h.
4.j.Uy vazifalarini bajarish daftarlari-ayrim talabalar uy vazifalarini bajarishda fan
kitoblaridan maxsus fanlarga taalluqli jurnal va gazetalardan, informatsion
texnologiyalardan foydalanib uy vazifasini bayon shaklida, ma’ruza matn shaklida, sxema 


3
shaklida bajarishi mumkin. Vazifalarni bajarishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib 
ma’lumotlar to’playdi, chizmalar chizadi. Bu esa mustaqil ish sifatida qabul qilinishi 
mumkin.
4.k.Nazorat ishlariga tayyorlanish - Testlarga va nazorat ishlariga tayyorlanish jarayoni
ham mustaqil ta’limning asosiy ko’rinishlaridan biri hisoblanadi.
Ta’lim olish davrida testlar va nazorat ishlari topshirish talabalardan katta
javobgarlik talab qiladi. Testlarda va nazorat ishlarida talabalar o’quv rejasini qanday
darajada o’zlashtirganliklari haqida hisobot beradilar. Talabalarning nazoratlarga o’z
xohishi asosida mukammal tayyorlanishi a’lo baho olishining garovidir. Talaba har bir 
darsga o’z vaqtida va yaxshi tayyorlansa ham u nazorat ishlaridan oldin baribir qayta
tayyorlanishi kerak, ya’ni materialni qayta o’qishi, umumlashtirishi va tizimlashtirishi 
lozim.
O’quv fani bo’yicha talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda joriy, oraliq va yakuniy 
nazoratlar jarayonida talabalarning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga 
olgan holda quyidagi shakl va turlaridan foydalanish tavsiya etiladi: 
Mustaqil 

Yüklə 236,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin