2. laboratoriya diоdli lampani o`chirib-yoqish dasturlarini tuzish va sоzlash. Ishdan maqsad



Yüklə 313,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix02.06.2023
ölçüsü313,27 Kb.
#124028
  1   2
02 - Laboratoriya



2. LABORATORIYA 
Diоdli lampani o`chirib-yoqish dasturlarini tuzish va sоzlash. 
Ishdan maqsad: Laboratoriya mashg’ulotda axborot texnologiyalari bilan 
jihozlangan auditoriyada har bir akademik guruhda alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar 
faol va interfaol usullar dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, aqliy xujum, yangi 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo’llaniladi. Talabalarga Diodli lampani 
boshqarish dasturlarini tuzish va sozlash xaqida umumiy tushuncha beriladi va bilim 
ko’nikma hosil qilish. 
1-keys. 
Mayoqni bir maromda yoqib-o‘chiradigan mikrokontrollerni dasturlash 
muammosini hal qiling. 
Ushbu masalani hal qilishni uni tahlil qilishdan boshlaymiz.
Mikrokontroller nuqtai-nazaridan mayoqni bir maromda yoqib-o‘chirish 
degani – bu lampaga elektr energiyasini berish, bir oz vaqt yoniq holatda ushlab 
turish, keyin energiyani o‘chirish, bir oz vaqt o‘chiq holatda ushlab turish va bu 
siklni doimiy ravishda takrorlash degani. Demak ushbu jarayonni biz quyidagi 
algoritm ko‘rinishda tasvirlashimiz mumkin: 
1. Kerakli ma’lumotlarni olish. 
2. Elektr toki yuboriladigan kanalni tanlash. 
3. Tanlangan kanal orqali lampaga tok (signal) yuborish. Bunda mayoq lampasi 
yonadi. 
4. Ma’lum vaqt kutib turish. 
5. Tanlangan kanal orqali lampaga ketayotgan tokni uzish. Bunda mayoq 
lampasi o‘chadi. 
6. YAna ma’lum vaqt kutib turish. 
7. 3-vazifaga qaytish. 


Ushbu algoritmdan anglash mumkinki, 3 dan 7 gacha bo‘lgan vazifalar hech 
qanday shartlarsiz doimiy ravishda takrorlanib turaveradi. Bu jarayon faqat 
mikrokontroller energiya manbaidan uzilgan taqdirdagina to‘xtaydi. 
YUqoridagi algoritmning dastur kodini yozishdan avval Arduino tipidagi 
mikrokontrollerning C++ tilidagi boshqaruv dasturining strukturasini o‘rganib 
olamiz. U quyidagi strukturaga ega bo‘lishi kerak. 
#include  
 
Global o‘zgaruvchilar tavsifi. 
 
void setup()

Funksiya tanasi. 

 
void loop()

 Funksiya tanasi. 

Struktura bo‘limlari vazifalari bilan batafsil tanishamiz. 
 


#include  
Bu erda boshqaruv jarayonida foydalaniladigan qurilmalar (sensorlar, 
dvigatellar va xokozo) uchun yaratilgan funksiyalar kutubxonalari dasturga ulab 
olinadi.
Bizning joriy masalamizda faqat lampadan foydalanilayotganligi sababli 
dasturda ushbu bo‘limning qatnashishi shart emas. CHunki, lampaga elektr toki 
yuborilsa bas, u maxsus topshiriqsiz yonaveradi. 
Global o‘zgaruvchilar tavsifi. 
 
Bu erda dastur tanasida foydalanilishi mumkin bo‘lgan farcha bir funksiya 
ichida qayta tavsiflash kerak emas. 
void setup()

Funksiya tanasi. 

Bu mikrokontrollerning bir ish seansi (u energiya manbaiga ulangandan 
boshlab, toki o‘chirilmagunga qadar) davomida faqat bir marta bajariladigan 
funksiya bo‘lib, u asosan mikrokontrollerni ishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. 
Masalan, bizning joriy masalamizda mikrokontrollerning birorta kanalini (kelgusida 
uni “pin” deb ataymiz) signal chiqish kanali deb belgilab olamiz. 


void loop()

 Funksiya tanasi. 

Bu funksiya asosiy boshqaruv funksiyasi bo‘lib, uning tanasi doimiy ravishda 
takror va takror bajarilib turadi. Ushbu funksiya ichidan tashqariga chiqib, ortga 
qaytish mumkin emas. Uning ishlash jarayonini vaqtincha tuxtatib turish (pauza) 
yoki batamom to‘xtatish mumkin. Oxirgi holatda mikrokontroller hech kanday 
vazifa bajarmay qo‘yadi va befoyda yonib turadi xolos. 
Endi ushbu strukturadan foydalanib, yuqorida keltirilgan algoritm dasturi 
kodini yozamiz. 
// Global o‘zgaruvchilarni tavsiflaymiz 
// Lampaga “led” o‘zgaruvchi nomini beramiz va
// uni mikrokontrollerning 2-piniga ulaymiz. 
 

Yüklə 313,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin