65
chiqarishga qaratilgan edi. Bular hammasi fuqaro mudofaasi tizimi o’rnida yangi
bir tizim tashkil etilishi lozimligini isbotlab berdi.
Fuqaro mudofaasi o’rnini bosishi mumkin bo’lgan yirik ko’lamdagi
favqulodda vaziyatlarga avvaldan tayyorlikni ta’minlovchi yangi maxsus davlat
tizimi egallishi, u tinchlik hamda urush davrida aholini va
hududlarni favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilishi lozim edi. Bu tizim aholini favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini o’tkazibgina qolmay, boshqa
muhim tadbirlarni: tabiiy ofatlardan xavfli
hududlar xaritalarini tuzish, seysmik
mustahkam bino va inshootlarni qurish, qisqa, o’rta va uzoq muddatli bashoratlash
ishlarini tashkil qilishi va aholi tayyorligini amalga oshirishi lozim edi.
Shu o’rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to’g’ri keladi.
Favqulodda vaziyatning o’zi nima, undan aholi va hududlarni muhofaza qilish
deganda nimani ko’zda tutishimiz lozim?
Dostları ilə paylaş: