Educational, natural and social sciences


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 437,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix03.06.2023
ölçüsü437,42 Kb.
#124497
1   2   3   4   5   6   7
dopingdan-foydalanishga-qarshi-kurashishning-xalqaro-huquqiy-asoslarini-qo-llash-bilan-bog-liq-munosabatlar(2)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
795 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
Ko'rinib turibdiki, barcha usullar umumiy huquqiy xususiyatga ega va milliy 
huquqqa ham xos xususiyatlarni o'z ichiga oladi. majburiy, ruxsat yoki taqiqlash
Sport tadbirlari vaqtida muxlislarning dopingdan foydalanish, zo‘ravonlik va 
bezorilik harakatlariga qarshi kurashish majburiy va taqiqlash usullari bilan tartibga 
solinadi. Sport musobaqalarini tashkil etishda majburiy va ruxsat berish usullari 
qo'llaniladi, o'yinchilarning xalqaro transferlarida esa turli kombinatsiyalarda ruxsat 
va taqiqlar qo'llaniladi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Xalqaro sport huquqining bevosita tamoyillariga kelsak, ular quyidagilarni o'z 
ichiga oladi: 
- "feyr-pley" - halol o'yin qoidalarini hurmat qilish va ularga rioya qilish 
tamoyili; 
Sportda dopingdan foydalanishni taqiqlash tamoyili va boshqalar. 
Turli xil moddalarni qabul qilish sportchilar salomatligiga putur yetkazadi, 
o'zaro munosabat, do'stlik va hamkorliklarga barham beradi. Shu sababdan, 1962-yil 
Moskvada bo'lib o'tgan XOQ sessiyasida maxsus rezolutsiya qabul qilingan, unda 
dopinga qarshi kurashda faol ishlash zarurligi uqdirilgan edi. Shunga qaramasdan, bu 
nuqson kamayish o'rniga tobora kengaymoqda. 1970-2005-yillar orasida har xil sport 
turlarida o'nlab jiddiy, hatto fojiaviy hodisalar hisobga olingan. IX Panamerika 
mintaqaviy o'yinlarda AQSHning 13 ta yengil atletikachisi doping ishlatganligi 
uchun o'yinlardan chetlashtirilgan. 
XII Osiyo o'yinlarida (Xirosima, 1994) 11 ta xitoy sportchisi (qizlar ham) man 
etilgan gormonal preparatlami ishlatganligi uchun musobaqalardan ozod qilingan. 
Shu sababdan, XOQ tomonidan so'nggi olimpiya o'yinlarida dopinga qarshi xizmat 
komissiyalari tuzildi. Xalqaro sportda doping ishlatish hollarining ko'payishi sababli 
XOQ 1999 yil 2-4 fevralda Xalqaro konferensiyada buni maxsus masala qilib ko'tarib 
chiqdi. Sportda bellashuvlarning halol, odilona bo'lishini ta'minlashda hakamlik omih 
ancha ustuvor turadi. XOQ xartiyasi va XSFlarning nizomlarida hakamlarning 
haqqoniy, adolatli bo'lishi alohida ta'kidlangan. 

Yüklə 437,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin