46
47
O‘stirdingiz baxt ichida, gulga o‘rab,
Qo‘lim tutib, nur ichida ko‘nglim qarab,
Ikki bahor, gulingizdan holin so‘rab,
Onajonim rozimisiz qizingizdan?!
Niyatim shu, sizlarni rozi qilmoqlik,
Bergan tarbiyangizga loyiq bo‘lmoqlik.
Doim faxrlanadigan qizingiz bo‘lib,
Nurli yuzlaringiz yorug’ qilmoqlik.
Baxtimizdan tabassum qiling, onajon ,
Yorug’ bo‘lgan bu nurli yuzingiz bo‘lay.
Inshaalloh faxrlanib , yuring , dadajon,
Payg’ambar suygandek, qizingiz bo‘lay!
JAHONNI LOL QILGAN MENING AJDODIM
Qonda yo‘q deydilar, bilimni ular,
Biladi, barchasin bilgandi ular.
Axir yashab o‘tgan buyuk bobolar
Aytingiz, aytinglar , kim edi ular.
Tunlarni tonglarga ulab, izlanib,
Bobom Mir Alisher qalam tebratdi.
Bir misra she’riga oshiq qoldirib,
Lutfiyning ishqini yoqib, quvnatdi.
Arastuning yo‘lin davom etdilar,
“Muallimi soniy” nomin oldilar.
Izlanib hech qachon ortga chekinmay,
Axir , u Farobiy bobom edilar.
Tibbiyot ham hayron, tibbiyot ham lol,
Topildi , axir ming dardlarga shifo.
O‘rganib, shu uchun yillar o‘tkazib,
‘’Tib qonunlar’’ ilmin yaratdi Sino.
Ajdodlar orzu qilgan kunlar ham keldi,
Yashayapmiz go‘zal, tinchtotuv yurtda.
Do‘stim quvnab, yayrab yashaymiz endi,
Barchasi yurtboshim mehnatlarida.
Ey farzand, qonimda bilim yo‘q dema,
O‘zbeksan ajdodlar qoni oqmoqda.
Mustaqil yurtimning baxti tonglari,
Yuksak zafarlarga olib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: