MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI
Quyidagi variantlar asosida Windows Forms ilova dasturini yarating. Guruh
roʻyxatidagi raqamingizni 24 ga boʻgandagi qoldiq Sizning variantingiz, agar qoldiq
0 boʻlsa, 24-variant Sizniki.
HEMISga javob sifatida yuklayotgan dasturingizda quyidagilar aks etsin:
1) Dasturning forma
qismidan screenshotlar
2)
Dasturning kod qismi
3) Dastur bajarilishidan screenshotlar
Tayyorlanggan dastur loyihasi joylashgan papkani arxivlab oʻqituvchiga
topshirng
VARIANTLAR
1-VARIANT. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu dasturingiz regular
ifodalardan foydalangan holda quyidagi masalani hal etsin:
Berilgan matnda koʻrsatilgan matn qismi joylashgan soʻzlar soni nechtaligini hamda
shu soʻzlarning oʻzini aniqlang:
2-VARIANT. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu dasturingiz regular
ifodalardan foydalangan holda quyidagi masalani hal etsin:
Berilgan matnda Regulyar ifodadan foydalangan holda tinish belgilaridan soʻng
faqat bitta boʻsh joy boʻlishini ta’minlang
3-VARIANT. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu dasturingiz regular
ifodalardan foydalangan holda quyidagi masalani hal etsin:
Berilgan matnda bitta belgi ketma-ket ikki martadan koʻp
uchraydigan holat
mavjudligini aniqlang. Agar mavjud bo’lsa ularning
sonini aniqlang va ularning
ketma-ket ikkita qolishini ta’minlang.
4-VARIANT. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu dasturingiz regular
ifodalardan foydalangan holda quyidagi masalani hal etsin:
Berilgan matnda koʻrsatilgan matn qismi nechtaligini hamda shu soʻzlarning oʻzini
aniqlang:
5-VARIANT. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu dasturingiz regular
ifodalardan foydalangan holda quyidagi masalani hal etsin:
Oʻzbekiston Markaziy banki valyutalar kursi boʻyicha 1
AQSh dollari necha
Rossiya rubliga
teng ekanligini aniqlang