“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix05.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#124929
1   2   3   4   5   6   7
105-111 (1)

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-25, Issue-1, January - 2023
 
106 
nomli buyuk asarlaridan tasavvuf muxlislari bahramand bo‘ldilar. Olimning “At-tibr 
al-masbuk fi nasihat ul-mulk” (“Sultonlarga nasihat”) asarida davlat hukmdori, uning 
xislatlari, fazilatlari, zimmasida yotgan majburiyatlar batafsil bayon qiliniadi. Asarda 
ijtimoiy munosabatlar tartibi, hokim va fuqaro munosabatlari batafsil tushuntirib 
beriladi. 
Imom G‘azzoliy mantiqqa oid asarlar ham yozgan. Olim hayoti davomida ikki 
marta o‘zi haqida shubhaga borgan. Birinchisida, o‘rgangan ilmlarining hammasida 
kamchiliklar ko‘p bo‘lsa kerak, deb shubhaga boradi va o‘zicha mutlaq haqiqatni izlay 
boshlaydi. U oldiniga haqiqat tuyg‘ularda deb biladi, ammo tez orada tuyg‘ular aldashi 
mumkinligiga ishonch xosil qiladi. So‘ngra aniq bilimlar haq, degan xulosaga keladi 
va “balki aql ham aldar”, deb ikkilanadi. Pirovardida, Allohning hidoyati - qalbga 
yorug‘lik beruvchi ilmlar kabi, aniq ilmlar ham haqiqat ekanligiga ishonch hosil qiladi. 
G‘azzoliyning ikkinchi ruhiy iztirobi 38 yoshida yuz beradi. Bir kuni u: "Qilayotgan 
barcha ishlarim shon-shuhrat, amal-mansab, nufuz va mol-dunyo uchun emasmi?"- 
degan shubhaga tushib, tinchini yo‘qotadi. Shu bois u, mudarrislikdan voz kechib
faqirona hayot kechirishga o‘tadi. Yeyish-ichishni ham keskin kamaytirib, jismonan 
zaiflashadi. Haqiqat faqat mutasavviflarning kamtarona yashash tarzida bo‘lishi 
mumkin, degan xulosaga kelib, umrining oxiriga qadar ko‘zga tashlanmay yashaydi. 
Alloma tasavvufni islom ilmlarining tarkibiy qismi sifatida chuqur o‘rganib, tariqatni 
odamning axloqini poklovchi va halok etuvchi xislatlardan qutqaruvchi yo‘l deb 
ko‘rsatadi. 
U har bir ilmni dadillik bilan o‘rgangan. Har bir toifaning aqidasini yaxshilab 
tafakkuridan o‘tkazgan. Imom G‘azzoliyning yozishicha, ilm ikki xil bo‘ladi. Biri - 
taqlidiy ilm, ya’ni o‘tmishdan meros qolgan, ota-ona va ustozlardan olinadigan 
bilimlar. Ikkinchisi - kashf etilgan ilm. Taqlidiy ilm ko‘r-ko‘rona ergashish bilan 
bo‘ladi, kashf etilgan ilm esa har bir shaxsning qobiliyati, shuuriy izlanishi orqali 
qo‘lga kiritiladi. Hayotda juda ko‘p odamlar taqlidiy bilimlar bilan qanoatlanadilar. 
Chunki yangilik yaratmay, tayyor hunarlar, ilmlarni o‘rganib, ko‘p qatori yashash 
oson. Ammo taraqqiyot uchun, insoniyat tafakkurini olg‘a siljitish uchun ilohiy va 
dunyoviy haqiqatlarni, mohiyatlarni izlash, kashf ztish zarur. Bu ayrim buyuk 
shaxslarning nasibasi. Shunday buyuk shaxslardan biri bo‘lgan Imom Abuhomid 
G‘azzoliy Haqiqat tolibi bo‘lib, avval kalom nlmini, so‘ngra falsafani, keyin ismoiliya 
ta’limotini va oxiri tasavvufni o‘rganishga kirishgan. U ilmi kalom haqida, falsafa va 
ismoiliya haqida bir nechta kitob yozadi. Olim shunday xulosaga keladiki, ilmi kalom 
ham, falsafa va ismoiliya ham ilohiy haqiqatlarni yangilatishga qodir emas. Mana 
uning xulosalari: 
«Mutakallimlar o‘z aqidalarini chuqurlashtirish uchun javhar va araz (falsafa 
tushunchalari) masalalarida bahs boshladilar va falsafaga qo‘l urdilar. Lekin ular 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin