249
bir komp’yuterga tarqatiladi. Shuningdek, guruhli nomlar bilan ham ishlash
qo‘llaniladi, bu esa axborotlarni birdaniga bir necha manzilga uzatish imkonini
yaratadi.Net BEUI protokolining asosiy afzalligi ishlash tezligi va resurslarga bo‘lgan
kam talabidir. Agarda katta bo‘lmagan bir segmentdan
iborat tarmoqlarda axborot
almashinuvini tez tashkil qilish talab etilsa, u holda bu protokoldan yaxshisitopilmaydi.
Undan tashqari xabarlarni yetkazish uchuno‘rnatilgan bog‘lanishlar zarur talab emas:
protokolda bog‘lanish bo‘lmagan holda datagramma usuli qo‘llanilib, xabar
jo‘natuvchining va qabul qmluvchining manzili bilan ta’minlanadi va «yo‘lga
jo‘natiladi».Lekin NetBEUI ning asosiy kamchiligi ham mavjud bo‘lib, u paketni
yo‘naltirish tushunchasidan to‘liq mahrumdir, shuning uchun uni murakkab
tarmoqlarda foydalanish maqsadga muvofiq emas.SMB (Server Message Block)
protokoli yordamida esa tar-moqning ishini uchta eng yuqori bosqichlarda tashkil etish
mumkinyu
Bular aloqa vaqti, prezentatsiya va amaliy faqat undan foydalanish
orqaligina fayllarga bog‘lanish mumkin, ya’ni printer vatarmoqning boshqa
resurslariga. Bu protokol bir necha marotaba rivojlantirilgan, shuning uchun uni
Microsoft Vista va Windows 7 zamonaviy operatsion tizimlarda tadbiq qilish mumkin.
mumkin,
HTTP. Bu protokol protokollar orasida eng ko‘p ishlatiladigani bo‘lib,
u bilan
millionlab foydalanuvchilar Internetda dunyo bo‘yicha har kuni ishlaydilar. HTTP
(Hyper Text Transfer Protocol) protokoli maxsus Internet uchun loyihalashtirilgan. U
«mijoz – server» texnologiyada ishlaydi, ya’ni axborotni so‘rovchi mijoz mavjud va
bu so‘rovlarga ishlov berib uni jo‘natuvchi server qismi ham mavjud deb
bilinadi.HTTP ilovalar bosqichida ishlaydi. Bu shuni bildiradiki, ko‘rilayotgan
protokol transport protokolining
xizmatidan foydalanishi darkor, ya’ni TCP
protokolidan.O‘z ishida protokol URI (Uniform Resource Identifier) resursni noyob
identifikatori tushunchasi ishlatiladi. URI parametrlar bilan ishlashni quvvatlaydi, bu
hol esa protokolning vazifasini kengaytiradi. Parametrlardan foydalanib serverdan
javobni qanday formatda va kodirovkada olishni ta’kidlash mumkin. Bu esa o‘z
navbatida HTTP yordamida nafaqat matn li hujjatlarni, har qanday ikkilik tizimidagi
ma’lumotlarni ham uzatish imkonini beradi.HTTP protokolining asosiy kamchiligi
matnli axborotni ortiqcha hajmdaligi bo‘lib, mijoz serverdan olingan javoblarni to‘g‘ri
ifodalay olishi uchun zarurdir. Veb sahifalarning hajmi katta bo‘lganda, ortiqcha katta
trafik hosil qilishi mumkin. Undan tashqari protokol
holatini saqlashning
mexanizmidan to‘liq mahrum, bu esa Veb sahifalar bo‘yicha bitta HTTP yordamida
harakat qilishga imkon bermaydi. Shu sababli HTTP protokol bilan birgalikda
foydalanuvchi brauzerlar bilan ishlash zarur.
FTP. FTP – protokoli (File Transfer Protocol) HTTP protokolidan farqli fayllar
bilan ishlaydi. Bu protokol amaliy bosqichda ishlaydi vatransport protokoli sifatida
TCP – protokolini ishlatadi. Uning asosiy vazifasi fayllarni FTP – serverga uzatish
250
hamda undan olishdir. FTP – protokoli buyruqlar to‘plamidan iborat bo‘lib,
axborotlarni uzatish va ulash tartiblarini bayon qiladi. Bu holda buyruqlar va axborotlar
turli portlardan foydalanib uzatiladi. Standart portlar sifatida 21 va 20 –
portlar
ishlatiladi: birinchisi – axborotlarni uzatadi, ikkinchisi buyruqlarni uzatadi. Undan
tashqari portlar dinamik bo‘lishi mumkin. FTP – protokolining asosiy kamchiligi,
axborotlarni shifrlash mexanizmi yo‘qligidir. Bu esa bosh trafikka ega bo‘lib, uning
yordamida foydalanuvchining
nomini va shuningdek, uning FTP – serverga ulanish
parolini aniqlash imkonini beradi. Bu holni bartaraf etish uchun parallel ravishda SSL
protokolidan foydalaniladi, bu esa axborotlarni shifrlashni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: