O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Nazorat savollari. 
 
1. Faoliyat va uning tuzilishi haqida umumiy tushuncha bering? 
2. Faoliyat predmetliligi nimalar kiradi? 
3. Oriyentirlangan va bajaruvchi faoliyat, individual va hamkor, ijodiy va 
ijodsiz faoliyat nima? 
4. Faoliyatning samaradorligini ta`minlovchi omillarni sanab bering? 
 


120 
15-MAVZU. PSIXOLOGIYADA SHAXS VA JAMIYAT MUAMMOSI 
Tayanch tushunchalar: shaxs tushunchasi, makro va mikro bosqichdagi 
ta‟sirlar, nativizm, empirizm, e‟tiqod; mafkuraviy tasavvur, shaxs ongiga 
singdirish, ijtimoiylashuv jarayoni, ijtimoiy institutlar, mas‟uliyat, maqsad, 
ideallar, qiziqishlar, e‟tiqod, iymon, dunyoqarash. 
 
15.1. Shaxs ijtimoiy ta‟sirlar mahsuli sifatida. “Shaxs” tushunchasi. 
“Homo sapiens” – “aqlli zot” tushunchalari. 
“Shaxs” tushunchasi psixologiyada eng ko‟p qo‟llaniladigan tushunchalar 
sirasiga kiradi. Psixologiya o‟rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha 
atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday 
olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‟lgan 
aloqasi masalasini chetlab o‟tolmagan. 
Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, “Homo sapiens” – “aqlli zot” tushunchasini 
o‟zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‟lganiga taxminan 40 ming yildan 
oshibdi. Bu davrda olimlarning e‟tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan. 
Ch.Darvin ta‟biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib 
qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko‟proq biologik 
omillardan ko‟ra, ijtimoiy omillar ta‟sirida ro‟y bermoqda. Shuning uchun ham har 
bir individni yoki shaxsni o‟rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va 
uning ijtimoiy normalari doirasida o‟rganishni taqozo etadi. 
Ijtimoiy muhit – bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat 
ko‟rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan 
aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy 
xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‟ladi. 
Demak, har bir shaxsning fe‟l-atvorida atrofdagi do‟stu-yorlari, oilasi, tarixiy 
zamon, davr, davlat tuzumi va o‟sha jamiyatdagi siyosat, iqtisodiyot va 
mafkuraning ta‟siri bo‟lib, bu ta‟sir uning yaxlit dunyoqarashi, fikrlash tarzi, 
tafakkurida o‟z aksini topadi. Bunday ta‟sirlarning ikki xili farqlanadi: 
makro bosqichdagi ta‟sirlar, ya‟ni keng ma‟nodagi ijtimoiy-ma‟naviy, 


121 
siyosiy hamda iqtisodiy muhit ta‟sirlari; 
mikro bosqichdagi ta‟sirlar, yoki odamni bevosita o‟rab turgan muhitdagi 
ijtimoiy muloqot va muomaladan ta‟sirlanishi. Boshqacha qilib aytganda, bunday 
ta‟sirlarni shaxs bevosita oila muhiti, ta‟lim muassasalari, mahalla-kuy, mehnat 
jaoasidagi hamda do‟stlari davrasidagi mulolqotlardan oladi. 
Bir qarashda ikkinchi bosqich ta‟sirlarigina shaxsning insoniy qiyofasi hamda 
fe‟l-atvorini belgilaydiganday tuyuladi. Chunki xalqimizda “qush uyasida 
ko‟rganini qiladi”, degan naql ham bor. Ayniqsa, bizning “o‟zbekchiligimiz”da 
odamning tug‟ilib o‟sgan oilasi, mahallasi, kimning avlodi-yu, kimning zurriyodi 
ekanligi, ta‟lim olgan dargohiga katta e‟tibor beriladi. Ko‟pincha xalqda: “Hovli 
olma, qo‟shni ol”, degan maqol ham ishlatiladiki, bu ham farzandlar kamoli va 
oilaning tinchligida yon-atrofning ahamiyatiga ishoradir. Lekin makro bosqichdagi 
ta‟sirlarning ahamiyatini kamsitish ham to‟g‟ri bo‟lmaydi. Masalan, sho‟rolar 
tuzumi jamiyat a‟zolarini mute, manqurt, tobe, ma‟lum bir ma‟noda iymonsiz 
bo‟lib qolishiga sababchi bo‟ldi. Chunki bunga asosan o‟sha muhitdagi nosog‟lom 
e‟tiqodlar, g‟ayriinsoniy tashviqotlar, inson qadrini, uning mehnatini yerga uruvchi 
iqtisodiy siyosat (hamma bir xil turmush tarziga ega bo‟lishi, “ishlamasa ham 
tishlayverish”), kommunistik mafkura sabab bo‟ldi. Tarixdan shu narsa ma‟lumki, 
qaysi davlat va jamiyat tarixida bosqinchilik siyosati yurgizilgan bo‟lsa, o‟sha 
jamiyat odamlari psixologiyasida tobelik, diyonatsizlik, ixlossizlik ustun 
bo‟lavergan. 
Mustaqillik psixologiyasi shundayki, unda har bir shaxs o‟zining erkin 
mehnati bilan o‟zi va o‟zgalar manfaati haqida birday qayg‟uradi, chunki har bir 
shaxs fidokorona mehnat qilmasa, tinimsiz izlanmasa, na o‟zining, na 
yaqinlarining, boshqalarning “kosasi oqarmaydi”, “biri ikki bo‟lmaydi”. Shuning 
uchun ham istiqlol yillarida O‟zbekiston fuqarolarining psixologiyasida, ularning 
qadriyatlarni idrok qilishlari va kundalik amallarida o‟z shaxsiy kamoloti, oilasi 
farovonligi, Vatan ravnaqi uchun nima qilish lozimligini ifodalovchi qarashlarida 
tub o‟zgarishlar ro‟y bermoqda. Bu o‟zgarishlarni o‟rganuvchi psixologiya fani 
oldida ham qator dolzarb vazifalar turibdi. 


122 
Psixologiya ilmining namoyondalari bo‟lmish olimlarning butun bir avlodi 
ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida, makro hamda mikro bosqichlardagi 
ta‟sirlarning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi 
qonuniyatlarini izladilar. Abu Nasr Farobiy, A.Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi 
yuzlab Sharq allomalari ham bu o‟zaro bog‟liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini 
ochishga o‟zlarining eng durdona asarlarini bag‟ishlaganlar. Barcha qarashlarga 
umumiy bo‟lgan narsa shu bo‟lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun 
avvalo uning shu jamiyatda tutgan o‟rni va mavqyeini bilish zarur. Shaxsni 
o‟rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy 
mavqeyi, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‟rni bilan belgilanishi kerak. Lekin, 
shaxs bilan jamiyat o‟rtasidagi o‟zaro aloqalar masalasida birdaniga, bir xil 
yechimga kelinmagan. Bu o‟zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan 
kelib chiqadi. 
Nativizm yo‟nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni 
tug‟ma xarakterga ega, deb e‟tirof etadilar (Lens, Gruber va boshqalar). 
Empirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug‟ilgan bola go‟yoki “top-toza 
taxta” (tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o‟zining qonuniyatlarini yozadi 
va bola ularga so‟zsiz bo‟ysunishga majbur. Bu yo‟nalishning asoschilaridan biri 
J.Lokk bo‟lib (1632-1704), uning fikricha, tug‟ma fikrlar yoki g‟oyalar bo‟lishi 
mumkin emas, ular xohish-tilak va og‟riq kabi elementar sezgilarning qayta 
ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o‟xshash turli xil sezgilar va 
g‟oyalarning assosiasiyasi ro‟y beradi. 
G.Leybnis (1646-1716) Lokka e‟tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof 
doskaning o‟zi bo‟lmaydi, hattoki, eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham 
sezilarli teshiklar, do‟ngliklar yoki tug‟ma asoratlar bo‟ladi-ki, ular odamning 
sezish va bilish organlari vositasida anglanishi mumkin. Xuddi shunday, inson 
bolasi ham tug‟ilishdan muayyan belgilar, xususiyatlar bilan tug‟iladi-ki, ularni biz 
layoqatlar, iqtidor, genetik xususiyatlar, deb ataymiz. Aynan shu tug‟ma belgilar 
inson taqdirida ma‟lum rol o‟ynaydi, lekin yetakchi, sezilarli ta‟sirlar hayotning 
keyingi bosqichlarida, turli faoliyatlarni (o‟yin, o‟qish, mehnat va b.q.) amalga 


123 
oshirish jarayonida bilinib, shaxs sifatlarini shaklantirishga xizmat qiladi. 
Bu ikkala yirik yo‟nalish o‟rtasidagi tortishuvlarga chek qo‟yish maqsadida 
F.Galton qator eksperimental tadqiqotlar o‟tkazib, har bir individga xos differensial 
xususiyatlar mavjudligini “egizaklar metodi” yordamida asoslashga harakat qildi. 
3-jadvalda Galton tomonidan irsiy va orttirilgan sifatlar munosabati yuzasidan 
aniqlangan natijalardan musiqaga layoqatlilik misolida keltirilgan. 
Egizaklardagi musiqaga moyillikning korrelyatsion ko‟rsatgichi ham yuqori 
bo‟lib (p=0,7), egizak bo‟lmaganlardan ancha farq qiladi (p=0,3-0,4). 
Galtondan keyingi tadqiqotlarda musiqaga bo‟lgan qobiliyatga ona tilining 
xususiyati ta‟sir qilishi yumshoq-tonal yoki keskir-tonal bo‟lmagan tillar misolida 
aniqlandi. Masalan, keskinroq hisoblangan rus tilida gapiruvchi bolalardagi 
musiqani idrok qilish yumshoq, tonal tillarda so‟zlashuvchi vyetnamliklarning 
idrokidan ancha past chiqqan. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin