O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


Musiqiy qobiliyatlardagi irsiy xususiyatlar



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Musiqiy qobiliyatlardagi irsiy xususiyatlar 
Ota-onalar, bolalar 
Musiqaga moyil 
Musiqaga moyil emas 
Musiqaga moyil 
85 % 
7 % 
Musiqaga moyil emas 
25 % 
58 % 
Lekin yuqoridagi fikrlar va tortishuvlarning kelib chiqish sababi tushunarli 
bo‟lishi kerak: ular insonning asl mohiyatini tushunish va uning xulqini boshqarish 
ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Demak, inson jamiyat a‟zosi sifatida uning 
normalariga bo‟ysunadi, uning kutishlariga javob berishga harakat qiladi va o‟z 
xulqini uning talablariga monand qilishga intiladi. Shu nuqtai nazardan kelib 
chiqib, shaxs fenomeniga ta‟rif berish mumkin. 
Shaxs – ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning 
subyekti bo‟lmish individdir. 
Shaxsga taalluqli bo‟lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab 
ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham 
obyekt, ham subyekt bo‟lishlikdir. Shaxsga taalluqli bo‟lgan fazilatlardan eng 


124 
muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta‟sirlarni o‟z ongi va idroki bilan qabul qilib 
(obyektni), so‟ngra shu ta‟sirlarning subyekti sifatida faoliyat ko‟rsatadi. Oddiy 
qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq “mening hayotim”, “bizning dunyo” 
degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o‟sha biz bilgan va har kuni his 
qiladigan siyosat, huquq, ahloq olamidir. Bu muhit – kelishuvlar, tortishuvlar, 
hamkorliklar, an‟analar, udumlar, turli xil tillar olami bo‟lib, undagi ko‟plab 
qoidalarga ko‟pchilik mutloq qo‟shiladi, ba‟zilar qisman qo‟shiladi. Bu shunday 
qoidalar va normalar olamiki, ularga bo‟ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, 
ta‟qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan 
barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi subyekt bo‟lsa, jamiyat – ijtimoiy intizom 
va tartibning, madaniyatning mufassal ko‟rinishidir. 
Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar majmui 
ta‟sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma‟naviy, axloqiy va boshqalar. Bu 
ta‟sirotlar mohiyatan aslida jamiyat a‟zolari bo‟lmish shaxslar o‟rtasidagi o‟zaro 
munosabatlarning ayrim alohida yo‟nalishlarini belgilab beradi. 
Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta‟sirida bo‟ladi va 
ko‟plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o‟quv maskanlari, mehnat jamoalari, 
norasmiy tashkilotlar, din, san‟at, madaniyat va boshq.) bilan bog‟liq bo‟ladi. 
Masalan, shaxsdagi turli g‟oyalar, fikrlar va e‟tiqodiy dunyoqarashlar mafkuraviy 
munosabatlar tizimi ta‟sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog‟cha, maktab va 
boshqa o‟quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta‟sir 
uning e‟tiqodi darajasida ko‟tarilsa, va unda yana yangidan-yangi fikrlar va 
g‟oyalarning paydo bo‟lishi va o‟sishiga olib kelsa, u shaxsning maslagiga 
aylanadi hamda u hayoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, o‟z 
qobiliyatlari, malaka va ko‟nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida yo 
o‟qituvchi, yoki vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muxandis bo‟lib, el-yurtiga xizmat 
qiladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin