O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Birinchidan, o‟zidagi qiziqishlar, shaxsiy manfaat va e‟tiqodiga mos 
narsalarga juda tez ishonadi. Masalan, ishlab chiqarishda xodimni ishontirish 
uchun uning oilasi manfaatlari, kelajak istiqboli va professional o‟sishiga aloqador 
gaplar orqali yangi fikrni bayon etish unda teran qiziqishni tug‟diradi. Agar biz 
milliy g‟oyaning mazmunini ifodalovchi ijtimoiy simvollar – so‟zlar, obrazlar, 
narsalar, harakatlar mazmunini o‟z o‟rnida ishlatib, fikrimizni bayon etsak, 
shaxsga ma‟qul va manzur bo‟lishi, u bunga ishonishi mumkin.
Ikkinchidan, yangi g‟oyalar nafaqat shaxs yoki ijtimoiy guruhlar tomonidan u 
yoki bu tarzda idrok etilishi, ya‟ni, eshitilishi, ko‟rilishi, his qilinishi lozim, balki 
ular xalqqa tushunarli bo‟lishi kerak. Demak, milliy istiqlol g‟oyalarini 
ifodalovchi barcha tushunchalar oddiy, ixcham, konseptual hamda kategorial 
bo‟lishi kerak. Masalan, “barkamol avlod” g‟oyasi, “sog‟lom avlod”, “Vatan 
yagonadir”, “O‟zbekistonning kelajagi buyuk” kabi g‟oyalar har bir inson uchun 
tushunarli va o‟zini hurmat qilgan har bir shaxs uchun manfaatlidir. 
Uchinchidan, ilg‟or g‟oyalar va yangicha dunyoqarashning birdaniga 
ko‟pchilik onggiga, ayniqsa, yoshlar ongiga singmasligining ayrim sabablari ham 
bor. Psixologiyada bola taraqqiyotining ayni 17-18 yoshlarida kuzatiladigan 
“mafkuraviy inqiroz” bo‟ladi. Buning mohiyati shundaki, ayni shu davrda 
o‟spirinda turli shaxsiy muammolar birdan ko‟payib ketadi: do‟stga ega bo‟lish, 
sevish-sevilish, kasb tanlash, o‟qishga kirish, nikoh muammolari, kattalarning 
talablari va hokazo. Bu muammolar go‟yoki yoshlarning jamiyatda ro‟y 


127 
berayotgan ijtimoiy-siyosiy muammolardan ongini chalg‟itayotganday bo‟ladi. 
Lekin aslida aynan o‟spirinlikka xos bo‟lgan psixologiya mavjudki, ular o‟z 
kelajagi to‟g‟risida ko‟p qayg‟uradi, ertaga kim bo‟lishi, qanday sharoitda yashashi 
va ijod qilishi, yashayotgan hududi – Vatani taqdiri albatta qiziqtiradi. Shuning 
uchun ham yoshlarga xos bo‟lgan maksimalizm va yuqorida sanab o‟tilgan shaxsiy 
muammolar atrofida paydo bo‟ladigan individualizm o‟rtasida qarama-qarshilik 
paydo bo‟ladi. Bu inqiroziy holat bizning sharoitimizda ko‟proq yurt va jamiyat 
ravnaqidan manfaatdorlik hisobiga hal qilinmoqda. Shuning uchun ham yoshlar 
bilan bo‟ladigan yuzma-yuz uchrashuvlar, muloqotlarda shaxsiy manfaatlarning 
jamiyat manfaatlariga bog‟liqligi, Vatan ravnaqi va tinchlik-totuvlikdan nafaqat 
yoshlar manfaatdor, balki ular ana shu jarayonlarning faol ishtirokchisi ekanligi 
g‟oyasi o‟rtaga tashlanadi. 
Ijtimoiy psixologiyada yana bir o‟rganiladigan jarayon borki, bu – 
konformizm hodisasidir. Bu hodisa bevosita yoshlik davrida ko‟proq namoyon 
bo‟ladi. Konformizmning ma‟nosi – o‟zgalar borligidan, ularning xulq-atvoridan 
ta‟sirlanish bo‟lib, yoshlar qanchalik o‟ziga xoslikka intilmasinlar, baribir bir yaxlit 
ijtimoiy qatlam sifatida bir-birlariga taqlid qiladilar. Bu ham sog‟lom g‟oyalarning 
o‟zaro muloqotlar jarayonida tarqalishi va ongga singishi uchun zamin hisoblanadi. 
Hattoki, ayrim yoshlarda kuzatiladigan ijtimoiy raddiya, ya‟ni, fikrlashlarda, 
harakatlarda ajralib turishga intilish – aslida o‟sha taqlidchanlik, konformizmning 
bir ko‟rinishidir. Shu bois ham mashhur olim Seneka konformizm va odamlardagi 
taqlidchanlikni: “juda osonlikcha ko‟pchilikning amriga bo‟ysunishdir”, deb 
ta‟riflagan edi. Bu jarayonning ro‟y bo‟lishiga sababchi asosiy omillar esa o‟sha 
ijtimoiy muhit va undagi obro‟li shaxsning insoniy xususiyatlaridir. Shuning uchun 
ham biz nimalarga ishonamiz va kimlarga ergashamiz, degan masala bugungi 
kunda amaliy ahamiyatga molikdir. 
Umuman, shaxsning qarashlari, dunyoqarashi va e‟tiqodini o‟zgartirishda, 
bizning sharoitimizda ularni sog‟lom g‟oyalarga ergashtirishda mafkuraviy ishlarni 
kuchaytirishimiz yaxshi samaralar beradi, albatta. Faqat bunda o‟sha oddiy inson 
psixologiyasiga oid ayrim qonuniyatlarni bilish va ularga amal qilish maqsad 


128 
muvofiqdir. Mafkuraviy targ‟ibot-tashviqot haqida gap ketganda, uning inson ongi 
va psixologiyasiga ta‟sir qilishiga umid qilib, ish yuritiladi. Erkinlikni juda yaxshi 
ko‟rgan amerikalik va yevropaliklar ham haqiqatga ergashish, ezgu amallarga itoat 
qilishning hech qanday shaxs erkinligiga tahdidi yo‟qligi, aksincha, uni 
jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlashini targ‟ibot qiladi. 
Mutaxassislarni fikricha, e‟tiqod asosan ikki yo‟l bilan hosil qilinadi: 
agar auditoriya fikrlaydigan, ayni argumentlar ustida o‟ylash qobiliyatiga 
ega bo‟lsa, ular manfaatiga mos ma‟lumotning berilishi ulardagi ishonchni 
mustahkamlaydi; bu bevosita ta‟sir deb ataladi; 
agar tinglovchining manfaatiga bevosita aloqadorligi yo‟q narsa to‟g‟risida 
gap ketayotgan bo‟lsa, unda ishontirishning bilvosita usullaridan, ya‟ni, voizning 
yoqimtoyligshi, kayfiyatning yaxshiligi, tasodifan yoqib qolishi mumkin bo‟lgan 
boshqa jihatlarini asos qilinadi. 
Mafkuraviy ishlarning serqirra va murakkabligi shundaki, bu jarayonni yaxlit 
sifatida tasavvur qilinsa, uning tarkibiga kiruvchi har bir elementning mafkuraviy 
targ‟ibotning psixologik mexanizmlarini, ya‟ni jarayonning o‟ziga xos sir-asrori va 
xususiyatlarini inobatga olishga to‟g‟ri keladi. 
Afsuski, e‟tiqodni tarbiyalash muammosi ko‟proq diniy qobiqda o‟rganilgani 
uchun ham jahon ilmi tajribasida bu xususda xulosalar shu yo‟nalishda mavjud. 
Masalan, o‟sha diniy sektalarning targ‟ibot borasidagi yutuqlarini olimlar 
quyidagicha sharhlaydilar: avvalo insonni biror narsa orqali “qarzdor” qilib qo‟yish 
kerak bo‟ladi, so‟ngra samarali ta‟sir vositalaridan foydalaniladi, nihoyat, 
hamfikrlilar o‟zlaricha boshqalardan ajralib, o‟z e‟tiqodlarini mustahkamlaydi. 
Natijada, o‟ziga xos muomala va madaniyat shakllantiriladi. 
Biz avvalo o‟zimizga tanish narsalarga ishonamiz. Ya‟ni, odatga aylanib 
qolgan ishlar, samimiy tusda aytilgan gap va xolis amallarga nisbatan odamda 
ishonch bo‟ladi. g‟oyaviy tarbiyada bu narsa ko‟proq qulog‟imiz o‟rganib qolgan 
murojaatlar va o‟gitlarga tez ko‟nikishimiz, ularga nisbatan tanqid hissining 
bo‟lmasligida ifodalanadi. Masalan, nuroniy otaxonning hayotidan olingan o‟gitlar 
taqlid uchun juda qulaydir. 


129 
Qalbimizda bevosita hissiyot uyg‟otadigan voqea va hodisalar, yaqin 
o‟tmishimizda bo‟lib o‟tgan yoqimli hayot kechinmalariga bog‟langan ma‟lumotlar 
ham bizda yaxshi taassurot uyg‟otadi. Agar o‟sha xotiralar salbiy asorat qoldirgan 
bo‟lsa, aksincha, ularga bog‟liq ma‟lumotlar odam tomonidan qabul qilinmaydi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin