O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

16.4. Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi 
Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi 
qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar 
tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta'rif berilgan va uning tuzilishini o‟ziga xos 
tarzda tasavvur qilishgan. Quyida mualliflar tomonidan keltirilgan ta'riflar
tahlillarining keltirib o‟tamiz. 
A.G.Kovalyovning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham 
obyekti ham subyektidir. A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashadi 
va unga shunday ta'rif beradi: shaxs faoliyat subyektidir. K.K.Platonovning 
talqiniga binoan jamiyatda o‟z rolini anglovchi, jamiyatning qishga layoqatli, 
yaroqli a'zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat 
qilgan S.L.Rubinshteyn ta'rificha, shaxs - bu tashqi ta'sirlar yo‟nalishini 
o‟zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar majmuasidir. 
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin o‟zaro farqlanib turuvchi 
tushunchalar qo‟llanib kelinadi, chunonchi odam, shaxs, individuallik. Ularning 
mohiyatini aniqroq izohlab berish, har birining psixologik tabiatini tahlil qilish 
maqsadga muvofiq. 
1.Odam - sut emizuvchilar sinfiga dahldorligi biologik jonzot ekanligi 
odamning o‟ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik qo‟llarning mehnat faoliyatiga 


147 
moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga 
kirishi, uning o‟ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong 
bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‟z 
qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‟zgartirish imkoniga ham 
egadir. 
2.Shaxs - mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan. Jamiyatda 
rivojlanuvchi til yordami bilan boshqa kishilar bilan (muloqot) muomalaga 
kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi 
hisoblanadi. 
3.Individuallik - har qanday insonning betakror, o‟ziga xos xususiyatlarga 
egadir. Shaxsning o‟ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni 
vujudga keltiradi. Individuallik shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy 
sohalarida namoyon bo‟ladi. 
Sobiq sovet psixologiyasida shaxs tuzilishiga doir qator manbalar keltirilgan.
Jumladan, S.L.Rubinshteyn bo‟yicha shaxs tuzilishi quyidagi ko‟rinishga ega: 
1.Yo‟nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e'tiqodlar faoliyat va 
xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi. 
2.Bilimlar, ko‟nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida egallanadi. 
3.Individual tipologik xususiyatlar - temperament, xarakter, qobiliyatlarda aks 
etadi. 
Yo`nalganlik 
Bilim, ko'nikma, 
malaka 
Individual psixologik 
xususiyatlar 
Ehtiyoj, qiziqish, ideal faoliyatdagi yetakchi 
motiv, xulq-atvor va dunyoqarash ishonchni 
yuzaga kelishi 
Bilish faoliyati va hayot jarayonida egallanadi 
Qobiliyat, xarakter, 
temperament


148 
K.K.Platonov ta'limotiga ko‟ra shaxs tuzilishi quyidagicha shaklga ega: 
1.Yo‟nalganlik osttuzilishi - shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini 
birlashtiradi. Unda harakatchanlik, barqarorlik jadallik ko‟lami (hajmi) darajalarini 
farqlash lozim. 
2.Ijtimoiy tajriba osttuzilishi - ta'lim natijasida shaxsiy tajribada egallangan 
bilimlar, ko‟nikmalar, malakalar va odatlarni qamrab oladi. 
3.Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi - ijtimoiy turmush jarayonida 
shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari. 
4.Biologik shartlanganlik osttuzilishi - miya morfologik va fiziologik 
xususiyatlariga muayyan darajada bog‟liq bo‟lgan patologik o‟zgarishlarni, 
shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik holatlarini birlashtiradi. 
A.G.Kovalyov talqiniga binoan shaxs quyidagi tuzilishga ega: 
1. Yo‟nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga 
o‟zaro ta'sir etuvchi har xil xususiyatli g‟oyaviy va amaliy ustanovkalar, 
qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo‟nalganlik shaxsning barcha psixik 
faoliyatini belgilaydi. 
2. Imkoniyatlar - faoliyatning muvafaqqiyatli amalga oshirishini ta'minlovchi 
tizim, o‟zaro ta'sir etuvchi va o‟zaro bog‟liq bo‟lgan turlicha qobiliyatlar. 
3. Xarakter - ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. 
Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‟ladi. Xarakter tizimi 
irodaviy va ma'naviy sharoitlarga ajraladi. 
4. Mashqlar to‟plami - hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish 
(korreksiyalash), o‟zini-o‟zi nazorat qilish, o‟zini-o‟zi boshqarishni ta'minlaydi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin