O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Nazorat savollari: 
 
1. Bilish jarayonlari deganda psixologiyada aynan nimalar nazarda tutiladi? 
2. Bilish jarayonlari va ularning umumiy xususiyatlari nima bilan izohlanadi? 
3. Psixik jarayonlar haqida izoh bering ? 
4. Psixik xususiyat nima ? 
5. Psixik holatlar tushunchasi deganda nimani tushunasiz?
 
 


168 
19-MAVZU. SEZGI VA IDROK PSIXIK JARAYONLARNING 
BOSHLANGʻICH HOLATI EKANLIGI. 
Tayanch tushunchalar: analizator, persepsiya, retseptor, eksterioretseptiv, 
sezgi, sezgi turlari, proprioretseptiv sezgi, interioretseptiv sezgi, qo‟zg‟atuvchi, 
afferent, efferent, adaptatsiya. 

19.1. Muhitning fiziologik xarakteristikasi. 
Jahon psixologiyasi fanida to‟plangan ma‟lumotlarning ko‟rsatishicha, sezish 
oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo‟zg‟atuvchilarning muayyan 
retseptorlarga bevosita ta‟sir etishi orqali real olamdagi narsa va hodisalarning 
ayrim xususiyatlarini va shuning bilan birga, inson organizmining (uning 
a‟zolarining) ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki 
bosqichidir. Sezgi biosfera va neosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh 
mikro, xoh makro tuzilishidan qat‟iy nazar, sezgi organlariga ta‟sir qilish 
mahsulasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar tariqasida 
aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko‟rinishini, 
ularning xossalarini o‟ziga xos xususiyatlarini sezgi organlari yordamida, sezgilar 
orqali biladi, xolos. 
Sezgilar to‟g‟risidagi ilmiy ta‟limotlarga binoan narsalar va ularning 
xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, 
sezgilarning o‟zi esa tashqi va ichki qo‟zg‟atuvchilarning sezgi a‟zolariga ta‟sir 
etishining mahsulidir. Ma‟lumotlarning ko‟rsatishicha, sezgilar moddiy (obyektiv) 
borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in‟ikos qiladi, binobarin, moddiy olam 
qanday ko‟rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo‟lsa ular xuddi shundayligicha 
hech o‟zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir. Psixologiyada 
sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo‟zg‟atuvchilarning o‟ziga 
mutlaq mos (adekvat) bo‟lgan analizatorlar ta‟siri natijasida yuzaga keluvchi asab 
(nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va psixologlarning 
ta‟limotlariga ko‟ra analizatorlar uch o‟zaro uzviy uyg‟unlikka ega bo‟lgan tarkibiy 
qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin qilinganda mazkur tarkiblar quyidagi 


169 
ketma-ketlikdagi tuzilishdir: tashqi kuch-quvvatni (energiyani) asab (nerv) 
jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya‟ni retseptordan; 
analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog‟lovchi afferent 
(markazga intiluvchi asab tolasi), o‟tkazuvchi asab yo‟llaridan; periferiya 
qismlaridan 
keluvchi 
nerv 
impulslari 
(harakatlari) 
qayta 
ishlanuvchi 
analizatorlarning miya po‟stidagi qismlaridan (uchastkalaridan) iboratdir. 
Boshqacha so‟z bilan aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko‟z, quloq, teri, 
burun kabilar), ta‟sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv 
tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorni tashkil qiladi. 
Jahon psixologiyasi fanining so‟nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan 
sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi (ushbu tasniflanishning dastlabki 
ko‟rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir): 
tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga 
moslashgan hamda retseptorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan sezgilar, ya‟ni 
eksterioretseptiv sezgilar (retseptorlar); 
ichki tana a‟zolari holatlarini in‟ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki tana 
a‟zolarida, to‟qimalarida joylashgan sezgilar, ya‟ni interioretseptiv sezgilar; 
tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma‟lumot (axborot, 
xabar) beruvchi, muskullarda, bog‟lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan 
sezgilar, ya‟ni proprioretseptiv sezgilar. 
Birinchi turkum sezgilarni ko‟rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta‟m-maza, 
kabi turlar tashkil qiladi. Ko‟rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi 
elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan 
to 20000 gacha bo‟lgan tovush to‟lqinlaridan iboratdir. Ko‟rish sezgilari bosh miya 
po‟stini tepa burmasining qismida joylashgan bo‟ladi. Teri-tuyush, harakat 
sezgilari miya po‟stini markaziy burmasining orqa qismidan o‟rin olgandir. 
A.R.Luriyaning fikricha, interioretseptiv sezgilar asl, tub ma‟nodagi sezgilar 
emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o‟rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon 
bo‟ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilarning subyektiv ravishda paydo bo‟lishi 
yetarli darajada chuqur o‟rganilmagan, xuddi shu bois ular “noma‟lum hislar” 


170 
doirasiga kiritilgandir. Ular to‟g‟risidagi bilimlar bilan tanishish, o‟zgarib 
borishlarini tekshirish “kasalliklarning ichki manzarasi”ni ifodalab berishda muhim 
rol o‟ynashi mumkin. Ichki organlarning xastaligida vujudga keluvchi mazkur 
holatlar ichki kasalliklarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Bunday xususiyatli ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyg‟onadi, shuning 
bilan birga ularning ifodalanishi o‟ziga xos shakllarga egadir. Chunonchi, ular 
oldindan his qilish tariqasida paydo bo‟lib, hatto inson ularni ta‟riflab berish 
imkoniyatiga qodir emas, ko‟pincha ushbu kechinmalar tush ko‟rishda qaysidir 
kasallik xuruj qilayotganligidan darak beruvchanlik vazifasini o‟tmaydi, xolos. 
Ular insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o‟zgarishida ko‟zga tashlanadi, 
bolada esa xatti-harakatning keskin o‟zgarishiga sabab bo‟ladi. Chunki, bola o‟z 
tana a‟zolaridagi ichki holatlarning o‟zgarishini anglash, sezish, his qilish uquviga 
ega emas, xuddi shu tufayli undagi xatti-harakatning umumiy o‟zgarishi 
belgilaridan buni sezish mumkin. Bu hodisalarning yorqin misoli sifatida quyidagi 
voqelikni tahlil qilamiz: bola o‟z ichki interioretseptiv sezgilarini namoyish qilish 
maqsadida “kasal” bo‟lib qolgan qo‟g‟irchog‟ini parvarish qila boshlaydi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin