187
elementni bir xilda qo‟zg‟atsa, oq rang sezgisi vujudga keladi. Lekin yorug‟lik
to‟lqinlari ikki yoki uch elementga ta'sir qilsa-yu, ammo bu bir tekis kechmasa, u
holda sezuvchi elementlardan har birining qanchalik qo‟zg‟aluvchanligiga qarab,
har xil rang sezgilari namoyon bo‟ladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ranglarni sezish yolg‟iz to‟r pardasidagi
jarayonlar bilangina emas, balki miya po‟stida yuzaga keladigan boshqa jarayonlar
bilan ham bog‟liq ekanligi to‟g‟risida ma'lumotlar mavjuddir. Zamonaviy
ma'lumotlarga binoan tayoqchalarda ko‟rish purpuri degan maxsus modda borligi
isbotlangan. Ko‟zga yoruqlik ta'siri etganda ko‟rish purpuri kimyoviy yo‟l bilan
parchalanib, tarkibiy qismlarga bo‟linadi va mazkur jarayon ko‟rish nervini
qo‟zg‟atib, yorug‟lik sezgisini hosil qiladi va qorong‟ulikda esa purpur funksional
holatini qayta tiklaydi.
Dostları ilə paylaş: